• Saqlagichlar.
  • Termobimetall saqlagichlar
  • Eruvchan saqlagichlarning
  • Mashinasozlik




    Download 5.43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/20
    Sana24.03.2022
    Hajmi5.43 Mb.
    #18869
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

    O’t oldirish uzgichi dvigatelni yurgizishda startyorni o’t oldirish tizimini, 
    yorug’likni markaziy almashlab ulagichini va nazorat o’lchov asboblarini 
    tarmoqqa ulaydi. Ayrim chizmalarda o’t oldirish uzgichi ulanganda, oyna 
    tozalagich, isitkich va elektr jixozlar chizmasi normal ishlashi uchun zarur bo’lgan 
    boshqa asboblarga tok yuboriladi. 
    Yorug’likning markaziy almashlab ulagichi avtomobilning harakatlanish 
    sharoitiga qarab yorug’lik asboblarini ulash va almashlab ulash uchun xizmat 
    qiladi. Asboblar panelining peshtokchasini yoritilganligini o’zgartirish uchun 
    ayrim markaziy almashlab ulagichlar peshtokcha lampalari zanjiriga ulangan 
    reostatga ega. Avtomobillarning yangi konstruktsiyalarida (KamAZ) yorug’likni 
    markaziy almashlab ulagichi va burilish ko’rsatgichlarni almashlab ulagichi rul 
    kolonkasiga joylashtirilgan. 
    Isitkich, oyna tozalagich, yoritish chiroqlari va boshqa asboblarning 
    uzgichlari tumblyor klavishli uzgichlar shuningdek, ishonchliroq bo’lgan 
    tugmachalari uzgichlar ko’rinishida tayyorlanadi. 
    Saqlagichlar. Zanjirlar va asboblarni qisqa tutashuv hamda uzoq muddatli 
    ortiqcha yuklanishlardan ximoya qilish, termobimetall va eruvchan saqlagichlar 
    bilan amalga oshiriladi. 


    37 
    Termobimetall saqlagichlar, ancha uzun bo’lgan yoritish zanjirlariga 
    ulanadi. Termobimetall saqlagichlar ko’p marta ishlaydigan va bir marta 
    ishlaydigan turlarga bo’linadi. Zanjirda qisqa tutashuv yoki ortiqcha yuklanish 
    sodir bo’lsa, ko’p marta ishlaydigan saqlagichning kontaktlari davriy ravishda 
    tutashadi va ajraladi, bir marta ishlovchi saqlagichning kontaktlari esa ajraladi. 
    Saqlagichning qaytadan ishga tushirish uchun tugmachani bosish lozim. 
    Eruvchan saqlagichlarning afzalligi shundaki, ularning alohida 
    asboblarning ximoya qilish uchun (masalan, o’ng va chap faralardagi uzoqni va 
    yaqinni yorituvchi chiroqlarni har birini alohida) ishlatish mumkin. Bu albatta bir 
    avariyali (xalokatli) rejimlarda elektr jixozlar chizmasining yashovchanligini 
    oshiradi. Kamchiliklari – chizmaning bir muncha murakkablashishi va saqlagichni 
    almashtirish uchun qo’shimcha vaqt sarflanishidir. Eruvchan saqlagichning 
    zanjirni o’zib qo’yish vaqti tok kuchi nominal qiymatdan uch marta ortib ketganda 
    (>31
    nom
    ), 10 soniyadan ko’p emas. Tok kuchi 1,5 I
    nom
    bo’lgan eruvchan saqlagich 
    bu tokka 30 daqiqa mobaynida chidashi kerak. 
    Rele. Elektr jixozlar chizmalaridagi rele startyorni, signallarni, faralardagi 
    uzoqni va yaqinni yorituvchi chiroqlarni dvigatelning sovitish tizimidagi 
    shamolparrakni (VAZ-2103 va boshqa avtomobillar), orqa oynak qizdirgichini, 
    isitgichini, fara tozalagichlarni, ulash va generatorning uyg’otish cho’lg’amining 
    uzib qo’yish uchun (KamAZ) hamda dvigatelning yurgazish oldi isitgichlarining 
    chizmalarida (KamAZ) qo’llaniladi. Rele oynatozalagich, qo’l tormozining nazorat 
    lampasi chizmalarida, shuningdek, batareyani zaryadlanishini bildiruvchi nazorat 
    lampaning zanjirida va boshqa holatlarda ishlatiladi.
    Ishlash rejimiga qarab relelar rejimi qisqa muddatli va uzoq muddatli relelarga 
    ajratiladi. Releni ishlash muddati kuchlanishga bog’liq holda 25 ming dan 200 
    ming gacha ulanishni tashkil qiladi. Yig’ishga va almashtirishga qulay bo’lishi 
    uchun yangi avtomobillarda rele shtekerli chiqishlarga ega va barcha relelar 
    saqlagichlar bilan birgalikda yagona blokka o’rnatilgan (VAZ-2105). 

    Download 5.43 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 5.43 Mb.
    Pdf ko'rish