• Multimediali kompyuter
  • Maqsadi va vazifalari




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/25
    Sana10.11.2022
    Hajmi1.42 Mb.
    #29733
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    1-ma`ruza
    Ko’p fotonli jarayonlar ” mavzusidagi kurs ishiga taqriz, 1680157069, mustaqil ish, mustaqil ish topshiriqlariWPS Office (1), Refarat, 15 (1), abduvali infokom1lab, Iqtisodiy tahlil JN, Пул-кредит сиёсатини амалга оширишда тижорат банкларининг амалдаги холати таҳлили, S.20.43.Guruh.FOZILOV IXTIYORJONNIG -KORPORATIV MADANIYAT FANIDAN-Kompaniyalarni madanyatning qadri va uning, 7, MA’ruza №1 Mavzu Big Data texnologiyalari Big data-fayllar.org, O’zbеkistоndа tеlеkоmmunikаtsiya vа simsiz tехnоlоgiyalаrining r, Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri Reja (3)


    Mavzu: 
    SAN`AT SOHASIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINIG PREDMETI
    MAQSADI VA VAZIFALARI
     
    MULTIMEDIYALI KOMPYUTERLARNING TEXNIK TA’MINOTI 
    Kompyuter – bu dasturiy boshqariluvchi universal elektron qurilma bо’lib, 
    ma’lumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, saqlash va uzatish vazifasini bajaradi. 
    Hisoblash mashinalari yaratila boshlagan davrdan buyon, ularni dasturiy boshqarish 
    prinsipi asosida ishlab chiqishga harakat qilingan. Kompyuterning dasturiy 
    boshqarilish prinsipi shundan iboratki, buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topgan
    dastur avval kompyuter xotirasiga yoziladi. Sо’ng kompyuter bu dasturda keltirilgan 
    buyruqlarni avtomatik ravishda bajarishga kirishadi.
    Dastur – bu oldindan belgilangan ma’lum bir tartibda bajariladigan arifmetik,
    mantiqiy va boshqa turdagi amallarning chekli ketma-ketligidir. Kompyuter 
    dasturchi tomonidan ishlab chiqilgan va kompyuter xotirasiga kiritilgan dastur 
    asosida ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
    Multimediali kompyuter — bu multimedia texnologiyalari asosida ishlay 
    oladigan texnik va dasturiy ta`minotga ega bo’lgan kompyuterdir. Barcha zamonaviy 
    kompyuterlardagi kabi multimediyali kompyuterlar ham ikkita murakkab o’zaro 
    bog’liq va o’zaro ta’sir qiluvchi elementlarni o’z ichiga oladi. Bular apparat ta’minot 
    (hardware) va dasturiy (software) ta’minot lardir.
    Zamonaviy kompyuterlar matnli, sonli va grafik ma’lumotlarni qayta ishlash 
    bilan birga video, audio ko’rinishdagi ma’lumotlarni yaratish va ko’rsatish 
    imkoniyatlariga ham egadir. Audio hamda video berilganlarni qayta ishlashga 
    mo’ljallangan komyuterlar zamonaviy multimediyali kompyuterlar deb ataladi. 
    Bunday kompyuterlarda musiqa asarlarini eshitish va yaratish mumkin, video 
    lavhalar asosida filmlar, slaydshoular va boshqa multimediya mahsulotlari yaratish 
    mumkin. Zamonaviy multimediyali kompyuterlarda qo’shimcha ravishda DVD/CD 
    disk yurituvchilar, ovoz kartalar, video kartalar, mikrafon, kolonkalar kabi 
    multimedya qurilmalari bilan jihozlangan bo’ladi.


    1.1-rasm. Zamonaviy multimediali kompyuter 
    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar arxitekturasining asosini magistralmodulli 
    prinsip tashkil etadi. Kompyuterlarning modulli tashkil etilishi qurilmalar orasida 
    ma’lumotlar almashinishning magistralli (shinali) prinsipiga tayanadi.
    Bundan tashqari modulli prinsip kompyuterlarni yangi multimediya 
    qurilmalari bilan boyitish imkonini yaratadi.
    Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning funksional sxemasi quyidagicha:
    1.2-rasm. Kompyuterlarning funksional sxemasi 

    Download 1.42 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 1.42 Mb.
    Pdf ko'rish