Matematika o’qitish metodikasi I faninidan 1-mustaqil topshriq mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didiktik tamoyillari




Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#45876
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang\'ich matematika1
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666


MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI I FANINIDAN
1-MUSTAQIL TOPSHRIQ
MAVZU: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didiktik 
tamoyillari. 
a) Matematikadan dars turlari
b) Matematika darsiga tayyorlanish
c) Matematika darsini o’tkazish
d) Matematika darsini taxlil qilish
e) Boshlangich sinflarda matematika fani o’qitilish bo’yicha fikr muloxalaringizni 
bayon qiling. 
 
 
 
 
Bajardi: Ergasheva Nodira 
 


Matematikadan dars turlari 
Boshlang‘ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo‘yilgan 
“o‘quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan 
foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, 
kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblarni ongli tanlashga o‘rgatish” kabi vazifalarni hal 
qilishda yordam berishdan iborat. Bu bilimlar matematika fani to‘g‘risida 
o‘quvchilarga yetarli darajada ma’lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori 
bo‘limlarini o‘rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida 
o‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira 
bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim. 
Shunday qilib, boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich 
kursi matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
 Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
 Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
 Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
 Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‘yadi:
 o‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. 
Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat 
ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari 
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi 
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari 
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat 
qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli 
maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa 
nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir. Boshlang‘ich maktab 
matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning 
murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning 
g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini bajarishi 
o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to‘la 
aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Matematika 
o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining 
mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik 
materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon 
beradigan mezonlar aniq emas. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror 
topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb 
aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan 
bo‘lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur 


g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal 
etishga qodir emas, chunki hech qanday o‘rgatuvchi mashina o‘qituvchining 
intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi. Shunday qilib, didaktik 
materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini nazorat 
usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, 
mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli 
didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini 
aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan 
xalos eta olmaydi. Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 

Download 1.17 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika o’qitish metodikasi I faninidan 1-mustaqil topshriq mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasining didiktik tamoyillari

Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish