Ma`ruza №2 2-Mavzu. “Kolloid sistemalarning olinishi”




Download 72.07 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi72.07 Kb.
#88599
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-коллоид системаларнинг олиниш усуллари
1-amaliy topshiriq edit 04-02-2022 21.26.30, metodicheskie rekomendacii dlja raboty v sensornoj, KURS ISHI Alixanova Gulnora, 7-sinf, Dasturlash-boyicha-savol-javob-kodeksi, Mavzu maktabgacha ta\'limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtir, Ajoyib limitlar 1- ajoyib va 2- ajoyib limit-fayllar.org, Mavzu Hujjat tarkibiga rasm o’rnatish va hujjatni bezash, Tiggo 7 price, Kiberxavfsizlik siyosati fanidan mustaqil ish, Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper, test Xufyona , 1-savol odamni nima o’ldiradi, 977

Ma`ruza №2

 

2-Mavzu. “Kolloid sistemalarning olinishi”

Kolloid sistemalar hosil qilish uchun dispers faza zarrachalarining o`lchamlari 1 nm dan 100 nm gacha bo`lishi kerak. Zarrachalarning o`lchami ana shunday bo`lgan suyuq kolloid sistema hosil qilishning birinchi sharti: dispers faza moddasi shu dispersion muhitda mumkin qadar kam eruvchan bo`lishi lozim; ikkinchi sharti: sistemada dispers faza va dispersion muhitdan tashqari yana uchinchi modda bo`lishi kerak, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispers faza bilan dispersion muhit o`rtasida mustahkam bog`lanishni vujudga keltiradi. Kolloid ertimalarning barqaror qiladigan moddalar stabilizatorlar deyiladi. Dispergirlash usuli bilan kolloid eritmalar hosil qilish vaqtida qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi uoki elektr yohud ultratovush yordamida suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi.

Qattiq jismni maydalash uchun kolloid tegirmon ishlatiladi (1-rasm). Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi, so`ngra u teshik (c) orqali tegirmonga solinadi. Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism o`qqa o`rnatilgan kurakcha (b) yordami bilan tez yurishtiriladi (kurakcha minutiga 10000-15 000 marta aylanadi). Natijada suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda tez harakatlanadi va harakatsiz jismlar (a) ga kelib urilib, maydalanadi. Tayyor maydalangan mahsulot tegirmonning past qismidagi teshik (d) orqali chiqariladi. Kolloid tegirmon yordamida bo`yoq, oltingugurt, grafit, kvarts va boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi.

2. Kolloid tegirmon ishlash mexanizmi animatsiyasini ko`rsatish. 3. Elektr toki yoki ultratovush yordamida changlatib dispergirlash usullari. Buning uchun kolloid eritmasi tayyorlanishi kerak bo`lgan metalldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga tushirilib, ularning biri elektr manbaning musbat qutbiga, ikkinchisi esa manfiy qutbi bilan ulanadi; simlar bir-biriga tekizilib, elektr yoyi hosil qilinadi (2-rasm). Bu vaqtda metall erituvchi ichida changlanib bug`ga aylana boshlaydi. Barqaror zol hosil bo`lishi uchun ozgina ishqor qo`shiladi. Bu usulda asisan metallarning zollari olinadi. Changlatish usuli bilan kolloid eritma hosil qilishda metall avval bug`lanadi, so`ngra uning nanozarrachalari o`zaro qo`shilib, kolloid eritma zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli bu usul kondensatsion usullar qatoriga kiritiladi. Agar ultratovush to`lqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish qo`yilsa, natijada ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo`ladi. Bu usul bilan Ag, Pb, Sn, Bi metallarning kolloid eritmalari hosil qilingan.


Download 72.07 Kb.
  1   2   3




Download 72.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma`ruza №2 2-Mavzu. “Kolloid sistemalarning olinishi”

Download 72.07 Kb.