• Multiprotsessor
  • Klassifikatsiya
  • Matritsali protsessorlar




    Download 319.5 Kb.
    bet2/4
    Sana01.06.2022
    Hajmi319.5 Kb.
    #22652
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Matritsali protsessorlar
    xojiahmad databasa, muhammadali, таьтил режа Икрамов, Законы сохранения импульса и момента импульса, 1531985055 67597
    Vektorli protsessor

    Dasturiy nigohda qaraganda vektorli protsessor matritsali protsessorga o’xshab ketadi. Matritsali protsessor kabi u ham hisoblashda yuqori unumdorlikka ega, lekin undan farqli ravishda barcha qo’shish amallari konveyerli strukturaga ega bo’lgan qo’shish blokida bajariladi. Bunday asosda CRAY-1 kompyuteri ishlab chiqilgan.


    Har ikkala tipdagi protsessorlar bir xil amalni bajaradi, misol uchun ikkita vektor elementlari juftlarini qo’shadi. Lekin, matritsali protsessorda qo’shuvchi elementlar soni massiv elementlari soniga teng bo’lsa, vektorli protsessor shartli registrlar to’plamidan iborat vektorli registrga ega bo’ladi. Bu registrlar xotiraga bitta komanda bilan joylashadi. Qo’shish komandasi bu vektorlar elementlarini konveyer strukturali qo’shish qurilmasiga yuklab qo’shadi. Natijada qo’shish qurilmasidan boshqa vektor chiqadi va vektorli registrga yoziladi yoki boshqa amal bajarish uchun operand sifatida ishlatiladi.
    Hozirgi kunlarda matritsali protsessorlar ishlab chiqilmaydi, lekin ular asoslangan tamoyil hali ham ishlatiladi. Bunday g’oya Pentium IV ning MMX va SSE to’plamlarida mumltimediya dasturlarini tezkorligini oshirishda ishlatiladi.

    CRAY vektorli kompyuterining protsessor platasi







    Multiprotsessor

    Multiprotsessor (ing multiprocessor, multiprocessing) – ko’pprotsessorli kompyuter tizimining bir sinfi bo’lib, bir nechta protsessorlar va ular uchun umumiy bo’lgan yagona adres muhitiga ega bo’lgan tizim. Flinn klassifikatsiyasi bo’yicha multiprotsessorlar MIMD sinfiga tegishli deb hisoblanadi. Multiprotsessorda bir jadvalli bitta OT (operatsion tizim) ishlatiladi.




    Klassifikatsiya
    Multiprotssesorli tizimdagi protsessorlarning tutgan o’rniga qarab: simmetrik multiprotsessorlar (SMP) – bunda barcha protsessorlarning darajasi teng va xotiraga va qurilmalarga bir xil murojaat qila oladi, va asimmetrik multiprotsessorlar, (AMP) bunda protsessorlarning darajalari turli xil, xotiraga va qurilmalarga turli xil murojaat qiladi, turlarga bo’linadi. AMP texnologiyasi 1960-yillarda SMP texnologiyasi qurilguncha vaqtinchalik ishlatilgan.
    Xotirani adreslash usuli bo’yicha bir necha xil multiprotsessorlar farqlanadi, mas: UMA(Uniform Memory Access), NUMA(Non Uniform Memory Access), COMA (Cache Only Memory Access). Bundan tashqari multiprotsessorlar gomogen tipli bo’lishi mumkin (barcha protsessorlar bir xil) yoki geterogen (tizimdagi protsessorlar turli xil) bo’lishi mumkin.



    Download 319.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 319.5 Kb.