Mashinasozlik




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

5. TEXNOLOGIK QISM 
ELEKTR JIXOZLARI TIZIMLARI VA SXEMALARINI TURLARI 
Transport vositalari uchun GOST 2.701-84 ga muvofiq chizmalarning 
quyidagi turlari belgilanadi: asosiy va ulanma.
Asosiy chizma nosozliklarni topish, elektr jixozlar tizimining ishlashini 
tushinish hamda uni nazorat qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, chizmaga kiruvchi 
barcha buyumlarning o’zaro ta’siri to’g’risida to’liq tasavvur berishi kerak.
Ulanmalar chizmasi chizmaga kiruvchi buyumlarni haqiqiy ulanishini 
belgilaydi va avtomobil elektr jixozlarini ishlatish jarayonida ta’minlash hamda 
yig’ishni yengillashtirish uchun mo’ljallangan. Chizmada buyumlarni joylashishi 
ularning avtomobildagi haqiqiy joylashishiga qarab belgilanishi kerak. Chizmada 
haqiqiy sim dastalari, ulardagi har bir simni chiqish joyi ko’rsatilgan holda 
tasvirlanishi lozim. 
Yuk avtomobili elektr jixozlarning umumiy chizmasida alohida asboblardan 
tashqari yana mustaqil tizim hosil qiluvchi va shu tizimga kiruvchi ulanma 
tizimlarga ega bo’lgan asboblar guruhini ajratish mumkin. Avomobil elektr 
jixozlarining umumiy chizmasi quyidagi tizimlarga bo’linadi: 1-elektr bilan 
ta’minlash tizimi; 2-yurgizish tizimi; 3-o’t oldirish tizimi; 4-nazorat o’lchov va 
daraklash asboblari tizimi; 5-tashqi va ichki yoritish tizimi; 6-yorug’lik va tovush 
bilan daraklash tizimi; 7-qo’shimcha jixozlar tizimi. Yengil avtomobillar uchun 
tizimlar miqdori bundan ko’proq bo’lishi mumkin. 
Asosiy chizmada yuqorida zikr etilgan alohida vazifalarni bajaruvchi 
tizimlarning joylashish zonalari ko’rsatiladi. Iste’molchilarni ulanish joyini 
tanlashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish zarur.
Katta tok kuchi iste’mol qiladigan va qisqa vaqt ishlayligan elektr jixozlari 
asboblari, shuningdek, avariya (xalokat) holatlarda ishlashi zarur bo’lgan asboblar, 
ampermetr-akkumulyator liniyasiga ulanadi. Iste’molchilarning bunday guruhiga 


28 
startyor, sigaret yondirgich, signal, kapot ostidagi chiroq va ko’chma chiroqni 
rozetkasi kiradi.

Download 5.43 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish