• I. Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.
  • Ma’ruza № foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda yuklash ishlari




    Download 0.53 Mb.
    bet1/3
    Sana21.12.2022
    Hajmi0.53 Mb.
    #36479
      1   2   3
    Bog'liq
    Nasriddinov D
    Kon mashina va uskunalarining texnologik parametrlari, KARerrr, Документ Microsoft Word (2), 1-amaliy ish, 2021-aprel-iyun, bolt, 12.09.2022, рамка узб, rele тест уз (2), Suhrob.1, 5 lab, ХОЛИДА, Raxmonov Akram kon mashina, Rahimov Ortiqali misollar

    Mustaqil ish

    Fan: Konchilik ishi asoslari va ishlab chiqarish texnologiyasi

    Talaba: Nasriddinov D.

    MA’RUZA № 6. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OCHIQ USULDA QAZIB OLISHDA YUKLASH ISHLARI.

    Reja:

    • Reja:
    • Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.
    • Tog‘ jinslarini draglaynlar bilan qazib olish.
    • Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.

    I. Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.

    • I. Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.
    • Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga yuklash yoki qazib olishning о‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘ jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bо‘shatishga – qazish-yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va texnologik sifatlari turlicha bо‘lgan universal va karyer mashinalarining turli turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda qо‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi.
    • Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi mashinadir.

    Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni qо‘llash mumkin.

    • Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda – mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni qо‘llash mumkin.
    • Konchilikda qо‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab:
    • uzluksiz ishlovchi mashinalar (kо‘p chо‘michli rotorli va zanjirli ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar, kombaynlar);
    • davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va gusenitsali yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar, buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bо‘linadi.
    • Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bо‘linadi:
    • Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va qazish joyining о‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va kо‘p chо‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va burozaryadli kombaynlarni olish mumkin.
    • Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va chо‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida kо‘rsatilgan masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bо‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni olish mumkin.


    Download 0.53 Mb.
      1   2   3




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza № foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda yuklash ishlari

    Download 0.53 Mb.