Xayot faoliyati xavfsizligi




Download 4.22 Mb.
bet16/23
Sana23.01.2021
Hajmi4.22 Mb.
#13061
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23

4. Xayot faoliyati xavfsizligi.


Umumiy talablar.

Mehnat haqidagi qonunlar Kodeksi ishdagi zararli vaziyatlarni bartaraf qilish, baxtsizlik hodisalarning oldini olish va ish o‘rinlarni sanitariya-gigienik jihatdan ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’muriyat zimmasiga yuklanadi.

“Tana” detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishda turli metall qirqish dastgohlaridan, standart va maxsus metall qirqish asboblari va moslamalaridan, tayyor detallarni va zagatovkalarni uzatib berish uchun konveyerlardan, chiqindilarni olib chiqish uchun transportyorlar, yuklarni ko‘tarib tashish uchun kran-balkalardan foydalaniladi.

Jarayonda detal dastgohdan ikkinchi dastgohga qo‘l yoki maxsus qurilma orqali uzatib beriladi.

Vtulka detaliga ishlov berish jarayoni GOST123-002-85 bo‘yicha ishchilar mehnatini xavfsizlik sharoitlarini inobatga olgan holda tuzilgan texnologik jarayon, metall qirqish dastgohlaridan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish tizimidir.

Dastgohlar moslanib kerakli kesuvchi asboblar bilan ta’minlangan. Bu dastgohlar universal va yarim avtomatikdir. Bo‘limda mavjud bo‘lgan xavfli moddalar SNiP – 93 normativlar bilan me’yorlangan.

Ishchi joylarni yaxshilash uchun bo‘limda issiq va sovuq suv,ichimlik suvi,dam olish joylari ko‘zda tutilgan.

Texnologik jarayonni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash mehnat sharoitini engillashtiradi. Mehnat sig‘imi va yordamchi vaqt ham kamayadi. SHuning uchun zagatovka sexda va tashqaridan elektrokaralar yordamida tashiladi. Osma kran yordamida dastgoxlar montaj va demontaj qilinadi.

Qo‘llanilgan moslamalar iloji boricha mexanizatsiyalangan bo‘ladi. Og‘ir yuk va dastgohlarni ko‘chirish uchun kranbalka qo‘laniladi.

Korxonada bir nechta zararli va havfli omillar mavjud. Zararli omillar birinchi mexanik ishlov berishdagi, ya’ni kesib ishlashdagi ajraladigan chang, tovush, vibratsiyadir. CHang odamning organizmiga kirib nafas olish yo‘larini kasallantiradi va ko‘z pardasini ishdan chiqaradi. Vibratsiya, ya’ni tebranish tufayli professional kasalliklar paydo bo‘ladi. CHiqadigan tovush odamning miyasiga ta’sir etib uni charchatadi va ma’lum kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.SHularni inobatga olgan xolda sexda ventiliyasiya va tabiiy yorug‘lik bilan taminlangan,xavfli zo‘nalarni barchasi atrofi o‘ralgan.Ishlab chiqarish uchastkasi asosiy va qo‘shimcha korpuslardan iborat.

Asosiy korpus-temir-beton yig‘ma konstruksiyadan iborat,yonib portlash xavfliligi bo‘yicha “D” kategoriyaga kiradi. Korxonada ishchilarga maxsus kiyimlar, qo‘lqoplar, kaskalar va ko‘zoynaklar beriladi.

Bo‘limda o‘tish va transportda o‘tish yo‘llari xam mavjud, ular me’yorga ko‘ra yo‘llar – 2000 mm, o‘tish joylari dastgoxdan 800 - 1200 mm teng masofada bo‘lishlari shart. Ularni soni texnologik jarayon katta - kichikligiga qarab olinadi. Odamni o‘lchovi 800 mm olinadi. Odam va stanok orasidagi masofa 1500 mm qilinib olinadi.





Download 4.22 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Download 4.22 Mb.