Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari




Download 34.37 Kb.
bet6/10
Sana06.02.2022
Hajmi34.37 Kb.
#17146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mustaqil talim ona tili metodika
00011208 coding juices, 1. Elektr filtrlar, 27 ч
Grafik tasvirlash ko'proq uyda bajariladi. Buning uchun o'quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o'qib chiqadilar, m azm unini o'zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o'quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan m a’nolar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Rasm lar ko'rgazmasi tashkil etiladi. H ar bir rasm muallifi o'zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o'quvchilam ing ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O'quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan m uhim fikrlami yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash, shuningdek, o'qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn m azm unini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn m azm unini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, m atn qismlarining o'zaro bog'lanishini tushunishda o'quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stiradi. U lar m atnni m azm unan tugallangan qismlarga bo'lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o'rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik m ashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazm uniga mosini topib qo'yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o'rgatishda o'qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta ’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o'qituvchi rahbarligida tanlab o'qish hisoblanadi, bolalar m atndan o'qituvchi bergan savolga javob bo'ladigan o'rinni topib o'qiydilar
. Reja tuzish „oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o'tkazib boriladi. O'quvchilar 1 -sinfda o'qilgan kichik matnga o'qituvchi rahbarligida so'roq gap tar kutubxonasi zida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o'qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o'qilgan m atn rejasini jam oa bo'lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak
Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun aw al bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o'rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalaming o'zlari so'z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o'qiladi va qismlari bo'yicha tahlil qilinadi, so'ng o'quvchilar m atnning 1-qismini o'qiydilar, o'qituvchi ulardan qanday rasm chizish m umkinligini so'raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O'quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo'yadilar. Ular qo'ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi.
O 'quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o'tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o'rgatiladi: 1. O'qituvchi qismlarga bo'lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o'rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo'yadi. O 'quvchilar m atnning 1-qismini o'qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o'qituvchi xattaxtaning o'ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o'qilgan matnning rejasi hosil bo'ladi.
2. M atn qismlarini tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g'oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o'qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
3. Qismlarga bo'linm agan m atn tanlanadi, sarlavhalar m atn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo'lish topshiriladi. Ular matnni o'qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar.
4. Qismlarga bo'linm agan m atn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo'lish topshiriladi. O'quvchilar m atnni o'qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.
O'quvchilarda reja tuzish ko'nikmasi hosil bo’lgach, 3—4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo'ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gapiar shaklida bo'lishi lozim.
0 ‘quvchiIar lug'atini boyitish, nutqining hissiy ta ’sirini kuchaytirish, badiiy vositalardan foydalanish ko'nikm asini shakllantirish, nutq madaniyatini o ‘stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,0 ‘qish kitobi11 darsligidagi „Kitobga ixlos“ matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin:
Kartonga ko‘chm a m a’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning m a’­ nosini izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:
— Birikmalarni о 'qing. Tagiga chizilgan so ‘zlarning ma ’nosiga diqqat qiling. Ulaming qaysi ma ’noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling.

Download 34.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 34.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza: boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari

Download 34.37 Kb.