Ushbu kurs davomida quyidagi mavzular o’rganiladi




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#71195
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Arduino Development - lecture 1
KECHA VA KUNDUZ, O’rnatilgan prosessorlar reja O’rnatilgan tizimlarda qo’llanilad
Ushbu kurs davomida quyidagi mavzular o’rganiladi: 
1-mavzu: Fan bilan tanishuv. Arduinoda Salom Dunyo loyihasi 
2-mavzu: Arduinoda raqamli kirish va chiqish 
3-mavzu: Puls kengligi modulyatsiyasi 
4-mavzu: Analog signallarni qabul qilish 
5-mavzu: Arduino yordamida motor boshqarish uslublari 
6-mavzu: Arduino yordamida ovoz hosil qilish 
7-mavzu: Serial (ketma-ket) kommunikatsiyasi 
8-mavzu: Shift registerlari 
9-mavzu: I2C kommunikatsiya interfeysi 
10-mavzu: SPI kommunikatsiyasi 
11-mavzu: LCD displey bilan Arduino interfeysi 
12-mavzu: Arduinoga asoslangan qurilmalar o‟rtasida simsiz kommunikatsiya 
Ushbu fanni o‟rganish ikki xil soxani o‟z 
ichiga oladi: dasturlash va elektronika. 
mavzular davomida bajariladigan loyihalar 
dasturiy qism va elektronika qismidan iborat 
bo‟ladi. Loyihalarning dasturiy qismlarini 
Arduino IDE muhitida dastur yozish orqali 
bajariladi. Elekronika qismi esa elektron 
komponentalarni yig‟ish orqali bajariladi.
Arduino 
Arduino IDE 
dasturlash 
muhiti 
Arduino 
platformasi 


Arduino - bu unchalik katta bo'lmagan platforma bo'lib, o'zining mikrokontrolleri va 
xotirasiga ega bo'lgan qurilma hisoblanadi.
Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo'l 
keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda xar 
hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib 
aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Arduino 
ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan 
Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va 
Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay 
Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi 
Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik 
uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni 
imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib 
o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular 
dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga 
yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori, mikrokontrolleri, 
raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan 
foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash 
imkoniyatiga ega bo'ladi,masalan:led chiroqlar,datchiklar,rele modullari tarmoq (Wi-fi, 
Bluetooth, Ethernet) modullari, sensorlar, motorlar, magnit eshik qulflari va elektr 
energiyasi bilan ishlaydigan barcha narsalar. Yuqorida aytilgandek Arduino texnik va 
dasturiy qismni birlashtirib beruvchi qurilma.Demak dastur tuzish kerak ! Qanday dastur 
tuzamiz? Qaysi dasturlash tili orqali? Arduino uchun dasturlar odatiy C ++ da yoziladi, 
kontaktlarda I / O (Input-kirish,Output-chiqish) ni boshqarish uchun oddiy va tushunarli 
algoritmlar va dasturlar tuziladi. Agar siz allaqachon C ++ ni bilsangiz - Arduino va 
dunyo eshiklari siz uchun ochiq. Agar siz dasturlash uchun yangi bo'lsangiz bu muammo 
emas osonlikcha o'rganishingiz mumkin, bu oson.Bundan tashqari Arduino ni o'rganish 
va dasturlar yozish uchun Windows, Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlovchi 
Arduino IDE (Arduino dasturi,kompilyatori) mavjud va siz undan mutlaqo bepul 
foydalanishingiz mumkin. Arduino IDE dasturida algoritmlar va dasturlar yaratish juda 
oson va ishlash qulay. Arduino IDE da tayyor amaliyotlar (loyihalar) ham mavjud siz 
o'rganishingiz uchun.


ARDUINO PLATFORMALARINING TURLARI 

Download 1.23 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu kurs davomida quyidagi mavzular o’rganiladi

Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish