Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi




Download 112 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi112 Kb.
#47530
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi
1669872014, c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi, Italiya va Germaniyaning maktabgacha ta\'lim tizimi va ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, Lingvistik kompetensiya, birinchi-6-talik-mavzu (1), Mavzu Iqtisodiy o’sishni prognozlash Reja, CamScanner 05-29-2023 15.15, 3, Nargiza Kurbanova abiktevka, 894, 900, 903, 908, pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash (1)



Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi
Materiallar o‘zaro bir-biridan fizik hamda kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi. Elektron texnikasida ishlatiladigan materiallar 3 qismga bo‘linadi:
1. Elektrontexnik
2. Konstruksion
3. Maxsus materiallar




Elektrontexnika materiallari bu elektr va magnit maydonida ma’lum bir xususiyati bilan tavsiflanadi, bular amaliyotda elektr va magnit maydon ta’siri berilishiga qarab qo‘llaniladi.
Elektrontexnik materiallar magnit maydonida 2 guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz magnit materiallar.
Elektr maydonida ular 3 guruhga bo‘linadi:
1. O‘tkazgichlar.
2. Yarimo‘tkazgichlar.
3. Dielektriklar.
Metallar - bu materiallarning xona haroratida solishtirma o‘tkazuvchanligi σ =­10-6 ­÷ 10-4 (Om ∙sm) ni tashkil etadi.
Yarim o‘tkazgich materiallar – solishtirma o‘tkazuvchanligi xona haroratida σ =­10-4 ­÷ 1010 (Om∙sm) ni tashkil etib, ularning elekrofizik xossasi metallardan farqli holda tashqi ta’sirga: yorug‘lik, bosim, elektr maydon hamda haroratga juda ta’sirchan bo‘ladi.
Dielektrik materiallar - bu odatda solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lib, b = 1010 ÷ 1015 (Om ∙ cm) bo‘lgan va elektr xususiyati qutblangan qonuniyatiga bo‘ysunuvchi material hisoblanadi.
O‘tkazuvchan material deb - elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallarga aytiladi. Ularni texnikada qo‘llanilishiga sabab, normal haroratda juda yuqori solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikka egaligidir.
Yarim o‘tkazgich materiallar deb – o‘tkazuvchan va o‘tkazmaydigan (dielektrik) materiallar oralig‘idagi materiallarga aytiladi.
Bularni boshqa materiallardan farqi solishtirma o‘tkazuvchanligi tok tashuvchilarning konsentrasiyasiga hamda tashqi energetik xolatiga, haroratga va yorug‘likka bog‘liqligidir.
Dielektrik materiallar deb - elektr xususiyati qutblanishga bo‘ysinuvchi va solishtirma o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lgan materiallarga aytiladi. Dielektrik materiallar 2 turga bo‘linadi:
1. Passiv
2. Aktiv (faol).
Passiv dielektrik materiallar ko‘pincha elektro - izolyasiya sifatida qo‘llaniladi. Bunga misol qilib, oddiy kondensatorni olish mumkin. Aktiv dielektriklar ko‘pincha lazer texnikasida qo‘llaniladi. O‘tkazuvchan materiallarning solishtirma qarshiligi <10-5 Om∙m dielektrik materiallar qarshiligi esa <10 8 Om∙m.



Download 112 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 112 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Materiallarning elektr va magnit xossalariga ko‘ra sinflanishi

Download 112 Kb.