• 2. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar; 3. Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar;
  • Maruza № Fanning o’tkinchi jarayonlar qismining vazifalari




    Download 180.33 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana14.10.2022
    Hajmi180.33 Kb.
    #27239
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Maruza № 1
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий


    Maruza № 1. 
    Fanning o’tkinchi jarayonlar qismining vazifalari. 
    O’tkinchi jarayonlar turlari va fanning asosiy 
    tushinchalari. 
    KIRISH 
    Fanning Jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. 
    Reja: 
    1. Elektr tizimida utkinchi jarayonlarni 
    urganishdan ko’zlangan maqsad; 
    2. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar; 
    3. Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar; 
     
    Hozirgi davrda Jahonda ishlab chiqarish sohalarining, madaniy hayotning yuqori 
    suratlarda rivojlanib borishi bilan energiyaga bo‘lgan talab ham keskin oshib 
    bormoqda. An’anaviy organik yoqilg‘ining zahiralari keskin kamayib bormoqda. 
    Bunday sharoitlarda energiyaga bo‘lgan talabni qondirish uchun energiya 
    resurslaridan samarali foydalanish, muqobil energiya manbalarini izlab topish va 
    ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish muammosi muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan energiyadan oqilona foydalanish 
    – uni uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida yuqori darajadagi energiya 
    samaradorligini ta’minlash dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasida birinchi navbatda amalga 
    oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy ishlar Respublika Prezidenti va Vazirlar 
    Mahkamisining keyingi yillarda qabul qilingan bir qator buyruq, qaror, farmonlari 
    va boshqa hujjatlarda o‘z aksini topgan. Ushbu Qonun hujjatlarida qayd etilib, yaqin 
    kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan birinchi navbatdagi tadbirlar doirasida 
    Respublikamizda mavjud bir qator elektr stansiyalarida agregatlarni yuqiri 
    samaradorlikka ega bolgan agregatlarga almashtirish, yangi atom va muqobil 
    energiya manbalari asosida ishlovchi stansiyalarni qurish, energiya samaradorligini 
    ta’minlash bilan bir qatorda elektr tizimlari, tarmoqlari va uskunalarining 
    ishonchliligini oshirtish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga 
    mo‘ljallangan harakatlar Strategiyasida iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya 
    va resurs sig‘imini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga 


    energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan energiya 
    manbalaridan foydadanishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu masalalarni hal etish 
    bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolardan biri ularni yechishning samarali 
    usullarini ishlab chiqish va joriy etish hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevral PF-4947- sonli 
    «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
    haqida»gi Farmoni, 2015 yil 5 may PP-2343- sonli «2015-2019 yillarda iqtisodiyot 
    tarmoqlari va ijtimoiy hayotda energiya sig‘imini kamaytirish, energiya tejamkor 
    texnologiyalarni joriy etish haqida»gi va 2017 yil 26 may PP-3012– sonli «2017-
    2021 yillarda qayta tiklanuvchan energetikani rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari 
    va ijtimoiy hayotda energiya samaradorligini oshirish tadbirlari dasturi haqida»gi 
    qarorlari va boshqa qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni 
    bajarish elektr energetika tizimlarining ishonchliligini ularda kechadigan o‘tkinchi 
    jarayonlar, o‘ta kuchlanishlar va elektr izolyatsiyasini tog‘ri va aniq hisoblash va 
    tahlillash asosida baholashning samarali usul va algoritmlarini ishlab chiqish va 
    joriy etishni talab etadi. 
    Elektr energetikaning zamonaviy taraqqiyoti elektr energiyani ishlab chiqarishni 
    katta quvvatli elektr stansiyalariga konцentraцiyalash, elektr energiyasining 
    muqobil manbalarini rivojlantirish, yirik energetik birlashmalarni tashkil etish, 
    ularni 
    operativ-dispetcherlik 
    va 
    avtomatik 
    boshqarish 
    texnologiyalarini 
    takomillashtirish yo‘nalishida bormoqda. Bunday taraqqiyot an’analariga 
    quyidagilar kiradi: 
    - elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi agregatlarning 
    birlik quvvatlarini ortishi; 
    - yuqori kuchlanish elektr tarmoqlarining kuchlanishlarini ortishi; 
    - energetik birlashmalarning quvvatlarini ortishi; 
    - elektr energetika sohasi hamda elektr energiyasi va quvvati bozorini 
    erkinlashuvi; 
    - energetik birlashmalarni operativ-dispetcherlik va avtomatik boshqarish 
    usullari va vositalarini takomillashuvi
    - energetika tizimlarining holatlarini boshqarishning mavjud texnologiyalarini 
    rivojlantirish va yangi usullarini ishlab chiqilishi; 
    - elektr energiya bilan ishonchli ta’minlashda muammoli zonalarning paydo 
    bo‘lishi. 
    Sanab o‘tilgan taraqqiyot an’analari elektr energetika tizimlarining holatlarini 
    rejalashtirish va boshqarish hamda ularni ishonchli ishlashini ta’minlashda o‘tkinchi 
    ish jarayonlari, shuningdek, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya sharoitlarini e’tiborga 
    olish zarurligini belgilaydi. Buning uchun elektr energetika tizimlarida yuz beruvchi 
    o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash va tahlillashning mavjud usullarini 


    takomillashtirish, yangilarini ishlab chiqish va joriy etish, elektr tizimi va 
    uskunalarida yuz beruvchi o‘ta kuchlanishlarni mohiyatini aniqlash va baholash, 
    elektr uskunalarining izolyatsiyasi xususiyatlarini to‘g‘ri baholash va ularning 
    samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday vazifalarni 
    muvaffaqiyatli hal etish birinchi navbatda elektr energetika tizimlarida o‘tkinchi 
    jarayonlar, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya masalalarini chuqur bilishni talab etadi.
    «O‘tkinchi jarayonlar, o‘ta kuchlanish va izolyatsiya» fanining vazifasi 
    talabalarning elektr tarmoqlarida va tizimlarida hosil bo‘ladigan o‘tkinchi 
    jarayonlar, elektr tarmoqlari va uskunalarida o‘ta kuchlanish va izolyatsiya 
    masalalarini o‘rgatish hamda muxandis-texnik masalalarni yechishda zarur bo‘gan 
    nazariy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir. 
    Fanini o‘rganishdan maqsad elektr stansiya, podstansiya va elektr tizimidagi 
    o‘tkinchi jarayonlarning turlari va tavsiflari, ularni hisoblash yo‘llari, elektr 
    tarmoqlari va uskunalarida o‘ta kuchlanish va izolyatsiya masalalari bilan tanishish, 
    ularni hisoblash usullari haqida tasavvur hosil qilish va ularni o‘zlashtirishdan 
    iborat. 
    Elektr tizimining ish holati hamisha turg‘un bo‘lmasdan, o‘zgarib turadi. Tizim 
    bir ish holatidan boshqa ish holatiga doimo o‘tib turadi. Bunday jarayonlarni 
    hisoblash va tahlil qilish uchun uning matematik tavsiflarini ishlatishga to‘g‘ri 
    keladi. Amaliy masalalarda odatda o‘tish jarayoni bir nechta ketma-ket o‘tuvchi va 
    elektr tizimning bir guruh ma’lum parametrlarini o‘zgarishini xarakterlovchi 
    jarayonlardan tashkil topgan deb qabul qilinadi. 
    Elektr tizimlarida o‘tish jarayonini elektromagnit va elektromexanik o‘zgarishlar 
    bilan ta’riflash mumkin. Elektr tizimdagi har bir holatni o‘zgarishi o‘tkinchi 
    jarayonlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. 
    Elektromagnitli o‘tkinchi jarayonlarni tahlil qilishda aylanuvchi qismlarga ega 
    bo‘lgan barcha elektr mashinalarini mexanik inertsiyasi bo‘lganligi sababli, 
    o‘tkinchi jarayonni boshlang‘ich davri asosan elektromagnit o‘zgarishlari orqali 
    ta’riflanadi. Keyingi lahzalarda, ya’ni harakatlanish natijasida mexanik o‘zgarishlar 
    sodir bo‘lishi oqibatida bu jarayon elektromexanik o‘tish jarayonlarini hosil qiladi. 
    Bu jarayon asosan xarakatlanuvchi elektr mashinalarida elektr va magnit 
    jarayonlarning hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi. 
    O‘quv qo‘llanmaning «O‘ta kuchlanish va izolyatsiya» qismida tizim 
    elementlarida kechadigan fizik jarayonlar, izolyatsiya sathini belgilash, 
    izolyatsiyani koordinatsiyalashni tashkil etish, elementlar izolyatsiyasiga ta’sir 
    etuvchi ichki va tashqi o‘ta kuchlanishlarning paydo bo‘lish sabablari, ularni 
    chegaralovchi uskuna va qurilmalarni qo‘llash boyichi muayyan bilim va malakani 
    shakllantirish uchun zaruriy materiallar keltirilgan. 



    Download 180.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 180.33 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maruza № Fanning o’tkinchi jarayonlar qismining vazifalari

    Download 180.33 Kb.
    Pdf ko'rish