|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 137/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydNazorat savollari:
“Tashqi effektda” nima kuzatiladi?
Eritish-oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini ko’rsating?
Erituvchi, erigan modda va ularning o’zaro ta’siri mahsulotlaridan tarkib topgan bir jinsli gomogen sistemaga nima deb aytiladi?
Oksidlanish-qaytarilish-kislotali-asosli o’zaro ta’sirlanish-kompleks hosil qilish reaksiyalarini ko’rsating?
Faqat bir yo’nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang’ich moddalar ohirgi mahsulotlarga to’liq aylanadigan reaksiyalar qanday reaksiyalar?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons. UK 2014
T.Fischer., Materials Science for Engineering Students, 1st Edition Elsevier UK, 2008
Mikell P.Groover., Fundamentals of Modern Manufacturing Materials, Processes, and Equipment John Wiley and Sons inc USA 2010
17 va 18-AMALIY MASHG’ULOTLAR
Materiallarni yeyilishini o’rganish.
Metallarni korroziyasini o’rganish. Optik analiz usullari.
Ishdan maqsad: Metallarda korroziya turlari, Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya, elektrokimyoviy korroziya, metallar korroziyasini oldini olish, metall sirtini boshqa metallar bilan qoplash, metallarga turli qo’shimchalar kiritish, korrozion aktivator va ingibitorlar.30
Masalani qo’yilishi: Metallarni korroziyadan oldini olishni tahlil qilish
Kerakli jixozlar: Kompьyuter, proektor, kompьyuterning dasturiy ta’minotlari.
Ishni bajarish uchun namuna:
Ko’pchilik metallar havo, suv, kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari ta’sirida yemiriladi. Bu hodisa korroziya deyiladi. Korroziya so’zi lotincha «corrodore» - yemirilish degan ma’noni anglatadi. Korroziya o’zining fizik-kimyoviy xarakteri jihatidan ikki xil bo’ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Metallarda qanday turdagi korroziya sodir bo’lishi metallni qurshab turgan muhitga bog’liq bo’ladi. Metallarga quruq gazlar (kislorod, sulfit angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va h.k.), elektrolit bo’lmagan suyuqliklar ta’sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo’ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko’p uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallarning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa, metallurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po’lat buyumlarini gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy bilan qoplanadi.
Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziya jumlasiga kiradi. Suyuq yoqilg’ining asosiy tarkibiy qismlari metallarni korroziyalantirmaydi, lekin, neft va surkov moylari tarkibidagi oltingugurt, vodorod sulfid va oltingugurtli organik moddalarning metallarga ta’siri natijasida korroziya vujudga keladi. Suvsiz sharoitidagina bu ta’sir namoyon bo’ladi. Suvda elektro-kimyoviy korroziyaga aylanadi.
Elektrolitlar ta’sirida bo’ladigan korroziya elektrokimyoviy kor-roziya deyiladi. Ko’pgina metallar asosan elektrokimyoviy korroziya tufayli yemiriladi. Elektrokimyoviy korroziya metalda kichik galvanik elementlar hosil bo’lishi natijasida sodir bo’ladi. Galvanik elementlar hosil bo’lishiga sabab: 1) ko’p metallar tarkibida qo’shimcha sifatida boshqa metallar bo’lishi; 2) metall hamma vaqt suv, havo namligi va elektrolitlar qurshovida turishidir. Masalan, nam havoda temirga mis metali tegib turgan bo’lsin. Bunda galvanik element hosil bo’ladi (temir – anod, mis – katod vazifasini o’taydi). Temir oksidlanadi: Fe–2e– =Fe2+
Fe2 ionlari OH– ionlari bilan birikib, Fe(OH)2 ni hosil qiladi; Fe(OH)2 havo kislorodi va namlik ta’sirida Fe(OH)3 ga aylanadi;
4Fe(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Fe(OH)3
Natijada temir korroziyaga uchraydi. Agar vodorod ionlari mo’l bo’lsa, temirdan chiqqan elektronlar havodagi kislorodni qaytarmasdan vodorod ionlarini qaytaradi; 2H+2e– H2 Temir qalayga tegib tursa, korroziya temir misga tegib turgandagiga qaraganda sustroq sodir bo’ladi, temir ruxga tegib tursa zanglamaydi, chunki temir ruxga qaraganda asl metaldir; elektrolitlar ishtirokida rux bilan temir hosil qilgan galvanik elementda rux – anod, temir – katod vazifasini bajaradi. 31
|
| |