• 2.Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O‘zbyokiston olimlarining qushgan hissalari. 3.Minerallarning tarkibi-tabiatda minerallarning uchraydigan shakillari.
  • Ma’ruza kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya faniga kirish. Rejasi




    Download 152.01 Kb.
    bet1/2
    Sana27.09.2022
    Hajmi152.01 Kb.
    #26451
      1   2
    Bog'liq
    Reference-308191101796 (2), 2 5353036827286570351, Barhayot she\'riyat sohibi.

    MA’RUZA 1.
    Kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya faniga kirish.
    REJASI.
    1.Kursning asosiy bo‘limlari-kristallografiya, mineralogiya, kristallokimyo, petrografiya, minerallarning tarkibi, materiallarning tuzilishi va boshqalar.
    2.Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O‘zbyokiston olimlarining qushgan hissalari.
    3.Minerallarning tarkibi-tabiatda minerallarning uchraydigan shakillari.
    "Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo asoslari” fani ushbu sohaga ta’luqli ilmiy-texnikaviy muammolar shu fan sohasining rivoji va istiqboli uning silikat va elektron texnikasi sohalarida ishlatilishi yo‘nalishning umumkasbiy va mutaxassislik fanlari doirasida kiritilgan.
    Fanning asosiy vazifasi - kristallografiya (kristallarning simmetriya nazariyasi va boshqalar), mineralogiya (kristallarning tarkibi, tuzilishi, morfologiyasi va boshqalar) va kristallokimyoni (metallarning tuzilish xarakteristikasi qotishmalar, minerallar va boshqalar) zamonaviy tushunchalar tariqasida tushintirish va ularni silikat tarmog‘ining asosiy ob’ektlarida, elektron texnika materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda ko‘llash, asosiy xom-ash’yolarga extiyojni qondirish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini tahlil qilishdan iborat.
    Fanni o‘rganish jarayonida quyidagi tushunchalar va masalalar ko‘rib chiqiladi:

    • kristallografiya bo‘yicha: kristallarning simmetriya nazariyasi, simmetriya, elementlari va sinflari, kategoriyalari va singoniyalari, halqaro simvollarda simmetriya sinflarining yozish qoidalari, ko‘p qirrali kristallarning shakllari,o‘sishning ketma-ketligi qonuniyatlari va boshqalar- rasm 1;


    Rasm 1. Kristallarning tuzilishi.

    • mineralogiya bo‘yicha minerallar haqida tushunchalar, ularning tarkibi va strukturasi, tabiatda minerallarning uchraydigan shakllari, gabitus, o‘sish qonuniyati, minerallarning hosil bo‘lish sharoiti va agregat holatlari, silikat sanoatida ishlatiladigan minerallar kaolin, talьk, dala shpati, asbest, bura, kvars, berill qum, kalьsit magnezit, dolomit soda, potash, gips, granit, gabbro, sienit, porfir, perlit va boshqalar (rasm 2)),

    a b
    Rasm Kvars a) va berill (b minerallari.

    silikat texnik materiallar (shisha, sitallar, olovbardosh materiallar, nafis va texnik keramika, bog‘lovchi materiallar, shlaklar va hokazo- rasm 2), elektron texnika materiallari va buyumlari (o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar, dielektriklar, magnit materiallari va boshqalar); kristallokimyo bo‘yicha: tuzilishi (fazoviy panjara, elementar yacheyka va ularning o‘lchamlari, elementar yacheykalarning simmetriyalari va markazlashtirish turlari, elementar yacheykalarning singoniyalar bo‘ylab taksimlanishi) va kristallarning hossalari, kristall strukturaning simmetriya elementlari kristall strukturalari tavsifi, kristallar tuzilishining koordinatsion asoslari, kimyoviy bog‘lar turi bo‘yicha strukturaning sistematikasi, polimorfizm va izomorfizm, asosiy struktura birliklari.



    Rasm 3. Muzning tetragonal modifikatsiyasi.

    Rasm 4. Kristall panjaraning elementar yacheykasi.

    Ushbu ma’ruzalar matnlari ko‘pgina ilmiy-amaliy masalalarni echishda ko‘llanilishi tavsiya etiladi, jumladan



    • Silikat va elektron texnika sanoati xom ash’yolari, yarim tayyor mahsuloti va tayyor mahsulotlari tarkibi, tuzilishi va hossalarini aniqlashda; 

    • Silikat va elektron texnikasi materiallari sanoati uchun muhim hom-ash’yo va materiallarining tuzilishi hamda o‘lchamlarini hisoblashda;

    • Ishlatilayotgan hom-ash’yo resurslari hamda chiqarilayotgan material va buyumlarning hossalari va ichki tuzilishi borasida tajriba va izlanishlarda ko‘llanilishi mumkin.

    Bu fanni o‘rganishda quyidagi fanlarni va ularning bo‘limlaridan keng foydalaniladi:

    • noorganik, analitik va fizik kimyo hamda silikat va zo‘rg‘asuyuluvchan materiallar fizik kimyosi. Bo‘limlar metallar, metall qotishmalari, oksidlar sinfi sulьfidlar galloidlar va fosforli birikmalar, boratlar, tabiiy paydo bo‘lgan elementlar, karbidlar, silikatlar va boshqalar;

    • fizika, oliy matematika, chizma va muhandislik grafikasi, elektrotexnika va elektronika asoslari. Bo‘limlarimoddalarning tarkibi va tuzilishi, hossalari va ularning tarkib va tuzilishga bog‘liqligi, silikat va elektron texnikasi buyumlari va materiallarining mikrotuzilishi.

    • Fanni o‘rganish jarayonida kristallografiya, mineralogiya va kristallo-kimyo fanlari bo‘yicha chet ellarda va o‘zimizda erishilgan yutuqlar keng bayon etiladi. O‘rganilayotgan texnik ob’ekt va jarayondagi asosiy texnik-iqtisodiy talablar shakllantiriladi, ilmiy-texnikaviy mablag‘lar va ularni o‘zlashtirish omillari paydo bo‘ladi. Dars olib borish jarayonida kinofilьmlar kinolavxalar, slaydlar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar orqali geometrik, strukturali, kimyoviy va fizikaviy, tarkibi va tuzilishiga oid mineralogiya, metall, metall kotishmalar va silikatlarning kristallokimyo tasnifiga oid materiallar o‘zlashtiriladi.

    Kristallografiya, mineralogiya va kristallokime vujudga kelishida va rivojlanishida o‘rta asr buyuk olimlari - Beruniy va Ibn Sino asarlari katta rolь o‘ynadi. Abu Rayxon Beruniy (048) o‘zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida mineral rudalar, geologik jarayonlar to‘grisida juda ajoyib fikrlarni aytib o‘tadi. U Erning dumaloqligiga ishonish bilan birga, uning kattaligini ham birinchilar qatorida ulchaydi. Beruniyning astronomiya traktatidagi sxematik kartasi qadimgi dunyoni yaxshi bilganligidan dalil beradi, u bu sohada g‘arb geograflaridan oldinda to‘rgan. Beruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining kartasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiybuyi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini chiroyli kilib ta’sirlab beradi. tohirigi chegarasini aniqlash” nomli asarida tosh va щag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi; keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib, silliqlashadi hamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatda mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar shu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun hamirga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagiga ko‘milib ketadi.
    Beruniyning zamondoshi, buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ibn Sinoning geologik dunyo qarashlari uning ilmiy qomusi - “Ash-shifo” (Qalbni davolash) degan kitobining “Tabiat”degan bo‘limida yoritilgan. SHu kitobning 5- qismi metereologik hodisalarga bag‘ishlangan. Bu kitobda jinslarning va minerallarning paydo bo‘lish sabablarini va metereologik hodisalarning kelib chiqishi o‘rganilgan. 
    Ibn Sino tog‘ jinsi va minerallarning fizik hossasini tog‘ va vodiylarning paydo bo‘lish sharoitlarini tekshirgan va ular xaqidagi gipotezani rivojlantirgan. O‘rta Osiyoda matematika “Al jabr” va astronomiya fanlarini rivojlantirishda mashhur olim Ulugbek goyat katta kuch va gayrat sarfladi. Osmon jismlarini tarqalish qonunini, harakatini, sonini, jumladan, Quyosh sistamasini birinchilar qatorida to‘g‘ri talqin qildi. 
    Rus olimlari VI. Vernadskiy va A.E. Ferdsman tomonidan asoslangan geologiya fanining bu sohasi keyinchalik rivoj topishida A.P. Vinogradov, D.I. Щerbakov, A.A. Saukov va boshqalarning roli katta. O‘rta Osiyo mineralogiya va petrografiya rivojlantirishda X.M Abdullaev, IX.Hamrabaev, I.M. Mirxojiev, X.N. Boymuhamedov va I.M. Isamuhamedovlar g‘oyat katta ish olib bordilar.
    SNG geologlari Er osti suvlarining harakati va zonalarga bo‘linishi, mineral suvlar haqidagi nazariyalarini ishlab chiqdilar O‘rta Osiyoda O.M. Akramxo‘jaev bu masalaga ko‘p hissa kushdi.



    Download 152.01 Kb.
      1   2




    Download 152.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza kristallografiya, kristallokimyo va mineralogiya faniga kirish. Rejasi

    Download 152.01 Kb.