|
Masalaning qo'yilishi: Internet, buxgalteriya dasturi, «Mijoz-Bank»
|
Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #126465 |
Bog'liq Laboratoriya ishi 6
Laboratoriya ishi № 6
Buxgalteriya axborot tizimlari.
Ishning maqsadi: , Buxgalteriya tizimidagi dasturlaridan foydalanish.
Kerakli jihozlar: Internet kompyuter buxgalteriya dasturlari va kuchli protsessor kerak bo’ladi
Masalaning qo'yilishi: Internet, buxgalteriya dasturi, «Mijoz-Bank» tizimini o’rganish.
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o‘zaro hamkorliklarini; tashqi aloqalar boshqaruvning o‘zga vazifalarini amalga oshi- ruvchi boshqa bo‘linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini aks ettiradi.
Quyidagi zamonaviy buxgalterning ish joyini AAT va AATexlariga asoslangan holda tashkil qilinish tamoyili keltirilgan.
Hisob vazifalari majmualarining o‘zaro bog‘lanishi buxgalteriya hisobi uslubiyotining o‘ziga, schyotlarni olib borish va provodkalarni bajarish tizimida kiritilgan, bu yerda har bir xo‘jalik operatsiyasi ikki marta: bittasi schyotning kreditida va boshqasi debetida aks ettiriladi. Hisob vazifalari majmuasining axborotli aloqasi mashina dasturining asosiga kiritilgan ishlab chiqishning uch pallasini farqlashga imkon beradi. Birinchi pallada birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobining har bir uchastkasi bo‘yicha tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi (masalan, ish haqi hisobi bo‘yicha hisoblash to‘lov xujjatlari, ko‘shib hisoblangan va ushlab qolingan ish haqining to‘plam- lari va boshqalar tuziladi). Qayta o‘zgartirishning barcha operatsiyalari hisobning aniq uchastkasining ADP yoki buxgalteriya hisobining yagona moduliga qurilgan moduli asosida bajariladi.
Ishlab chiqishning ikkinchi pallasi provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd daftari ordenlariga joylashtirishlan iborat bo‘ladi. Kompyuterli ishlab chiqish har bir uchastka yechimini tugashi bo‘yicha provodkani shakllantirib, bu jarayon- ni to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqishning uchinchi pallasi yig‘ma sintetik hisobni: asosiy kitobning schyotlari bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakl- larini tuzishdan iborat bo‘ladi, bu «Provodka Asosiy kitob Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobi majmualari o‘rtasida hisobxo- na hisoblash tarmog‘ini tashkil qilish asosiga olingan axborotli aloqalar mavjud.
Hisobning asosiy vositalari hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, moddiy bo‘lim boyliklari hisobi, mehnat va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun dastlabki axborotlarni shakllantirish, qoidaga ko‘ra, boshlang‘ich hisobiga va boshlang‘ich hujjatlarda xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish hisobiga sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va kiruvchi axborotlarning yig‘ma hisobi bo‘yicha vazifalar uchun hisob vazifalarining boshqa majmua- larini yechishning natijalari asos bo‘lib xizmat qiladilar. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish alohida e’tiborga loyiq, bu o‘rinda oldinroq asosiy vositalar, materiallar, mehnat, ish haqi va tayyor mahsulotlar hisobi bo‘yicha vazifalarni yechishdan olingan yakuniy ma’lumotlar asosiy manba bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab chiqishning ko‘rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiyalash hamda tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan ko‘riladi.
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga alohida to‘xtash zarur. Asosan bu aloqa me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, hamda yig‘ma moliyaviy hisobotni manfaatdor tashkilot - yuqori ma’muriy idoralar, soliq qo‘mitasi, statistika idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqalar- ga berishdan iboratdir. Yuqori ShKda olingan buxgalteriya hisobotlarining shakllarini yuqori idora- larga taqdim etish qonunlashtirilgan; bu tashkilot- larga axborotlarni magnitli manbalar va aloqa ka- nallari bo‘yicha topshirish haqidagi masalalar hal qilinmoqda.
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz-Bank» tizimi bo‘yicha axborotlarni mashinalararo almashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat ko‘rsa- tuvchi bank hisob-kitob schyotlarini tezkor boshqarish bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qiladi. «Mijoz-Bank» dasturi to‘lov topshiriqnomalarni yaratish, ularni bankka modem bo‘yicha uzatish, EHMda hisob-kitob raqamlaridan ko‘chirmalar olishga imkon beradi. Bunday axborotlarning himoyalanishini ta’- minlash uchun elektron imzolan (usiz uzatilayottan huj- jatlar haqiqiy emas) hamda axborotlarni shifrlashning maxsus tizimidan foydalaniladi. Tizim g‘oyatda qulay, vaqtni tejaydi va turli mijozlardan pullarni hisob-kitob raqamiga kelishi haqida axborotni olishga imkon beradi va shu tariqa ularga xizmat ko‘rsa- tishni tezlashtiradi. Bundan tashqari «Mijoz-Bank» tizimi to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishdan tashkilotni ozod qiladi. Hisobxona ichidagi va tashqarisidagi turli bo‘linmalarda vujudga keluvchi ko‘plab boshlang‘ich hujjat- larning katta hajmi hamda me’yoriy ma’lumotnomaviy hujjatlardan keng foydalanish bilan ta’riflanuvchi buxgalteriya hisobi axborotli ta’minlanishining ba’zi xususiyatlari haqida to‘xtab o‘tamiz. Barcha xo‘jalik operatsiyalari boshlang‘ich buxgalteriya hujjati xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lganligi haqidagi to‘liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo‘llash bo‘yicha umumiy uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zmakroiqti- sodiyotstat tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjat- lar haqidagi qoidalarni nashr qiladi, boshlangich huj- jatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi, yo‘riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi.
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo‘linali. Sohalararo hujjatlar barcha korxona va tashkilotlarda qo‘llanish uchun yagona bo‘ladi. Ularga asosiy vositalarning hisobi bo‘yicha hujjat- lar, kassa va to‘lov hujjatlari, hisob berunchi shaxs- lar bilan hisob-kitoblar uchun hujjatlar kiradi. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob registrlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiya- lar ishlab chiqilgan.
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida har bir soha ushbu soha hisobining o‘ziga xos- ligini e’tiborga olgan holda o‘z hujjatlarining shakl- larini ishlab chiqishlari mumkin. Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va ish haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi uchastkalari- da qo‘llaniladi.
Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari GOST, huj- jatlarninі bir shaklga keltirilgan tizimlari talab- larini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli ishlab chiqish tomonidan qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
belgilanishi bo‘yicha farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli rasmiylashtiruvchi, murakkab; xo‘jalik operatsiyalari mazmuni buyicha - mod- diy, pulli hisoblash;aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo‘yicha yagona (birlamchi) yoki yig‘ma; foydalanish usuli bo‘yicha bir martali va jamlovchi; hisobga oladigan o‘rinlarning soni bo‘yicha bir qatorli va ko‘p qatorli;
tizilish joyi bo‘yicha - ichki va tashqi; to‘ldirish usuli bo‘yicha - qo‘lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari yordamida.
Farmoyish beruvchilar - bu biror bir xo‘jalik operatsiyasini bajarishga ruxsatga ega hujjatlar, masalan, korxona bo‘yicha safarga chiqishga buyruq, safarga chiquvchi shaxsning hisoboti bo‘yicha pul miqdo- rini berish uchun farmoyish beruvchi hujjat bo‘ladi. Ijroiya (oqlovchi) - bu, farmoyishning bajarilishi haqidagi axborotlarga ega hujjatlar.
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish beruvchi-ijroiya)dir, masalan, kreditga farmoyish beruvchilar tomonidan imzolangan ish haqini to‘lash qaydnomasi. Xazinagir uchun farmoyish beruvchi hujjat bo‘ladi, ish haqi berilib bo‘lgandan keyin qaydnoma ijroiya (oqlovchi) hujjat maqomini oladi.
Hisobli rasmiylashtirish hujjatli buxgalteriya provodkasi (hisob raqami korrespondensiyasiga) ega. Ularga yodgorlik ordenlari, shifrni oluvchi vazifalar kiradi.
Moddiy hujjatlar tovar-moddiy boyliklar (materiallar, yonilg‘i, idishlar, ehtiyot qismlar, nim mahsulotlar, tayyor mahsulotlar)ning harakati bo‘yicha operatsiyalarni rasmiylashtiradi.
Hisob-kitob hujjatlari korxonaning o‘z kontragentlari bilan vujudga kelgan majburiyatlar (masalan, hisob-raqamlar, schyot-fakturalari, to‘lov talablari, topshiriqnomalari) bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob munosabatlarini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yagona birlamchi xujjat bitta xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha axborotlar manbai, yig‘ma esa vaqtning belgilangan qismi (kun, hafta, oy)dagi bir turli xo‘jalik operatsiyalarini butun majmuasi haqidagi axborotlar manbai bo‘ladi.
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish: birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig‘indisidir. Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o‘ynaydi:
foydalanuvchining ish joyida o‘rnatilgan kompyuterlarni qo‘llash, bu yerda vazifalarni yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; korxona (tashkilot, firma)ning turli xildagi bo‘linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko‘p bosqichli hisoblash garmoqlarini shakllantirish; hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalte-riya hisoblashlar tarkibini ancha ko‘paytirish;
har xil bo‘linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog‘ozsiz texnologiyalarga o‘tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig‘ish va ro‘yxatga olish bo‘yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;
buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash;
dialogli usulda amalga oshirish yo‘li bilan axborot xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish imkoniyati. Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari ShKda bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko‘ra izchillik bilan bajariladi.
Axborot to‘plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. Birinchi tur birlamchi hujjatlarni yig‘ish va ro‘yxatga olish bilan bog‘liq. ShKdan foydalanishda ularni mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu hujjatlarni yaratish jarayonini avtomat- lashtiradi. Ammo ShKga qo‘lda kiritilgan birlamchi hujjatlarni kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot ta’minotining ikkinchi turi o‘zgaruvchan axborotlarning fayllar va mashina manbalari va ShK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. Uzgaruvchan axborotlarning fayllari birlamchi hujjatlarning ma’lumotlari asosida shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalarni (masalan, ishchi naryadlar, kirish orderlari, kas- saning chiqish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta yechishda foydalaniladi. Shartli-doimiy axborotlarning fayllari loyiha- ni tadbiq etishda bir marta yaratiladi, ko‘p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga har xil me’yornomalarning massivlari, ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini yo‘qlama qilish varaqalari, ishlovchilarning shaxsiy varaqa- chalari va boshqalar kiradi.
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan bosqich- larining mazmuni bir oz o‘zgaradi. Barcha operatsiyalar- ning bajarilishini ShK ishga tushishi zahotiyoq ekranda ko‘rsatib beradi. Menyu dastur bloklari (modul- lari)ning ro‘yxatidan iborat bo‘ladi, undan har bir modul birlamchi hujjatlarni kiritishdan tortib to yig‘ma hisoblarni tuzishni tugatilishigacha bo‘lgan texnologik jarayonning belgilangan vazifalarini bajaradi.
Misol sifatida «BEMBI+» dasturining «Materiallar Tovarlar» moduli asosiy menyusining tarkibini keltiramiz.
|
| |