Maruza: Axborot tizimlar va kompyuterlar, axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash




Download 76.75 Kb.
bet4/5
Sana31.07.2023
Hajmi76.75 Kb.
#77736
1   2   3   4   5
Bog'liq
CHIZISH REJIMI RASTR, 4-para ekspert tizIm

Maxsus tekshiruvlar natijasida axborot tizimining axborot fondida hali mavjud bo’lmagan ma’lumotlar tanlab olinadi. Bu bilan tizimda axborot takrorlanishining oldi olinadi. Dastlabki axborotning tizimga keyin kiritilishi zarur bo’lgan elementlariga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni tizimda qabul qilingan muayyan shaklga va formatga keltiriladi: maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi jadvallarga kiritiladi, hujjatli axborot uchun muayyan qoidalar bo’yicha annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi, fizik parametrlari birliklarning yagona tizimiga keltiriladi. Dastlabki ishlov berishdan o’tgan va muayyan tarzda shaklga keltirilgan axborot eltuvchilarda, aksariyat hollarda, qog’ozda qayd etiladi.

Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimidan olinadigan axborot kompyuterga bevosita kiritish uchun yaramaydigan shaklda beriladi. Kiritish kichik tizimining vazifasi uni kompyuterga kiritish, shuningdek axborotning to’g’ri ko’chirilishi va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi.

Zamonaviy kompyuterlarda axborotni kiritish uchun ko’pincha kompyuter bilan maxsus tarmoq vositalari orqali bog’langan displey va aloqa kanallaridan foydalaniladi.

Kompyuterga kiritilgan axborot mashina xotirasiga joylashtiriladi va axborot tizimining axborot fondini hosil qiladi. Axborot fondining elementlari bilan ishlov berishning turli operatsiyalari: mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari bajariladi.

Natijada axborot fondining dolzarb holatda saqlanishi ta’minlanadi, shuningdek ishlov berish topshirig’iga muvofiq bo’lgan chiqish axboroti shakllantiriladi. Axborot massivlarini shakllantirish (strukturalashtirish) va saqlab turish, shuningdek axborotga ishlov berish bo’yicha barcha amallar axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmui boshqaruvida amalga oshiriladi.

Bu kichik tizim tashqi xotira qurilmalarida axborotni joylashtirish va undan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi, kichik tizimning ishini amalga oshiruvchi texnik vositalar (shu jumladan, kompyuterning o’zi ham), shuningdek axborot massivlari axborotga ishlov berish va saqlash tizimi (AIST) ga birlashadi.


Download 76.75 Kb.
1   2   3   4   5




Download 76.75 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maruza: Axborot tizimlar va kompyuterlar, axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash

Download 76.75 Kb.