• Ionlash va uyg‘otish potensiallari.
  • Gazlardagi elektr zaryadli zarralarning turlari




    Download 56.44 Kb.
    bet2/4
    Sana27.02.2023
    Hajmi56.44 Kb.
    #43721
    1   2   3   4
    Bog'liq
    маруза-1
    2 5445390259216979225, 9- синф Ариза, Toxirjon, Адабиётлар, hisobot 2021, 12
    1.2. Gazlardagi elektr zaryadli zarralarning turlari. Gazlarda elektrlangan zarralar elektronlar, manfiy va musbat ionlar bo‘lishi mumkin. Bitta elementar manfiy elektr zaryadi olib yuruvchi moddiy zarra elektron deb ataladi. Tinch holatida elektronning massasi 9,10721∙10-28 g yoki vodorod atomi massasidan 1840 marta engildir. Elektronning zaryadi 1,59∙10-19 Kl. Ion – o‘zida zaryad olib yuruvchi atomdir. Ion manfiy va musbat bo‘lishi mumkin. Bir yoki bir necha elektronlar qo‘shilgan atom manfiy ion deb, bir yoki bir necha elektronlar ketgan atom musbat ion hisoblanadi. Ionning massasi amalda alohida atomning massasiga teng. Vodorod atomining massasi eng kichik bo‘ladi (1,66∙10-24 g). Musbat ionlarni barcha atomlar va molekulalar hosil qilishi mumkin, manfiy ionlarni esa elektron bilan turdosh bo‘lgan elektromanfiy elementlar oson hosil qiladi. Ftor, xlor, azot, kislorod va boshqalar shunday elementlardir. Elektronning neytral atomga yoki manfiy zaryadlangan ionga qo‘shilishida ajralgan va elektron-voltlarda ifodalangan energiya miqdori elektronga turdoshlik deb ataladi. Elektronning potensiallar farqi 1V bo‘lgan tezlashishli elektr maydonida olgan energiyasiga teng energiya birligi elektron-volt deb ataladi.
    Ionlash va uyg‘otish potensiallari. Atom yadrosi bog‘lanishlaridan elektronni ajratib, musbat ion hosil qilish uchun ma’lum miqdorda energiya sarf qilish zarur. Elektronni ajratish uchun sarflangan energiya ionlashish ishi deb ataldi. Elektron-voltlarda ifodalangan ionlashish ishi ionlash potensiali deb ataldi. Gaz molekulasi yoki atomiga bog‘langan elektronga biror qo‘shimcha miqdor energiya berilsa, elektron energetik sathi yuqoriroq bo‘lgan yangi orbitaga o‘tadi, molekula yoki atom esa qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi. Gaz atomi yoki molekulasini uyg‘otish uchun sarf qilish kerak bo‘lgan elektron-voltlarda ifodalangan energiya miqdori uyg‘otish potensiali deyiladi. Gaz atomi yoki molekulasining uyg‘ongan holati turg‘un bo‘lmaydi va elektron yana qaytib statsionar orbitaga qaytishi mumkin, atom yoki molekula esa uyg‘onmagan normal holatga qaytishi mumkin. Bunda uyg‘otish energiyasi atrof fazoga yorug‘lik elektromagnit nurlanishi tarzida uzatiladi.
    Ionlash va uyg‘otish potensiali kattaligi atomning tabiatiga bog‘liq. Seziy bug‘larining ionlash potensiali (3,9e∙V) eng kichik, geliy gazining ionlash potensiali esa eng katta (24,5e∙V) bo‘ladi. Ishqoriy-er metallar (seziy, kaliy, natriy, bariy, kalsiy) da elektron bilan yadro orasidagi bog‘lanish kuchli emas, shuning uchun ularning ionlash potensiallari eng kichik bo‘ladi, uyg‘otish va elektronni chiqarish ishiga temir, marganets, mis va nikelga nisbatan kam energiya sarflanadi. Ionlash va uyg‘otish potensiali payvandlanayotgan metalnikidan kam bo‘lgan elementlar elektrod qoplamalari tarkibiga kiritiladi, bunda gazlarda yoy zaryadsizlanishning turg‘unligi ortadi. Elektronni metalldan yoki suyuq jismdan ajratish uchun zarur bo‘lgan energiya miqdori elektronning chiqish ishi deb ataladi va u elektron-voltlarda ifodalanadi.

    Download 56.44 Kb.
    1   2   3   4




    Download 56.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gazlardagi elektr zaryadli zarralarning turlari

    Download 56.44 Kb.