Mashinasozlik




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

 
 
 
 
 


10 
2.MAVZUNING DOLZARBLIGI 
 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq prezidentimiz 
I.A.Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini 
yaratishga katta e’tibor berila boshlandi. Qisqa davr ichida Asakada zamonaviy 
yengil avtomobillar, Samarqandda esa avtobus zavodlari qurib bitirilda va ishga 
tushirib yuborildi. O'zimizda chiqarilayotgan Nexia, Matiz va ayniqsa Lacetti, 
Spark avtomobillarinng zamonaviy va ancha murakkab elektr va elektron asboblar 
bilan jihozlangan bo‘lib, bo‘lajak avtomobilchi-muhandislar ularning tuzilishi va 
ishlashini yaxshi bilishlari zarur. 
Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari ishchi jarayonlari 
avtomatlashtirish, harakat va ekologik xavfsizlikni oshirish, haydovchi va 
yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish kabi vazifalarni bajaruvchi murakkab tizim 
bo‘lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko‘p jihatdan aynan elektr 
jihozlaraing ishonchliligiga bog’liqdir. 
Avtomobillarda elektr energiya dastlab, benzinli ichki yonuv dvigatellarida 
ishchi aralashmasini o‘t oldirish uchun ishlatilgan. Ishchi aralashmasining yuqori 
kuchlanishli elektr uchquni yordamida yondirilishi, o‘t oldtrish daqiqasini nisbatan 
aniq belgilash, ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvati va tejamkorligini 
sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun 
vositasida o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda 
karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi. 
Elektr energiya iste’molchilari sonining ko‘payishi, ular quvvatining ortishi 
avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish, o‘t oldirish, yoritish tizimlarining 
shakllanishiga olib keldi. Avtomobillarda turli xil nazorat-o'lchov asboblari keng 
ко‘lamda ishlatila boshlandi. 
Elektr ta’minot tizimi generator, kuchlanish rostlagichi va akkumulatorlar 
batareyasidan iborat. Juda uzoq muddat davomida avtomobillarda asosan 
o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu 
sohada 
erishilgan 
muvaffaqiyatlar 
avtomobillarda 
yarimo‘tkazgichli 


11 
to‘g‘rilagichlarga ega bo‘lgan o'zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini 
berdi. Q‘zgaruvchan tok generatorlari о’zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir 
qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ular ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va 
chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda katta 
quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo. 
Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi akkumulatorlar batareyasi, 
startyor, kommutatsiya jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi 
moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar batareyasi avtomobil elektr 
jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari 
qo’llanilishi ishga tushirish tizimi quvvatining ancha oshirilishini talab qildi. Bu, 
o‘z navbatida, sig‘imi 200...240 A·soat bo‘lgan, takomillashgan akkumulator 
batareyalarni, quvvati 10... 15 kW gacha bolgan startyorlarni ishlab chiqishga olib 
keldi. 
Hozirgi zamon avtomobil dvigateilarida siqish darajasi, aylanishlar 
chastotasining o'sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlar 
zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi o‘t oldirish 
tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini 
tug‘dirdi. Klassik yoki kontaktli o‘t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi 
sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi tizimlari ishlab 
chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprosessorli o‘t 
oldirish tizimlari shular jumlasidandir. 
Avtomobillarning yoritish tizimi birtomondan harakat havfsizligini 
ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va 
yo'lovchilarga ma’lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil 
transporti vositalari sonining ortib borishi va ular harakatining tobora tig‘izlashishi 
yo‘1-transport hodisalarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Davlat avtomobil 
nazorati to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra bu noxush hodisalarning 60% dan 
ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo'ladi. 
Bu, avtomobillarda gomofokal va elipssimon farallar, yoritishni avtomatik 
rostlovchi tizimlar, tumanga qarshi faralar, galogen va ksenon lampalarning joriy 


12 
qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida 
yarimo‘tkazgichli yorug'lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa 
turdagi yangi yorug'lik jihozlarini ishlatish mo‘ljallanmoqda. 
Avtomobil va uning asosiy qismlarining ishonchli ishlashini ta’minlashda 
nazorat-o'lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov asboblari 
avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari (dvigatel, 
generator, tormoz, yoritish-darak berish tizimlari va hokazo) holatini va me’yorida 
ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat 
havfsizligini ta’mirilash va haydovchining diqqatini bo‘lmaslik maqsadida nazorat-
o‘lchov asboblarning ko'rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko‘proq darak beruvchi 
turlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. 
Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari rivojlanishining keyingi 
bosqichlari elektron texnikaning taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u asosan 
avtomobillarning harakat havfsizligini yanada to'laroq ta’minlashga, dvigateldagi 
ishchi jarayonlar samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga 
yo‘naltirilmoqda. Masalan, haydovchi holatini uzluksiz kuzatib, zarurat bo'yicha 
avtomatik ravishda harakat havfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi 
diagnostika asbo bini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda. 
Elektronika va mikroprosessor texnikasining qo‘llanishi dvigatel va 
transmissiya ishini avtomatik boshqarish tizimlarini ishlab chiqish imkonini berdi. 
Xususan, hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilgan elektron antiblokirovkali 
tormoz tizimi, dvigatelga yonilg'i miqdori aniq me’yorda uzatilishini ta’minlovchi 
elekrtron boshqarish tizimlari shular jumlasidandir. 
Shunday qilib, zamonaviy avtomobillarining elektr jihozlari, malakali 
xizmat ko'rsatilishni talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab tizimga aylandi. 
Avtomobillar me’yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko‘p jihatdan elektr 
jihozlarning shayligiga bog'liq. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr 
jihozlarining narxi ancha baland bo‘lib, avtomobil to‘la qiymatining 25-30% ni 
tashkil qiladi. Elektr jihozlarni ta’mirlash va ularga xizmat ко‘rsatishga ketadigan 
mablag’ ham taxminan shu ko‘rsatkich doirasida bo‘ladi. Demak, avtomobillarning 


13 
to‘g‘ri va daromadli ishlatilishini ta’minlash uchun ularning elektr va elektron 
jihozlari tuzilishini, ishlash prinsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining o’ziga xos 
tomonlarini har tomonlama va chuqur o'rganish juda muhimdir. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi shundaki, avtomobillarning elektr 
va elektron jihozlarini o’rganishda o’quv stendlaridan foydalanish muhim 
ahamiyatga ega. Buday stendlarni loyihalash biz uchun zarurdir.

Download 5.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish