• Tayanch tushunchalar
  • Dasturlash muhiti tuzilishi.
  • Dasturlash mu hitining asosiy tashkil etuvchilari.
  • C++ Builder dasturlash muhitining yordam tizimi
  • Ma’ruza №1. Borland C++ Builder komponentalarini o`rganish Reja




    Download 1.07 Mb.
    bet1/18
    Sana13.09.2022
    Hajmi1.07 Mb.
    #25864
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    1-mavzu
    Техник ехсплотатсия курс иши Сидиқов О, Hayot Faoliyati Xavfsizligi 3-Amaliy, 15.11 rus tili milliy maktablar rus tili rus maktablar(2), SINF RAHBARINI BAHOLASH MEZONI 2022, Bozor muvozanati maksimal va minimal narxlar, abu-ali-ibn-sino-va-uning-falsafiy-qarashlari, 1-Labaratoriya Muntazam ko\'pburchaklar

    Ma’ruza №1. Borland C++ Builder komponentalarini o`rganish
    Reja:

    1. Dasturiy zahiralarga talablar.

    2. Dasturlash muhiti tuzilishi.

    3. Dasturlash muhitining asosiy tashkil etuvchilari.

    4. C++ Builder dasturlash muhitining yordam tizimi.

    5. Standard komponentlar palitrasi

    6. Asosiy xossalar va hodisalar

    7. Asosiy forma hodisalari

    8. Additional komponentlar palitrasi

    9. Asosiy xossalar va hodisalar

    10. Borland C++ Builder Dialogs komponentlar palitrasi

    Tayanch tushunchalar: dastur, muhit, texnik talablar, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager, dastur, C++ Builder , forma, komponenta hodisa, loyiha.
    .

    Dasturiy zahiralarga talablar.


    C++ Builder bu yuqori sifatga ega bo‘lgan dasturlar yaratish vositasidir. C++ Builder ni yuklash uchun kamida 4MB tezkor xotiraga ega bo‘lgan 386 kompyuter kerak bo‘ladi. Lekin normal ishlash uchun kamida 8MB tezkor xotiraga ega bo‘lgan 66MHz li 486DX kompyuteri to‘g‘ri keladi.. C++ Builder da yaratilgan uncha katta bo‘lmagan dasturlar ixtiyoriy kompyuterda ishlay oladi. Boshqacha qilib aytganda ularga C++ Builder muhiti uchun zarur bo‘lgan tezkor xotira va protsessor tezligi talab qilinmaydi.
    Dasturlash muhiti tuzilishi.
    C++ Builder dasturlash muhitining tashqi ko‘rinishi Windowsda ko‘rish mumkin bo‘lgan boshqa dasturlash muhitlari ko‘rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager – bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va C++ Builder ga o‘xshamaydi. MDI (Multiple Document Interface) – bitta asosiy oynaning ichida bir nechta quyi tipdagi oynalarni boshqarishni bildiradi.
    C++ Builder muhiti esa, Single Document Interface (SDI) deb nomlanuvchi boshqa xususiyatga amal qiladi va alohida joylashgan bir nechta oynadan iborat.
    Agar siz C++ Builder ga o‘xshash SDI dasturlardan foydalansangaz, boshqa dasturlar oynalari uni yopib qo‘ymasligi uchun ularni pastga tushirib qo‘yish kerak. Agar boshqa dasturga o‘tish zaruriyati tug‘ilib qoladigan bo‘lsa, C++ Builder dasturi bosh oynasidagi kichraytirish tugmasini bosish kifoya.

    Dasturlash muhitining asosiy tashkil etuvchilari.
    Quyida C++ Builder ning asosiy tashkil etuvchilari keltirilgan:
    1. Formalar dizayneri (Form Designer)
    2. Dastur matni muharriri (Editor Window)
    3. Komponentlar to‘plami (Component Palette)
    4. Ob’ektlar inspektori (Object Inspector)
    5. Yordam tizimi (On-line help)
    C++ Builder ning bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari ham bor.
    C++ Builder da dasturchilar ko‘p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni muharriri orasida o‘tish bilan o‘tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling.

    Formalar dizayneri. Dastur matni muharriri

    C++ Builder dagi Formalar dizaynerining tuzilishi shu qadar oddiyki, dasturning tashqi ko‘rinishini yaratish bolalar o‘yiniga o‘xshab ketadi. Formalar dizayneri dastlab oddiy bo‘sh oynadan iborat bo‘ladi va siz uni keyinchalik komponetlar to‘plamidan olingan ob’ektlar bilan to‘ldirishingiz mumkin.


    Formalar dizaynerining muhimligiga qaramasdan, dasturchiliarning ko‘p vaqtlari Dastur matni muharririda kechadi. Chunki bu yerda dasturning asosiy kodi (ish bajaruvchi qismi) yoziladi.
    Komponentlar to‘plami sizga formalar dizayneriga o‘rnatish va dasturning tashqi ko‘rinishida ishtirok etuvchi ob’ektlarni tanlash uchun xizmat qiladi. Komponentlar to‘plamidan foydalanish uchun avval kerakli ob’ekt ustiga sichqonchani bosing va so‘ngra formalar dizayneriga sichqonchani bosish bilan tanlangan ob’ektni formaga qo‘yishingiz mumkin.

    Komponentlar to‘plami.

    Komponentlar to‘plamida ob’ektlar guruhlar buyicha alohida sahifalarga bo‘lingan. To‘plamda Standard, Additional, Dialogs va ho kazo sahifalar yig‘ilgan. Agar siz bu nomlarning ixtiyoriysini bossangiz, shu guruh ob’ektlari joylashgan sahifaga o‘tishingiz mumkin.


    Masalan, siz formaga TEdit ob’ektini tashladingiz; siz uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishingiz va uning o‘lchamlarini o‘zgartirishingiz mumkin. Boshqa ko‘pchilik ob’ektlar bilan ham xuddi shunday ishlarni amalga oshirish mumkin. Lekin, dastur bajarilishida formada ko‘rinmaydigan (TMenu yoki TdataBase kabi) ob’ektlar o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.
    Formalar dizayneridan chap tomonda siz ob’ektlar inspektorini ko‘rishingiz mumkin. Bu oynadagi ma’lumotlar formada tanlangan ob’ektning tipiga qarab, o‘zgarib borishiga e’tibor bering. Har bir komponent bu ob’ektdir, va uning ko‘rinishi hamda harakatini ob’ektlar inspektori yordamida o‘zgartirish mumkinligini unutmang1.

    Ob’ektlar inspektori.
    Ob’ektlar inspektori joriy ob’ektning harakatlarini aniqlash uchun ikki sahifadan tashkil topgan. Birinchi sahifa – xususiyatlar ro‘yxati bo‘lsa, ikkinchisi ob’ektning holatlari ro‘yxatidir. Joriy ob’ektning biror tomonini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, siz albatta Ob’ektlar inspektoriga murojaat qilishingiz kerak. Misol uchun siz TLabel elementining nomini o‘zgartirishingiz, yoki uning Caption, Left, Top, Height, va Width kabi xususiyatlari yordamida joylashishini o‘zgartirishingiz mumkin.
    Ob’ektlar inspektori oynasining quyi qismidagi sahifa nomlaridan ob’ektlarning xususiyatlari va holatlari oynasiga o‘tish mumkin. Holatlar sahifasi dastur matni muharriri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, undagi holatlarning ixtiyoriysiga sichqonchani ikki marta bossak, ob’ektning shu holatiga tegishli dastur sarlavhasi muharrirda paydo bo‘ladi va sizga shu holatda bajariladigan ishlarni dastur ko‘rinishida yozish imkoniyati beriladi. C++ Builder bu imkoniyatini keyinoq to‘liq ko‘rib o‘tamiz.
    C++ Builder dasturlash muhitining yordam tizimi
    C++ Builder muhitining oxirgi muhim qismi bu yordam tizimidir (on-line help). Bu vositaga murojaat qilish uchun avval menyu satridan Help so‘ngra Contents buyug‘ini tanlash kerak. Ekranda ko‘rsatilgan - ixtiyoriy ma’lumotni tez topish yordam tizimi namoyon bo‘ladi.

    C++ Builder yordam tizimi

    Yordam tizimi joriy holatga bog‘liq hisoblanadi, ya’ni siz F1 tugmasini bosishingiz bilan joriy holatga mos ma’lumotni olishingiz mumkin. Masalan, Ob’ektlar inspektorida biror xususiyatni tanlab, F1 tugmasini bossak – joriy xususiyatning qo‘llanilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz


    Qo‘shimcha elementlar
    Bu bo‘limda biz asosan dasturlash uchun yordamchi hisoblangan uchta qo‘shimcha elementlar haqida gapiramiz:
    –Menyu (Menu System)
    –Tezkor murojaat tugmalari (SpeedBar)
    –Rasmlar muharriri (Image Editor)
    Menyu C++ Builder ning eng tezkor va moslashuvchan vositasidir, chunki, undagi buyruqlarni tezkor tugmalar yordamida ham bajarish mumkin. Menyuning qulayligi shundaki, bu yerda tugmachalar va belgilardan farqli ravishda aniq so‘zlar ishlatiladi.
    SpeedBar bevosita menyunig quyi qismida, komponentlar to‘plamidan chap tomonda joylashadi.



    Tezkor murojaat tugmalari (SpeedBar)

    Keltirilgan Rasmlar muharriri Windowsdagi Paint dasturi kabi ishlaydi. Siz bu ob’ektga Tools menyusning Image Editor buyrug‘ini tanlash bilan murojaat qilishingiz mumkin.



    Rasmlar muharriri

    Endi dasturchilar C++ Builder da ko‘p qo‘llaydigan elementlar bilan tanishib o‘tamiz.


    Instrumental vositalar
    Yuqorida ko‘rib o‘tilganlardan tashqari C++ Builder tarkibida yana beshta vosita mavjud. Ular quyidagilar:
    –Ichki dastur nazoratchisi
    –Tashqi dastur nazoratchisi
    –Buyruq satri kompilyatori
    –WinSight
    –WinSpector
    Bu vositalarning alohida guruhga bulinganligi ularning boshqalaridan ko‘ra kamroq amamiyatga molik ekanligida emas, balki, ular dasturlash jarayonida ancha mavhum texnik vazifalarni bajarishidadir.
    C++ Builder da kuchli dasturchi bo‘lish uchun siz C++ Builder dastur nazoratchisi qanday tuzilganligini bilishingiz kerak. Nazoratchi sizga yozilgan dasturni qadamba-qadam tekshirish, bir martada dastur matnining bir qatorini bajarish va dasturdagi uzgaruvchilar qiymatlarini alohida ko‘rish oynasi (Watch)da kuzatish imkonini beradi.
    Yuqorida sanab o‘tilgan besh elementdan eng muhimi bo‘lgan ichki dastur nazoratchisi dastur matni muharriri oynasida ishlaydi. Tashqi dastur nazoratchisining ichkidan farqi u ancha tez va kuchliligidadir. Lekin uni ishlatish uchun avval C++ Builder muhitidan chiqish kerak.
    Endi Kompilyatorlar haqida gaplashaylik. Tashqi kompilyator DCC.EXE deb nomlanadi, u asosan dasturni tashqi dastur nazoratchisi yordamida o‘tqazishdan oldin ishlatiladi. Lekin ko‘pchilik dasturchilar o‘z dasturlarini C++ Builder muhitining o‘zida nazoradan o‘tkazadilar.
    WinSight va WinSpector Windows muhitida kuchli dasturchilar uchun qiziqarli hisoblanadi. Bu vositalar ikkilamchi hisoblanadi va faqat tor texnik maqsadlarda ishlatiladi.
    Bu ikki vositadan WinSight ancha foydaliroq. Uning asosiy vazifasi Windows tomonidan yuborilayotgan xabarlardan sizni voqif qilib turishdir. C++ Builder malakasiz foydalanuvchilardan bu tizimning murakkab qismlarini yashirishga mo‘ljallangan bo‘lsada, Windows holatlarni boshqarish mumkin bo‘lgan tizim sanaladi. C++ Builder sizga Windowsning hamma xabarlariga javob berish imkoniyatini beradi. Natijada, malakali foydalanuvchilarga WinSight zarur bo‘lib qoladi.
    WinSpector EHMning joriy holatini matnli fayllarga saqlab qo‘yish uchun xizmat qiladi; va siz bu fayllar yordamida dasturning qaysi qismi ishlamayotganligini va nimalarni o‘zgartirish kerakligini bilib olishingiz mumkin.

    Download 1.07 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №1. Borland C++ Builder komponentalarini o`rganish Reja

    Download 1.07 Mb.