569
Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi
Qurbonova Surayyo- Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi,
Xaitova Sevinch- Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Ilmiy rahbar: Sayfullayeva Gulhayo- Navoiy davlat pedagogika instituti
dotsenti
Hozirgi kunda kompyuter algebrasining nisbatan imkoniyatli paketlari bu -
Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD, Derive va Scientific WorkPlace. Bulardan
birinchi ikkitasi professional matematiklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib
imkoniyatlarning boyligi, ishlatishda murakkabligi bilan ajralib turadi. MatLab
matritsalar bilan ishlashga va signallarni avtomatik boshqarish hamda qayta ishlashga
mo‘ljallangan.
MathCAD va Derive qo‘llanilishi juda oson bo‘lib talabalarning tipik talablarini
qondirishni ta’minlaydi. Bular katoriga Eureka paketini ham qo‘shish mumkin.
Scientific WorkPlace matematik qo‘lyozmalarni LATEX tizimidan foydalangan
holda tayyorlashga muljallangan bo‘lib bir payda analitik va sonli amallarni bajarishi
mumkin.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish
uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar
ichida Mathcad oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik
hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda, Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli
usullarini qo‘llashning unikal kollektsiyasidir. U o‘z ichiga yillar ichidagi
matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik
hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo‘lib,
u professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zgaruvchi va
o‘zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni
tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilganyechimlarni tahlil qilish uchun
jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun
o‘z dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash.
Mathcad ishga tushurilgandan so‘ng, uning oynasida bosh menyu va uchta panel
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika).
570
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom
bilan ochiladi va unga 89 Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar
paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha bir necha
buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o‘z ichiga
olgan bo‘lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga
joylashtirish uchun qo‘llaniladi.
Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph
(Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini
bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni
chiqarish operatori; Calculus (Hisoblash) – differensiallash, integrallash, summani
hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;
Programming (Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish
opreatorlari; Greek (Grek harflari) - Simvolik belgililar ustida ishlash uchun
operatorlar.
Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M. V. Bulanova
Toporkova va boshqalar o‘qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi
bilimdonligini quyidagi sifatlar bilan baholaydilar:
1)
zamonaviy
axborot
muhitida
faoliyat
tajribasini
baholash
va
integratsiyalashga qodirlik;
2) shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;
3) umumiy komunikativ (o‘zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada
bo‘lishi;
4) axborot vositasida o‘zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida
nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo‘lishi;
5) o‘zini refleksiyalash (o‘z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo‘lishi;
6) axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish usullarini,
uni o‘zgartirish, uzatish va integratsiyalash madaniyatini o‘zlashtirish.
Pedagog-olim V. K. Selevko esa o‘qituvchining kompyuter savodxonligini
kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga
quyidagilarni kiritadi:
· informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
· kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;
571
· zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
· umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion
vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning
vazifalarini o‘zlashtirish;
· hech bo‘lmaganda bir matn redaktorini o‘zlashtirganlik;
· dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang‘ich
tasavvurlarining bo‘lishi;
·utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan
foydalanishning boshlang‘ich tajribasi.
Axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda
jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi
dasturlarining chiqishi, turli ta’limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar
ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o‘quv maqsadida foydalaniladigan axborot
tizimlari o‘z didaktik sifatlariga ko‘ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini
ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o‘qitish maqsadlarida
foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy
vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari
juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O‘qitish
maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot —
avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarining ma’lumotlar bazasini yaratishda, elektron
darsliklarni tuzish uchun o‘quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi
kompyuter tizimlari bilan o‘quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test
topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo‘la bir necha fan
sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga
oid ma’lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg‘unlikda psixologikpedagogik asos
yetakchi o‘rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o‘qitish jarayoniga
joriy qilish muhim o‘rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o‘quv jarayoni va
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega.
Odatdagi ta’limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida
mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo‘lib esa
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.
Kompyuter vositalari o‘quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarida:
· o‘quvchilarga o‘quv materiallarini taqdim etish bosqichida;
572
· kompyuter bilan interfaol o‘zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida o‘quv
materialini o‘zlashtirishda;
· o‘zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni takrorlash va
mustahkamlashda;
· o‘qitishda erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o‘zo‘zini
nazorat qilish bosqichida;
· o‘quv materialini qismlarga bo‘lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni
takomillashtirish orqali o‘qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish
bosqichida foydalanilishi mumkin.
Oqilona tuzilgan kompyuterli o‘qitish dasturlari axborotni o‘quvchi tomonidan
o‘zlashtirilishining psixologik va pedagogik qoidalari e’tiborga olingan taqdirda
o‘qitishni individuallashtirish va differensiyalashtirishga, bolalarning qiziqishlari va
o‘qishdagi mustaqil faoliyatini rag‘batlantirishga imkon beradi.
Maktab pedagogik jarayonida kompyuter o‘qituvchi, ishchi qurol, o‘qitish
obyekti, hamkorlik qiluvchi jamoa, bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti xizmatlarini bajarishi
mumkin (G. K. Selefko).
Kompyuter o‘qituvchi sifatida o‘qituvchini va kitobni qisman yoki to‘liq o‘rnini
bosadigan o‘quv axboroti manbai;
multimediya va telekomunikatsiya imkoniyatlari bilan tamoman yangi sifat
darajasidagi ko‘rgazmali vosita;
individual va axborot muhiti;
trenajyor;
o‘quvchilar bilimni tashhislash va nazorat qilishning vositasi vazifalarini
bajaradi.
Ishchi qurol sifatida kompyuter matnlarni tayyorlash va ularni saqlash matn
redaktori; grafikaviy redaktor va katta imkoniyatlarga ega hisoblash mashinasi
vazifalarini bajaradi.
O‘qitish obyekti sifatidagi xizmatini kompyuter-dasturlashtirish;
dasturli mahsulotlarni tayyorlash;
har turli axborot muhitlarini qo‘llash mobaynida bajaradi.
Hamkorlik qiluvchi jamoa — keng auditoriya bilan muloqot qilish, Internetda
bog‘lanish orqali vujudga keltiriladi. Bo‘sh vaqt (o‘yin) muhiti o‘yin dasturlari, tarmoq
bo‘yicha kompyuterli o‘yinlar, kompyuterli video yordamida tashkil qilinadi. Axborot
573
muhiti zamonaviy darajadagi axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion
o‘qitish, elektron kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi.
|