|
Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 20.05.2022 | Hajmi | 123.46 Kb. | | #21541 |
Bog'liq Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi. Tema 1 , Bolalar kitobxonligidaSinfdan tashqari o‘qishning ahamiyati, 18-y-Turizmda-marketing-kommunikatsiyalari.-K.M.Ibodov-2018-oquv-qollanma, Tarmoq qarshiliklarni o\'zgartirib kuchlanishni rostlash, Har-xil nominal kuchlanishdagi ochiq zanjirli elektr tarmoqlar., Mavzu Metallarni deformatsiyalanishi, управление трансформации, PSIXOLOGIYA FAN-WPS Office, Python dasturlash tili, Ergash gap, Shartli operator, Aliakbarova Zulxumor elektronika amaliy ish 27-variant, Atabekov Boburbek elektronika amaliy ish, Kardinal son. Sanoqli va kontinual to‘plamlar-fayllar.org (1)
Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi.
Reja:
Retseptura komponentlarini dozalash. Aralashtirish.
Margarin emulsiyasini o’ta sovutish va kristallash.
Margarin ishlab chiqarish texnologiyasi sxemalari.
Quyma margarin ishlab chiqarish.
Qandolatchilik, oshpazlik, va nonvoylik yog’lami ishlab chiqarish.
Margarin mahsulotlarni saqlash va tashish.
Margarin ishlab chiqarish quyidagi operatsiyalardan iborat: dozalash, aralashtirish, emulsiyalash, o‘ta sovitish, kristallash va qadoqlash.
Dozalash. Dozalashning ikki usuli ma’lum: og‘irligi va hajmi bo‘yicha . Og‘irligi bo‘yicha dozalash komponentlarni aniq miqdorda olishni ta’minlaydi. Komponentlarni miqdorini aniqlash uchun quyidagi tarozilar ishlatiladi: siferblat qurilmali va korobkali. Ular ikki qismdan iborat, katta qism yog‘lar uchun, kichik qism sut-suv fazasi uchun mo‘ljallangan.
Siferblatli qurilma mahsulotlarni kerakli miqdorda ketma-ket o‘lchash imkoniyatini beradi. Buning uchun esa tarozining bosh qismiga datchiklar (2-7) o‘rnatilgan. Ularning soni retseptdagi komponentlarning soniga teng.
Tarozi ishga tushganda uning strelkasi datchikka tegib, elektroimpuls pnevmat o‘zlashtirgichga uzatiladi. Shu vaqtda siqilgan havo porshenli klapan orqali trubani ochadi. Natijada taroziga birinchi komponent oqib tushadi. Shu paytda tarozini strelkasi (1) harakatga keladi, toki ikkinchi datchikka yetkuncha.
Elektrreleli qurilma avtomat holatda mos bo‘lgan klapanlarni qayta qo‘shadi. Shu vaqtda birinchi komponent kelayotgan klapan yopiladi va ikkinchi komponent oqib tushishi uchun kerak bo‘lgan klapan ochiladi va hokazo. Komponentlar tarozidan olinayotganda, strelka teskari harakatlanadi.
Tarozi komponentlardan to‘liq bo‘shagach, tarozi «0» holatini ko‘rsatishi kerak. Hajm bo‘yicha taqsimlash uchun bir necha har xil diametrdagi porshenli silindrlarga ega bo‘lgan dozator nasoslar ishlatiladi. Bunda umumiy bitta dvigatel bo‘ladi. Suyuqlikning hajmi maxsus qurilma yordamida, ya’ni porshenning harakatini o‘zgartiruvchi qurilma yordamida boshqariladi.
|
| |