|
Matlab dasturidan muhandislik masalalarini matematik modellarini yaratish
|
bet | 1/4 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 48 Kb. | | #147191 |
Bog'liq Matlab dasturidan muhandislik masalalarida foydalanish-fayllar.org
MATLAB DASTURIDAN MUHANDISLIK
MASALALARINI MATEMATIK MODELLARINI YARATISH
Reja
1. Matlab dasturida arifmetik amallarni qo`llash
2. Matlab buyruqlari. standart funksiyalar
3. Matlab da matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirishlar
4. Matlab tizimida massivlar bilan ishlash
MATLAB matritsalar, murakkab matematik hisoblarda, jumladan, oziq-
ovqat injineringii masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda obyektlarni
modellashda keng qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va obyektlarning holat
tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi.
Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin. MATLAB
tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni
an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan va imkoniyatlari
keng modellash vositalari bilan ta`minlashdir. MATLAB ochiq axitekturaga ega
bo`lganligi sababli mavjud funksiyalarni o’zgartirish va yaratilgan xususiy
funksiyalarni qo’shish mumkin.
MATLAB BUYRUQLARI. STANDART FUNKSIYALAR
Matlabning standart buyruqlarining umumiy ko’rinishi quidagicha:
buyruq (p1, p2,……) yoki buyruq (p1,p2……);
bu erda, buyruq – buyruqning nomi, p1, p2,….. –buyruqning parametlari.
Buyruq yozilgach natijani olish uchun (odatda Matlab da buyruq oxirida
nuqta vergul yoki ikki nuqta kabi belgilar qo’yilmaydi) Enter tugmasini bosish (bir
marta) yetarli. Har bir buyruq oxirida (;) belgisi bo’lishi, buyruq bajarilsada
natijani ekranda namoyon etilmaslikni anglatadi va Enter tugmasi bosilganda
jimlik qoidasiga asosan buyruq bajariladi. Bunda natija EHM xotirasida qoladi.
(%)- foiz belgisi izohlarni yozish uchun xizmat qiladi. Agar buyruqlar qisqa
bo’lsa, ularni bir qatorga vergul bilan ajratgan holda yozib bejariladi. Agar
buyruqlar qisqa bo’lsa, ularni bir qatorga vergul bilan ajratgan holda yozib
bajariladi.
Agar buyruq yetarlicha uzun bo’lsa, u holda uch nuqta (….) qo’yilib, Enter
ni bir marta bosish orqali yangi qatordan davom ettiriladi va hk. Masalan:
Dasturlashda shunday vaziyatlar bo’ladiki, bunda ifodani hisoblashda oraliq
o’zgaruvchilarni kiritib (yoki ifodani qismlarga bo’ib) qadamma-qadam hisoblash
mumkin. Yuqoridagi misolni qaraymiz
>>x=2;
>>y= -3,9
>>a=sin(4/3*pi*x)+exp (0.1*y)
>>b=cos(4/3*pi*x)+exp (0.1*y)
>>c=sqrt(a/b)+(a/b)^(1/3)
с= 2.0451
O’zgaruvchi berilgan qiymatni o’zlashtirishi uchun = belgi qo’llaniladi.
Matlab dasturi buyruqlarni help >buyruq nomi> buyrug’I bilan chaqirib
olinishi mumkin. MATLAB ning asosiy amaliy buyruqlari maxsus kengaytirilgan
paketlar (kutubxonalr)ida, yani Toolbox (“TOOLBOX” inglizcha- “uskunalar
qutisi” ma’nosini bildiradi) larida yoylashgan bo’ladi.
Bu buyruqlarni MALAB tizimi ma’lumotlaridan yoki help >toolbox nomi>
buyrug’I bilan chaqirish mumkin. Masalan: Simvolli hisoblashlarni bajarish paketi
buyruqlarni Sumbolic Math Toolbox paketini chiqarish orqali ko’rish mumkin:
>> help Sumbolic Math
Sumbolic Math toolbox
Version 2.1.3 (R13) 28-Jun-2002
Izoh: Matlab tizimi ma’lumotnomasida barcha Toolboxlar, ularning
buyruqlari va ularni ishlatishga doir ayrim ko’rsatma hamda namunaviy misollar
berilgan bo’lib, foydalanuvchini o’ziga kerakli bilimlarni mustaqil egallashida
muhim ahamiyatga ega. Quyidagi jadvalda asosiy standart funksiyalar va ularning
Matlab dagi yozilish qoidalari keltirilgan.
Izoh: Matlabda bundan tashqari turli-tuman maxsus funksiyalarni qiymatlarini
hisoblash uchun mo’ljallangan buyruqlar ham mavjud. Bu buyruqlarni hisoblashda
ASPEN tizimining maxsus funkiyalaridan (ASPEN tizim yadrosida mavjud)
foydalaniladi. Bu buyruqlarni >>help elfin va>> help mfunlist kabi buyruqlarini
berish orqali batafsil ko’rish mumkin.
|
| |