O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish




Download 34.37 Kb.
bet4/10
Sana06.02.2022
Hajmi34.37 Kb.
#17146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil talim ona tili metodika
00011208 coding juices, 1. Elektr filtrlar, 27 ч
3. O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O'quvchilarni savol tuzishga o'rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. M etodist olim larning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo'ladi. O'quvchilar m atnni ongli o'zlashtira olsalargina, m atn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarga savol tuzishni o'rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
O'quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o'rgatish uchun o 'q ituvchi m atnga o'zi tuzgan yoki „O 'qish kitobi“da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun „Nega и yoki bu savol qo'yilgan?", „Unda kim yoki nima haqida gap boradi?", „Savol ko'proq qaysi so'zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va m atndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o'rgatadi. Ikkinchidan, o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini m atnga savol tuzish yo'liga qaratadi va savol tuzishdan oldin m atnni diqqat bilan o'qish, qatnashuvchi shaxslami ko'rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o'rgatishning boshlang'ich bosqichida bu m ashq ja­ moa bo'lib bajariladi va ta ’limiy xarakterda bo'ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nim a uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo'lsa nim a uchun noqulayligi tushuntiriladi. M asalan, 3-sinfda „Ahillik ulug' baxt" ertagida „Odamlarning cholning bolalari haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing" topshirig'i berilgach, o'quvchilar „Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin.
4-sinfda „Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig'i beriladi: www.ziyouz.com kutubxonasi
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing.
— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo'llangan so'zlam ing m a’­ nosini izohlash bo'yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto‘r so'zlarining m a’nosini izohlang)
— Hikoya qahram onlari yuzasidan savollar tuzing. Keyinchalik o'quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o'zlashtirib oladilar.

Download 34.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 34.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish

Download 34.37 Kb.