Mashinasozlik




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

 
 
 
 
 


14 
3.ADABIYOTLAR SHARHI 
 
Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda prezidentimiz I.A.Karimovning
asarlari to`plamlaridan, o`zbek rus olimlarining ilmiy adabiyotlaridan, gazeta va 
jurnallardan hamda internet ma`lumotlaridan keng foydalanilgan. Quyida ushbu 
adabiyotlar haqida ma’lumotlar va ularning sharhi keltirilgan.
I.A.Karimov, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Prezidentimiz Islom 
Karimovning ushbu kitobida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk 
boylik bo’lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat 
hayotidagi o’rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va 
amaliy to-monlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil 
etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, 
uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ulkan 
ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr 
yuritiladi. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga 
kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish
ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan 
saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi [1]. 
Kаrimov I.А. “O`zbеkiston XXI аsr bo`sаg`аsidа: xаvfsizlikkа tаhdid, 
bаrqаrorlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfolаtlаri”. Ushbu kitobda O’zbekistonda 
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti xaqida so’z borgan. Negaki, bu 
asarda eng avvalo jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan holda, 
mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, adolatli demokratik 
davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning nafaqat nazariy masalalarini, 
balki uning amaliy jihatlarini yaxlit tarzda ko’rsatib berilgan. Bu asrni yana 
shuning uchun ham e’tibordan chetda qoldirmaslik zarurki, Sharq va G’arb 
sivilizatsiyalari tutashgan makonda tarixda brinchi bor umume’tirof etilgan 
demokratiya tamoyillari milliy qadriyatlar bilan to’ldirilmoqda. Jamiyatimizdagi 
bu jarayonni atrofimizda ro’y berayotgan ijtimoiy hodisalar, voqealar va ular 
o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni aniq voqeligimiz bilan chambarchas o’rganish 


15 
kerakligi aytib o’tilgan. Ushbu asrda mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov 
“Pirovard maqsadimiz – ijtmoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga 
o’tishda, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va 
fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir” deb ta’kidlaganlar [2]. 
I.A.Karimov, “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi”. Prezidentimiz 
I.A.Karimovning ushbu kitobida “2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor 
yo`nalishlari” ga bag`ishlangan 2011 yil 22 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 
majlisidagi ma`ruzasi to’liq yoritib berilgan [3]. 
I.A.Karimov, “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida 
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”. Ushbu kitobda Davlat dasturlarida 
ko`zda tutilgan yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, asosiy 
yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport 
va infratuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik 
ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish, xo`jalik yuritishning barcha 
tarmoqlarida mehnat, energiya, xom-ashyo va materiallar, jihozlar va ishlab 
chiqarish quvvatlaridan to`la foydalanish, turli nobudgarchilik va chiqindilarni 
kamaytirish, noishlab chiqarish harajatlarini bartaraf etish kabi mavjud 
resurslardan unumli foydalanishga qaratilgan tadbirlarni ro`yobga chiqarish xalq 
xo`jaligini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo`nalishlaridan biri 
ekanligi to’la yoritilgan [4]. 
I.A.Kаrimov, “O`zbеkiston iqtisodiy islohotlаrni chuqurlаshtirish yo`lidа”. 
Prezidentimiz I.А. Kаrimovning ushbu asarida investitsiya loyihalarini bajarish 
rejalashtirilgan. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari, modernizatsiya va 
rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha loyihalar 
haqida aytib o’tilgan. Bundan tashqari yoqilg`i- energetika, kimyo, neft- gazni 
qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik sanoati, qurilish 
materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalar ham prezidentimiz nazridan 
chetda qolmagan [5]. 


16 
G‘.N.Mahmudov “Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari”.Ushbu 
darslikda amaliy faoliyatidagi avtomobillarning elektr va electron jixozlari holati, 
ya’ni avtomobillarga o’rnatiladigan elektr va elektron jixozlarning o’rnatilishi, 
hamda avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda qo’llaniladigan va ularga 
o’rnatiladigan elektr jihozlar, ularning o’rnatilish usullari, avtomobil transportida 
turli hil sxemalar qo’llanilishi, elektr va elektron jixozlarning umumiy tasniflari va 
turlari ularning ishlash prinsplari keltirilgan [6]. 
G‘.N.Mahmudov “Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari” (yangi 
nashr). Darslikda avtomobillarning elektr va elektron jixozlarining tuzilishi, ishlash 
prinsipi, 
nazariyasi 
va 
tavsifnomalari 
keltirilgan. 
Ayniqsa 
zamonaviy 
avtomobillarga o’rnatiladigan jixozlarning yangi avlodi, kontakt va kontaktsiz 
generatorlar, “xizmat ko’rsatilmaydigan” akumlayatorlar, ichki reduktorli va 
doimiy 
magnitlardan 
uyg’otiladigan 
startyorlar, 
energiya 
to’planishi 
boshqariladigan va mikroprosessorli o’t oldirish tizimlari, gomofokal va elliptic 
faralar, ksenoni lampalarining tuzilishi va ishlashining o’ziga xos tomonlarini 
yoritishga katta e’tibor berilgan [7]. 
E.Z.Fayzullaev va boshqalar, “Transport vositasining tuzilishi va 
nazariyasi”. Ushbu darslikda avtomobilning umumiy tuzilishi, mexanizm va 
tizimlarning vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsipi va turlari to’liq keltirilgan bo’lib 
unda avtomobillarning kuzovlarining tuzilishini ham aloxida aytib o’tilgan [8].
E.A.Asatov, A.A.Tojiboyev, “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika 
asoslari”. O’quv qo’llanmada transport vositalarining texnik holati, ishlash 
qobiliyati, qismi va birikmalarning har xil omillar ta’sirida eskirishi, yeyilishi 
haqida tushunchalar, paytida ularga sarflanadigan ehtiyot qismlar uchun me’yorlar 
keltirilgan [9]. 
В.Е.Ютт «Электрооборудование автомобилей». Muallif bu kitobida 
mashinalarning elektr jixozlarining vazifasi, umumiy tuzilishi, ishlash prinsiplari 
va elektr zanjirlarning qantay tuzilishga ega ekanligi haqida batafsil ma’lumot 
berib o’tgan [10]. 


17 
А.В.Акимов, О.А. Акимов и др. «Электрооборудование автомобилей». 
Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan ushbu darslikda elektr 
jixozlarning turlari, tarkibi, zanjirlarning ulash usullari va o’tkazgich sifatida 
nimalardan foydalanilishi to’g’risida tushunchalar berilgan. Bundan tashqari metal 
va qotishmalarning tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va ulardan qanday 
holatlarda foydalanish haqida ham to’liq ma’lumot berilgan [11]. 
А.М.Резник «Электрооборудование автомобилей». Ushbu kitobda 
zavodlarda avtomobil ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari, ularda elektr 
jixozlarni qo’llash va takomollashtirish yo’llari keltirilgan bo’lib, shu bilan birga 
avtomobilning elektr va elektron jixozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash 
ishlariga ham alohida to’xtalib o’tilgan. Avtomobillarning elektr va elektron 
qismlarining tuzulishi ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini 
bajarish texnologiyasi, zamonaviy ishlab chiqarish jihoz va vositalaridan 
foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan [12]. 
I.Abdukarimov, M.K. Pardaеv, B. Ikromov “Korxonaning iqtisodiy 
saloxiyati tahlili”. Ushbu darslikda oliy o`quv yurtlari talabalari uchun 
korxonalarning iqtisodiy ko’rsatkichlari va saloxiyati va ularning tahlili borasida 
ko`plab ma`lumotlar berilgan [13]. 
U.Yuldoshev, U.Usmonov, O.Qudratov, ” Mehnatni muxofaza qilish”. 
Darslikda avtomobillarni ishlab chiqarishda, detallarni qayta tiklashda, elektr 
xavfsizligi va yong`in xavfsizliklari to`g`risida yo`riqnomalar berilgan.Avtomobil 
avtof-muhitni ifloslash bo`yicha eng katta ob`ektlardan sanaladi. Ma`lumotlarga 
tayanadigan bo`lsak, hatto sanoati rivojlangan eng katta shaharlarda ham 
avtomobillar ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gazlar miqdori boshqa 
ob`ektlar chiqarayotgan zaharli gazlardan ortiqroqdir. Mazkur adabiyotdan 
foydalangan holda masalaga to`g`ri yondoshib, muammoni hal qilsa bo`ladi. 
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash vaqtida nimalarga e’tibor 
berish kerakligi va ulardan qanday foydalanish yo’riqnomalari haqida ham ushbu 
kitobdan ma’lumotlar olish mumkin. [14]. 


18 
Foydalanish bo`yicha eng ommaviy va qulay bo`lgan adabiyot bu gazeta va 
jurnallardir. Avtomobillar olamidagi barcha yangiliklar, qo`lga kiritilgan barcha 
yutuqlar, avtomobillar tarixi va klassik avtomobillar kolleksiyasi bilan ajoyib 
rangli tasvirlarda tanishtiradi. Jurnallar yana hozirgi jadal rivojlanayotgan 
avtomobil modifikatsiyalari, avtoolamdagi sotuvlar va avtomobil narxlari va turli 
reklamalar bilan bizni ogoh etadi. Jurnallarda eng e`tiborli jihatlaridan yana biri, 
bir qancha maqolalar yo`l harakat qoidalarini o`rgatadi, ibrat bo`lsin uchun 
to`qnashuvli holatlarning tasvirini ko`rsatadi. Bularning mutoala qilib yursak har 
jihatdan foydalidir [15-20]. 
Fan-texnikaning tez suratlarda rivojlanishdan foydalangan holda bitiruv 
malakaviy ishi yuzasidan bir qancha ma`lumotlarni intenetning bir qancha 
saytlaridan olindi. Jahon avtomobil olamidagi yangiliklar, avtomobillarning har bir 
agregat va detallari haqida to`liq ma`lumot shuningdek, avtomobil tarixi, turli 
avtomobil zavodlari haqida, u joydan chiqayotgan har bir avtomobil resurslari 
hamda ularni ta`mirlash va tayyorlash texnologiyalari haqida to`liq va aniq 
ma`lumotlarni tez va sifatli olishimga imkoniyat beradi [21-29]. 
Demak, har bir foydalanuvchi talaba, albatta bu soxadagi olimlarning 
ishlari bilan tanishmog`i lozim. Nazariy bilimi asosida amaliyotda uni qo`llay 
olishi kerak. Adabiyotlardan unumli foydalangan holda bitiruv malakaviy ish 
bajarildi. 


19 

Download 5.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish