|
Ma`ruza matni toshkent 2020 mundarija kirish
|
bet | 29/70 | Sana | 31.07.2023 | Hajmi | 466.52 Kb. | | #77779 |
Bog'liq Ma`ruza matni toshkent 2020 mundarija kirish Individual works, Avtomatlashgan loyihalash tizimlari, Grafik formatlar Kechgimas, Tarix darslarida asosiy tayanch tushuncha vatamalar bilan ishlash, Geografik kart ava atlaslardan foydalanish usullari, Imtihon, Ro’yxat, Stek va Navbat. Ro\'yxat-fayllar.orgInteraktiv va qurilgan SQL. SQL tilini ikkita shakli mavjud.
interaktiv SQL
qurilgan (kiritilgan) SQL
Interaktiv SQLda foydalanuvchi SQL so„rovlar bevosita MBBT orqali kiritadi va natijalarini interaktiv rejimda olinadi.
Qurilgan SQLda esa so„rovlar SQL komandalaridan tashkil topib, u boshqa birorta dasturlash tili (java, C++, C, Delphi va hokazo)ga yozilgan dastur ichiga joylashtiriladi. Bu shunday tillarni ishlatadigan dasturlarni samaradorligini oshiradi. Ularga relyatsion ma‟lumotlar bazasi bilan ishlash imkonini beradi.
SQL ma’lumot toifalari. Simvollar satr ma‟lumot toifasi SQL standartida matnlarni faqat bitta tavsifi keltiriladi. Uning sintaksisi quyidagicha:
CHARACTER[(uzunligi)] yoki CHAR[(uzunligi)]
Jadvalda belgilangan atrubutlar CHAR toifasiga tegishli bo„lishi mumkin. Bunda bu atributlar qiymatlari 1 dan 255 tagacha belgidan iborat bo„lishi mumkin. SQL tilini ba‟zi birlardagina o„zgaruvchan uzunlikdagi satr toifalari mavjud. Bu toifalar quyidagicha tavsiflanadi:
VARCHAR() yoki CHARVARYING()
CHARACTER va VARCHAR toifasidagi konstantalar apostrof ichiga yoziladi.
Quyidagi toifalarni barchasi ekvivalent SQLda bir xil vazifa bajaradi:
VARCHAR [(uzunligi)]; CHARVARYING [(uzunligi)]; CHARACTER VARYING[(uzunligi)].
Agar uzunlik oshkor ko„rsatilmasa, u holda 255 ga teng deb qabul qilinadi, ya‟ni barcha hollarda 255 ta simvoldan iborat bo„ladi.
Sonli ma‟lumot toifalari SQL standartida quyidagi son toifalarida ishlatiladi.
INTEGER – butun sonlar uchun - 2-31….231;
SMOLLINT – butun sonlar 2-15…215;
DECIMAL (aniqlik[masshtab]) – fiksirlangan nuqtali son. Aniqlik sondagi qiymatli raqamlar masshtab. Unli nuqtadan undagi raqamlarning maksimal sonini ko„rsatadi;
|
| |