• Xrom tuzlari bilan oshlash.
  • Nazorat savollari
  • Ma‘ruza №1. Xrom tuzlari bilan oshlash




    Download 104.87 Kb.
    Sana01.07.2022
    Hajmi104.87 Kb.
    #24671
    Bog'liq
    1-ma'ruza
    Elektr stansiyasi - Vikipediya, KGorbovskiy dissertation, 2 MAVZU, 4-mustaqil ish, Bayonnoma-ishga-qabul, Mehnat muhofazasi - Vikipediya

    MA‘RUZA №1.
    Xrom tuzlari bilan oshlash


    Reja: 1. Xrom tuzlari bilan oshlash haqida umumiy tushuncha.
    2. Xrom tuzlari bilan oshlash.


    Xrom tuzlari bilan oshlash haqida umumiy tushuncha

    Xrom xlorid kompleks birikmalarining asosli eritmalarini о‘yuvchi natriy yordamida hosil bо‘lishida avvalo gidrokso- birikmalar va undan keyingina ol- va okso- birikmalar hosil bо‘ladi.



    Ol bog‘lanishni kislorod bog‘lanishiga aylanishi, ya’ni okso- birikmalar hosil bо‘lishi xlorid kislota ajralib chiqishi bilan boradi.

    Asosli xrom xlorid komplekslari, asosan kation kompleks ionlardan tashqil topgan bо‘lib, ular eritmalarining asosligi 50% dan oshganda bir qancha neytral kompleks ionlar hosil qiladi. Konsentrlangan asosli xrom xlorid eritmasiga natriy xloridini qо‘shganimizda, kо‘pgina kation kompleks ionlar elektroneytral holatga о‘tadi. Natriy sulfatni qо‘shganimizda esa, xrom sulfat xususiyatiga ega bо‘lgan birikmalar hosil bо‘ladi, bunga asosiy sabab shuki, sulfat ionlar xrom kompleksning koordinatsion ichki sferasiga kirib joylashadi.
    Xrom sulfatlar charm va mо‘yna ishlab chiqarish sanoatida eng kо‘p qо‘llaniladi. Ularning tuzilishi xrom xloridlarga nisbatan anchagina murakkab bо‘lib, ichki sferasida atsido- guruh, ya’ni SO42 - saqlaydi. Xrom sulfatlarga quyidagilar kiradi:

    K2SO4∙Cr2(SO4)3∙24H2O yoki KCr(SO4)2∙12H2O, Cr2(SO4)3, [Cr(H2O)6]2(SO4)3


    Xrom sulfatlari suvli eritmalarda gidrolizlanadi va asosli birikmalar hosil qiladi. Asoslik esa, amalda ancha past bо‘ladi.


    Xrom oshlovchi birikmalarini о‘zgarishiga kо‘pgina omillar ta’sir kо‘rsatadi. Masalan: eritmaning konsentratsiyasi, harorat, eritmani saqlash muddati, tayyorlash usullari, neytral tuzlarning eritmada mavjudligi va boshqalar. Oshlovchi eritmalarda xrom birikmalarining о‘zgarishi xromning kompleks ionining tarkibi о‘zgarishi bilan bog‘lik holda kechadi. Bu esa, о‘z navbatida xrom oshlovchi zarrachalarining tuzilishini aniqlashga xalaqit beradi va ularni kollagen bilan о‘zaro ta’sirini о‘rganishda qiyinchiliklar tug‘diradi.


    Xrom tuzlari bilan oshlash.

    Xrom kompleks birikmalari tarkibining eritmalarda о‘zgarishida turli xil kislota qoldiqlaring ichki sferaga kirishi sabab bо‘ladi. Bunda ba’zi kislota qoldig‘i ichki sferaga kirib ikkinchi bir kislota qoldig‘ini siqib chiqaradi. Bunday holatlar kuzatilgan. Misol qilib, xrom sulfat birikmalarini formiatlar, asetatlar, oksalatlar bilan isitishda xrom kompleks birikmasi ichki sferasidagi sulfo guruh о‘rin almashadi va ion holatiga о‘tishini olish mumkin. Natijada, kompleks tarkibi va anionlar konsentratsiyasini oshirishda esa, komples ionning zaryadi о‘zgaradi.


    Bundan tashqari, organik kislotalarning ba’zi tuzlari xrom kompleks ionlarining о‘lchamiga ta’sir kо‘rsatadi. Ikki asosli kislotalar tuzlari ayniqsa xrom oshlovchi birikmalarining molekula о‘lchamlarini ancha oshishiga olib keladi. Bunda karboksil guruhlari ikkita xrom kompleksi bilan quyidagi sxema orqali bog‘lanishi mumkin.
    [Kompleks Cr -OCO- ]-(CH2)-[-OCO- Cr Kompleks]
    Kompleks birikmalar kimyosidan ma’lumki, xrom karbon kislotalar bilan kо‘p yadroli barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi.
    Xrom kompleks birikmalari ichki sferasida organik kislotalar anioni bо‘lgan birikmalarning oshlash xususiyati, noorganik kislotalar anioni bо‘lgan kompleks birikmalariga nisbatan teri charmiga yaxshiroq xususiyat berishi bilan alohida ajralib turadi.
    Organik kislota qoldig‘i bо‘lgan xrom kompleks birikmalar olish uchun, xrom birikmalari eritmasiga organik kislotalar tuzlarini qо‘shish kerak. Bunda tuzlar anioni xrom kompleks ichki sferasiga kirib, kompleks ion tarkibini о‘zgartiradi. Bu tuzlar va ularni anioni niqoblovchi (maskirlovchi) deb nom olgan.
    Eritmadagi niqoblovchi modda miqdorini xrom miqdoriga nisbatini niqoblash darajasi deb yuritiladi. Xrom kompleksning oshlash xususiyati esa, bunga bog‘lik bо‘ladi.
    Xrom ekstraktlarini organik birikmalarni qaytaruvchilari yordamida tayyorlashda, bu birikmalarni tо‘liq oksidlanmasligi oqibatida, maskirlovchi moddalar hosil bо‘ladi. Organik birikmalar oksidlanishida uglerod (IV) oksidi va suv hosil bо‘lishi bilan birga, oraliq mahsulotlar, ya’ni organik kislotalar ham hosil bо‘ladi. Bu kislotalarning radikallari kompleks sferaning ichki sferasiga kirib, о‘ziga xos maskirlovchi xususiyat beradi. Shu sababli, bunday eritmalarda, tarkibi turli xil bо‘lgan xrom komplekslari uchraydi.
    Organik birikmalar bilan xromni qaytarishda hosil bо‘ladigan organik kislotalar miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun avvalo, gidroxromat va sufat kislota aralashmasidagi mineral kislota miqdori M % (foiz)da aniqlanadi. Organik kislota miqdorini esa, O % da quyidagi tenglama orqali hisoblash mumkin:
    O = 100-asoslik, %-M
    Xrom eritmalarida hosil bо‘ladigan organik kislotalar miqdoriga qaytaruvchilar miqdori va ularning tabiati ta’sir kо‘rsatadi. Bundan tashqari, xrom bilan sulfat kislota miqdori munosabati, qaytaruvchining solinish tezligi, reaksiya harorati hamda reaksiyaga kirishadigan moddalar konsentratsiyasi organik kislotalar hosil bо‘lishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.


    Nazorat savollari

    1. Xrom birikmalarining qо‘llanilishi tushuntiring.

    2. Noorganik kislota qoldig‘i bо‘lgan xrom kompleks birikmalarini tushuntiring.

    3. Organik kislota bо‘lgan xrom kompleks birikmalar.

    4. Organik kislota qoldig‘i bо‘lgan xrom kompleks birikmalarning xossalari.

    Download 104.87 Kb.




    Download 104.87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma‘ruza №1. Xrom tuzlari bilan oshlash

    Download 104.87 Kb.