|
To‘ldirgichlar va plastifikatorlar
|
bet | 45/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik6.3. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar
Plastmassalar fenolformaldegid, kremniy organik va boshqa smolalar asosida olinadi. Boshqa komponentlari: plastifikatorlar, yog‘och uni, maydalangan kvars, asbest, slyuda, grafit. Detallar presslash usulida olinadi.
Press kukunlar (kompozitsiyalar) izotroplik, mexanik xossalarning yuqori bo‘lmasligi, zarbiy qovushqoqligi past ekanligi va qoniqarli elektrizolyatsiyaligi bilan xarakterli. Press-kukun markalanishi harf va raqamlardan iborat.
«К» harfi kompozitsiyani anglatadi. Undan keyingi son bog‘lovchi smola raqami (markasi). Raqam esa, ma’lum to‘ldirgichga to‘g‘ri keladi: 1 — sellyuloza, 2 — yog‘och uni, 3— slyuda uni, 4 — plavikali shpat, 5 — maydalangan kvars, 6 — asbest. Masalan, marka K—220—21.
Bu yerda 220 — press-kukun rezonli smola asosida tayyorlangan; to‘ldirgichlar: yog‘och uni va sellyuloza. [10]
Presskukunlar vazifasiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
umumiy vazifalarga moljallangan kam yuklangan detallarni yasash uchun;
elektrotexnik detallar yasash uchun;
suvga va issiqqa yuqori darajada turg‘un detallar uchun: К-18-53; K-18-42; K-214-42:
yuqori zarbiy qovushqoq detallari uchun: ФKPП1, ФKPП-10;
yuqori kimyoviy turg‘unlik detallariga: K-17-36; K-18-81; K-17-81;
zamburug‘-turg‘un («гpибостойкий»): К-18-36.
Presskukundan detallar to‘g‘ri yoki quyib presslash yo‘li bilan olinadi.
Tо‘ldirgichlar. Tо‘ldirgichlar tarkibi jihatidan organik va anorganik tо‘ldirgichlarga, strukturasi jihatidan esa tolali va donador (ba’zan kukun) tо‘ldirgichlarga bо‘linadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda tо‘ldirgichlar sifatida organik tо‘ldirgichlardan-yog‘och kukuni, yog‘och sellyulozasi, yog‘och shponi (yupa faner), paxta taramlari, ip gazlama, sintetik matodan foydalaniladi; anorganik tо‘ldirgichlardan-asbest tolasi va tо‘qimasi, shisha tolasi, shisha tolasidan tо‘qilgan mato, qisqa tolali asbest (kukun tо‘ldirgich sifatida), kaolin, slyuda, kvars kukuni, talk, oxak, kizelgur va boshqalar ishlatiladi. Plastmassalar tarkibiga kirgan tо‘ldirgichlar ularning xossalarini yaxshilaydi, bundan tashqari, nisbatan arzon bо‘lgani uchun buyumlarni arzonlashtiradi.
Organik tо‘ldirgichlar polimerlarni yaxshi singdiradi. Tolali tо‘ldirgichlar buyumlarning uzilishdagi va zarbiy egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Anorganik kukun tо‘ldirgichlar buyumlarning suvga va issiqqa chidamliligi hamda qattiqligini oshiradi, ularning g‘ovakliligi va gigroskopikligini pasaytiradi.
Termoplastik smolalarga qо‘shiladigan plastifikatorlar ularning yumshash haroratini pasaytiradi, bu esa ularni qoliplashni osonlashtiradi. Plastifikatorlar sifatida yuqori haroratda qaynovchi kichik molekulyar suyuqliklar: murakkab efirlar, xlorlangan uglevodorodlar va boshqalar eng kо‘p ishlatiladi. Polimerlar plastifikatorlarni shimib, bo‘kadi, bunda plastifikatorning molekulyar qatlamlari zanjirli makromolekulalar atrofida joylashib, ular orasidagi bolg‘anishlarni zaiflashtiradi. Polimerning yumshash harorati pasayishi va uning shishalanishiga, ya’ni qizdirilganda shishasimon holatdan qovushoq-oquvchan holatga va sovitilganda yana shishasimon holatga о‘tishining sababi ham ana shu.
Plastmassalar tarkibidagi tо‘ldiruchilarning turiga kо‘ra ular quyidagi turlarga bо‘linadi:
|
| |