Masalan, elektr mashinalarining boshlang‘ich konstruksiyalari faqat uzoq
muddatli normal ish talablariga javob beradigan darajada tayyorlanganligi
keyinchalik ularni turli mexanik va mexanizmlarda
ishlatilishi bir qancha
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Elektr mashinalarning quvvatlari kichik
bo‘lishi va ularga sarflanadigan materiallar zaxirasining yetarli bo‘lganligi uchun
qisqa tutashuvning mexanik va issiqlik ta’siriga bardosh berishiga e’tibor
berilmagan.
Elektr mashinalarining quvvatini oshib borishi bilan ularga ishlatiladigan
materiallardan noratsional foydalanish va ularning ishonchli konstruksiyasini
yaratishda faqat normal ish holatlari bo‘yicha talablarni e’tiborga olish noto‘g‘ri deb
topildi. Mutahasislar elektr mashinalarining avariyaiga qarshi chora tadbirlarini
ishlab chiqishi zarur bo‘ldi. Bu ko‘rinishdagi savollar elektr energetika sohasining
barcha tarmoqlarida alohida-alohida muammolarni keltirib chiqardi. Ular qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1. O‘ta kuchlanishdan himoya.
2. Qisqa tutashish muammosi.
3. Elektr tizimining turg‘unligi.
4. Elektr
uzatish tarmoqlarining, elektr aloqa tarmoqlariga ta’sir etish
muammosi va boshqalar.
Bu ko‘rinishdagi avariya holatlari vujudga kelganda elektr tarmoqlarida
o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘ladi, ya’ni elektr tarmog‘ining bir holatdan boshqa bir
holatga o‘tish jarayoni yuz beradi. Bunday o‘tkinchi jarayonlar shartli ravishda uchta
guruhga bo‘linadi:
1.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar;
2.
Elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar;
3.
Mahsus holatlar.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlar deb asosan quyidagi sabablarga ko‘ra hosil
bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlarga aytiladi:
a) Qisqa tutashuv va qisqa tutashtirilgan zanjirni qayta ulab-uzishda.
b) Tizimda bo‘ylama nosimmetriya hosil bo‘lganda.
v) Sinxron mashinalarning qo‘zg‘atish tizimidagi o‘zgarish ta’sirida.
a) Qisqa tutashuv (QT) deyilganda elektr qurilmalarining faza o‘tkazgichlarini
bevosita o‘zaro tutashuvi, neytrali yerga mustahkam
va samarali ulangan
tarmoqlarda fazalarning yerga (nol o‘tkazgichga) tutashuvi, shuningdek, elektr
mashinalar chulg‘amlarining tutashuvi tushuniladi.
Qisqa tutashuv elektr zanjirlarining izolyatsiyasi buzilganda sodir bo‘ladi.
Bunday buzilishlar turlicha: izolyatsiyaning eskirishi (teshilishi),
elektr uzatuvchi
simlarning bir-biri ustiga tushib qolishi, simlarning uzilib yerga tushib qolishi, yer
qazish ishlarida kabel izolyatsiyasining mexanik avariyai, havodagi elektr uzatuvchi
liniyalarga yashinning urilishi va turli xil tashqi tasirlar natijasida yoki boshqa
holatlar ta’sirida vujudga kelishi mumkin.
Qisqa tutashuvlar simmetrik va nosimmetrik bo‘lishi mumkin.
Uch fazali qisqa tutashuvda elektr tarmog‘ining barcha fazalari bir xil sharoitda
bo‘lganligi sababli u simmetrik qisqa tutashuv deb yuritiladi.
Nosimmetrik qisqa tutashuvda tarmoqning fazalari bir xil holatda bo‘lmaydi.
Ularga bir fazali, ikki fazali, yer orqali ikki fazali qisqa tutashuvlar kiradi.
Bir vaqtda tarmoqning bitta nuqtasida qisqa tutashuv yuz berganda u oddiy, bir
bir nechta nuqtada yuz berganda esa murakkab qisqa tutashuv deb yuritiladio.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra u yoki bu ko‘rinishdagi qisqa tutashuv sodir
bo‘lishining nisbiy ehtimolligi 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval.