• Mundarija
  • KIRISH
  • Matematika-informatika fakulteti




    Download 0.54 Mb.
    bet1/16
    Sana07.11.2022
    Hajmi0.54 Mb.
    #29408
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Asadbek Muxtorov11
    prim oform, Terpenlar - Vikipediya, JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI (UMIRZAQOV ABRORJON)1, Документ Microsoft Word, Savollar YDA, 3-Ma\'ruza bio, Fizika(Amaliy)3-mavzu (1), file (1), 1.титул, Informatika attestatsiya 2022 , Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma, Kimyoviy jarayonlar, qadimgi yozuvlar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
    MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI

    Amaliy matematika” yo’nalishi 20.07-guruh talabasi Muxtorov Asadbekning “Algaritmik tillar va dasturlash asoslari” fanidan “Matnlarga servis xizmat ko’rsatish” mavzusidagi



    KURS ISHI

    Kurs ishi rahbari: Tojimamatov Isroiljon

    Farg`ona-2021

    Mundarija


    KIRISH 3
    C# dasturlash tilining umumiy imkoniyatlari va matnlarga servis xizmat ko'rsatishning nazariy jihatlari. 5
    1.1 C# dasturlash tili va uni yaratilish bosqichlari 5
    1.2 C# dasturlash tilining umumiy imkoniyatlari, afzaliklari va kamchiliklari. 6
    C# Builder-da dasturning asosiy shaklidan yangi shaklni yaratish va chaqirishga misolC# Builder 17
    Muammoning holati 17
    Bajarish 17
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 49



    KIRISH


    XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim ahamiyatga ega.
    Bugungi kunda kompyuter inson faoliyatining turli sohalariga kirib bormoqda. Bu o`z navbatida dasturchilarga bo`lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari taraqqiyotida katta yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimizda xalq xo`jaligi tarmoqlarida: ishlab chiqarish jarayonlari, ofis ishlari, bank operasiyalari, axborot almashinuv jarayonlari, milliy xizmat ko‟rsatish muassasalari, ilmiy tadqiqot ishlari, texnikalarni avtomatik va masofadan boshqarish masalalari, ommaviy axborot vositalari, tibbiyot maskanlaridagi jarayonlarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo`lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. Bunday dasturlash tillariga misol qilib: C++, C#, Java, Java script, Python kabi dasturlash tillarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
    Dasturlash faninining rivojlanishi bevosita kompyuterlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. O‘tgan asrning o‘rtalarida kompyuterlarning yaratilishi, ular bilan parallel ravishda uning dasturiy ta‘minotini ham rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Kompyuterlarning texnik ta‘minotini rivojlanishi bilan, ular uchun turli dasturiy mahsulotlar yaratila boshlangan va yaratilmoqda, hamda kompyuterlarning texnik ta‘minoti bilan parallel darajada rivojlanib bormoqda. Dasturiy ta‘minotsiz kompyuterlar oddiy qutidan farqi qolmas edi. Hozirgi vaqtda bir qancha dasturlash tillari mavjud bo‘lib, ular har xil sohaga doir masalalarni hal qilishda ishlatiladi. C# dasturlash tili visual dasturlash texnologiyasini qo‘llash asosida turli darajadagi qiyinchilikdagi masalalarni tez hal qilish imkonini beradi. Xozirda Axborot texnologiyalari jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda va hayotning barcha sohalariga tadbiq etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchiga ko`pgina qulayliklar yaratib maqsadga tez va sifatli erishishga yordam beradi. Shu jumladan hozirda o`quv jarayoniga Axborot texnologiyalarini keng jalb etish yaxshi natijalarga olib kelishi isbotlangan faktdir.
    Biz ushbu kurs ishi davomida dastur tuzish jarayonida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar bilan tanishib chiqamiz. Ushbu favqulodda vaziyatlarni hal qilish uchun biz C# dasturlash tilidan foydalanamiz. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda foydalanuvchilar ish vaqti davomida ko’plab kutilmagan xatoliklarga duch kelishadi. C # dasturlash tili bunday muammolarni hal qilishning eng samarali vositalaridan biridir. Ushbu kurs ishi davomida C # dasturlash tilida yuzaga keladigan xatoliklar, ularning turlari, vujudga kelish sabablari, bartaraf etish usullarini o’rganib chiqamiz.
    Kurs ishining dolzarbligi: Ushbu kurs ishi hozirgi kunda axborot texnologiyalarida berilgan masalalarni dasturlash tillari orqali yechish va bu dasturlarda yuzaga keladigan favqulotda vaziyatlar ya’ni xatoliklarni bartaraf etish uchun xatoliklar bilan ishlovchi operatorlar, sinflar va ularning vazifalarini o’rganishga olib keladi
    Kurs ishining maqsadi: C# dasturlash tilidan foydalangan holda Interfeyslarda vorislik va umumlashgan interfeyslar haqida tushuncha olish. Ularni qo’llash usullarini o’rganish va shular asosida misollar ishlash.
    Kurs ishining ob’yekti: C# dasturlash tilidan foydalangan holda Interfeyslarda vorislik va umumlashgan interfeyslar haqida o’quvchilarga ma’lumot berishdan iborat.

    Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0.54 Mb.