Havodagi elektr
uzatish liniyalari
% hisobida
2-10 kV
20-35 kV
110 kV
220 kV
Kabel liniyalari
SHina va tarmoqlar
62,5
76,2
79,2
84,5
52,7
81,7
37,5
23,8
20,8
15,5
47,3
18,3
Sinov savollari
1)
Elektromagnit o‘tkinch jarayonlar haqida tushuncha bering.
2)
O‘tkinchi jarayonlar nechta guruhga bo‘linadi va ular qaysilar?
3)
Qisqa tutashuvga ta’rif bering.
4)
Qisqa tutashuv turlari va hosil bo‘lish sabablari to‘g‘risida ma’lumot
bering.
5)
Metalli qisqa tutashuv nima?
6)
Elektrodinamik turg‘unlik nima?
7)
Elektr tarmoqlarini loyihalash va qurish bo‘yocha mutaxassislar oldiga
qo‘yilgan talablar nimalardan iborat?
8)
Murakkab va oddiy qisqa tutashuvni qanday ta’riflash mumkin?
9)
Elektr energiyaning isrof bo‘lish sabablari nimalardan iborat?
10) Elektromagnit o‘tkinchi jarayonni ta’riflang.
1.2. O‘tkinchi jarayonlarning kelib chiqish sabablar va ularning
oqibatlari
Tayanch so‘zlar: Hisobiy shartlar, hisobiy sxema, asosiy taxminlar.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni hosil bo‘lishiga asosiy sabab qisqa tutashuv
hisoblanadi. O‘tkinchi jarayonlar asosan quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi
mumkin: elektr qurilmalar izolyatsiyasining tashqi mexanik ta’srlardan avariyai
yoki bozilishi,
izolyatsiyasini eskirishi; himoyalovchi materiallar izolyatsiyasini
eskirishi; o‘ta kuchlanishlar; elektr qurilmalarini reja bo‘yicha o‘z vaqtida tekshirib
turilmasligi va h.k.
Elektr tizimida hosil bo‘ladigan
qisqa tutashuvlar, o‘ta yuklanishlar,
uzilishlarning umumiy soninining 44,5 % qismi havo va kabel elektr uzatish
liniyalari va 55,5 % qismi elektr stansiyalari va podstansiyalari ulushiga to‘g‘ri
keladi. Elektr iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash zarurligini
ko‘zda tutib, elektr energetika sohasi mutaxassislari
oldiga quyidagi talablarni
bajarish vazifasi quyiladi:
1. Elektr qurilmalarni ishlatishning meyoriy qoidalariga rioya qilish.
2. Elektr qurilmalarning ishonchli va sifatli ishlashini ta’minlovchi apparatlar,
yuqori sifatli elektr himoya qurilmalarini konstruktiv tuzilishlariga e’tibor berish va
ularning meyor talablariga javob berishini nazorat qilish.
Kuchlanishning keskin kamayishi asosan qisqa tutashuv nuqtasida va
tarmoqning boshqa nuqtalariga ham sezilarli bo‘lib, u avtomatik qo‘zg‘atishni
rostlash qurilmasini tez ta’siriga ko‘ra tezda normal holatiga tiklanadi.
Qisqa tutashuv toki generatorning nominal tokidan kam bo‘lsa ham avariya hosil
bo‘lgan shoxobchada nominal tokning qiymatidan ortib ketishi kuzatiladi. SHu
sababli qisqa tutashuv toklarni oqishi natijasida tok o‘tkazuvchi
qismlarni
qo‘shimcha qizishiga olib keladi. Bundan tashqari issiqlik ta’sirida qisqa tutashuv
toklari o‘tkazgichlar orasida katta mexanik kuchlar hosil qiladi. Bu kuchlar
o‘tkazgichlarni qancha mustahkam o‘rnatilishiga qaramay ularni buzilishiga sabab
bo‘ladi. Kuchlanishning kamayishi natijasida simmetrik holat buziladi, bo‘ylama
nosimmetriya hosil bo‘ladi va iste’molchilarni ish holatiga katta ta’sir ko‘rsatiladi.
Kuchlanish 30-40 % ni foizgacha kamayishi natijasida sanoat korxonalardagi elektr
motorlarning ish holatlari buzilib va ma’lum vaqt to‘xtab qolishi kuzatilib, bu xalq
xo‘jaligiga katta miqdorda zarar yetkazishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari elektr motorlarning to‘xtab qolishi
elektr tizimini statik
turg‘unligini buzilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida elektr energiyasini
uzatilishiga qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatib, boshqa iste’molchilarni elektr
energiyasiz qolishiga olib keladi. Ba’zida yer bilan qisqa tutashuv hosil bo‘lishi
natijasida tizimda balans yo‘qoladi. Toklarning qiymati turlicha bo‘lishi bilan bir
qatorda mos magnit oqimlarining hosil bo‘lishi natijasida, E.Y.K. induksiyalanib,
ishchi xizmatchilar hamda liniya elementlari uchun xavfli vaziyat tug‘iladi, elektr
tizimining turg‘un holati buziladi.
Elektr qurilma va tizim elementlarini loyihalashda
hamda texnik masalalarni
yechishda elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini hisoblash asosiy o‘rinni egallaydi.
Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarini tahlil qilish asosan tok va kuchlanishlarning
qiymatlarini belgilangan tartibda aniqlash asosida amalga oshiriladi:
a) Tanlangan elektr sxemasiga qo‘yilgan baho va uni tanlash.
b) Avariya holatida iste’molchilarni ishlash shartlariga ta’sirini tekshirish va
tahlil qilish.
v) Qisqa tutashuv holatini hisoblash natijasida tanlagan apparatlarni ishchi holat
uchun tekshirish.
g) Rele himoya va avtomatika qurilmalarini loyixalash va o‘rnatish.
d) Elektr uzatish liniyalarini aloqa simlariga ta’sirini aniqlash.
e) Himoyaviy yerga ulash qurilmasini loyihalash va tekshirish.
j) Kuchlanish oshishidan himoyalash maqsadida zaryadsizlantirgichlarni
tavsifini tanlash.
z) Sinxron mashinalarda magnit maydonini so‘ndirish qurilmasi parametrlarini
aniqlash va baholash.
i) Sinxron mashinani qo‘zg‘atish tizimini baholash.
k) Turli xil tekshiruv ishlarini o‘tkazish.
l) Bo‘lib o‘tgan avariyalarni tahlil qilish.
O‘tkinchi jarayonlarini hisoblashda asosan haqiqiy
shartlarni hisobga olgan
holda hisoblash ishlarini aniq bajarish zarur. CHunki, qisqa tutashuv natijasida
tanlangan apparatlar turg‘unlik holatini saqlashi lozim bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilingan bandlarni hisoblashlar natijasida qisqa tutashuvga
taalluqli bo‘lgan quyidagi parametrlar aniqlanadi:
Qisqa tutashuvning zarba toki.
Qisqa tutashuvning eng katta oniy qiymati.
Qisqa tutashuvning eng katta ta’sir etuvchi qiymati.
Qisqa tutashuvning tokining karraligi.
Qisqa tutashuv nisbati.
Qisqa tutashuvning davomiyligi va boshqalar.