Mavsumga qarab o`g`il bolalar ko`ylagini murakkab fasonda modellashtirish, maketlarini tikish




Download 170.73 Kb.
bet1/6
Sana11.04.2023
Hajmi170.73 Kb.
#50413
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavsumga qarab o`g`il bolalar ko`ylagini murakkab fasonda modell
kirish 2, erkaklar ko\'ylagi, erkalar kiyimi, a41f4405bf5212879f03b4e20f31e1c0 KIYIMLARNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH (8), Ayollar uchun milliy ko\'ylaklar murakkab fasonda modellashtirish, Ayollar milliy ko’ylagini tarixi. Reja. 1 Ayollar milliy ko’ylag-fayllar.org, O’zbekiston respublirasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, tungi ko\'ylak .., aqsh, ayollar milliy, feruza, buxoro, iiii, BXSR (3)

Mavsumga qarab o`g`il bolalar ko`ylagini murakkab fasonda modellashtirish, maketlarini tikish.
Mundaria:
Kirish………………………………………………………………………..……2
I BOB. Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari..
1.1 O`g`il bolalar ko`ylaklari……………………..………………………………4
1.2 O`g`il bolalar ko`ylagi fasonlari……………………………..……………..11
II BOB. Kiyimlarni konstruksiyalash.
2.1O`g`il bolalar ko`ylagini maketlarni tayyorlash ……..……………………...20
2.2 Bolalar ko`ylagini modellashtirish.…………………………………..……..32
Xulosa…………………………………………………………………………….35
Foydalanilgan adabyotlar………………………………………………………....36

Kurs ishining maqsadi: bu kurs bolalar ko`ylagining bichilgan bo`laklariga ishlov berish,kiydirib ko`rishni o`rganamiz.


Kirish
Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari.Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish,tikilgan buyumlar, jumladan kiyim-kechaklar assortimenti strukto’rasini ya’nadatakomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik tarmog’ini jadal rivojlantirishhisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi.Bu vazifalarni muaffaqiyatli amalga oshirish uchun yengil sanoatningtikuvchilik tarmog’iga qarashli korxonalarni texnik jihatdan qaytaqo’yiladiganlantirish va qayta qurish yangi kompleks–mexanizasiyalashtirilganjarayonlarni yangi texnika va ilg’or texnologiyani joriy etish, yangi materiallar,xususan qistirmabop materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologikjarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyim detallarining konto’rlarini, bazakonstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi.Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samaralibo’lishi uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok bunga zamin yaratiladi. Tikuvchiliksanoati xodimlari ayni kunda loyhalash vaqtida bo’lg’usi buyumning sifatiniyaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar.Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkabijodiy ish bo’lib, badiiy konstruktorlik hamda texnik vazifalarning yechiminiqamrab oladi.Kiyimni konstruksiyalash deganda, odatda kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o’zaro ulab-tikib, muayyanrazmerdagi va formadagi yaxlit buyum holatiga keltirish usullari, vositalari
tushuniladi.Turli xil va modeli kiyimning konstruksiyasi uning va tikishtexnoldog’iyasining takomillashuviga hamda modaga qarab o’zgarib to’radi. Buhol yangi modeldagi kiyim konstruksiyasini ishlab chiqishni bir muncha
murakkablashtiradi ishni yengillashtirish uchun tipovoy va baza konstruksiyalaridan keng foydalaniladi. Kiyim kechakni loyihalashtirish vaqtida konstruksiyaning texnologik(ishlov berish) jihatdan qulayligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi.
Texnologik qulaylik deganda, buyum konstruksiyasining sifat ko’rsatkichlaridanbirini ifodalovchi xossalari majmui tushuniladi. Kiyimning texnologik jihatdanqulay konstruksiyasi iste’molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos keladi. Kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularning yig’ishning eng murakkab metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini tug’diradi. Konstruksiyaningtexnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi o’z ulushiniqo’shadiKiyimni loyihalashda hal qilinadigan asosiy masalalar forma va uni hosil kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm,mo’yna va boshqa materiallardan tikiladi. Kiyimga forma berish usullariishlatiladigan gazlamaning xossalarini nazarda to’tib tanlanadi. Zamonaviy kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiymetodini va ularning kombinasiyasini kullashga imkon beradigan gazlamalar ishlatiladi.Kiyim formasi konstruksiyasi bo’yicha, ya’ni uni qomatga va gavdaning o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi. Gazlamaning draplanuvchanligiga va to’rsimon tuzilishidagi materialning sirpanchiqlik (harakatlanuvchanlik) xossasiga asoslanib, kiyimga shakl berish, ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan oldin kullanilgan. To’rsimon tuzilishdagi gazlamaning sirpanchiqligi aniqrogi harakatchanligidan aslida qiyasiga bichish usulidan keng foydalaniladi, biroq kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu xususiyatdan odatdagicha, bichish usullarida ham foydalanilmoqda. Forma hosil qilishning bu metodida ko’pgina choklarga va vitochkalarga deyarli xojat qolmaydi, boshqacha aytganda, ular yo qisman, yoki butunlay yo’qotiladi. Kiyim tikiladigan materiallarning draplanuvchanligi deganda, ularning egiluvchanlik, blanglash xususiyati va harakatchan yengil burmalar hosil qilib, xilpillangan forma kasb etish xususiyati tushuniladi. Bu metod kiyimlarning ancha murakkab formalarini hosil qilishga imkon berganligidan asosan, Xotin-qizlar ko’ylaklarini loyihalashda qo’llaniladi. Kiyim kechakka nam issiqlik ishlovi berilganda, ya’ni suv purkab dazmollanganda materialning dag’al strkto’rasi go’yo o’zgaradi (iplar, tolalar cho’ziladi, taranglashadi, siqiladi, iplar sistemalari qiyshadi), materialning molekulyar sitemasi o’zgardi. Sintetik tolalardan tukilgan gazlamalar paydo bo’lgunga qadar materiallarning suv purkab dazmollash (nam issiqlik ishlovi berish) tikilgan kiyimga hajmiy shakl berishning asosiy metodi hisoblanib, ularnito’rlantirish imkoniyatini tug’diradi. Dazmollash chala fabrikat shaklini o’zgarishiga qarab, quyidagi to’rlarga ajratiladi: Dazmollab, cho’zib detallar o’lchamlarini kattalashtirish

I BOB. Kiyimni konstruksiyalash va modellashtirishning asosiy metodlari..



    1. O`g`il bolalar ko`ylaklari.

Bolalar modasi, palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda . Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi. 
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi. 
Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin.Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat. 
B olalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan. 
Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va kolgotkalar kiradi. Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar kiradi(1.3-rasm). 
Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka. Bolalar oyoq kiyimlari bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat. 
Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz. 
Bolalar yosh guruhlari. Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo’lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo’llari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi ko’krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini yo’qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi. Gazlamalar esa paxta tolali bo’lishi shart. 
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi. 
Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O’g’il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo'lib, bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bunda me'yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha, qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini 
ta'minlaydi. 
Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi to'g'risida dastlabki tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Bolani o'rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o'yinchoqlar, kiyimlar uning e'tiborini torta boshlaydi, tug'ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o'zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning bo'linishlarida o'zgarishlar bo’ladi. Ko'ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli bo'lmagan qo'sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag'batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p bo'lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo'lishi kerak. Ranglari yorqin va tiniq, detallari o'zaro proporsional, bezaklari ifodali bo'lgan kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg'ulotlar, yangi kun tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o'zlashtirib, yangi kollektiv hayotga moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o'rganadilar. Maktab o'quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar kiradi. 
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o'zgarib, suyaklari qotib, muskullar mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi, qorinnning chiqqani yo'qolib, bel ko'zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o'zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko'ra 1:6,5 ga teng bo'ladi. 7-8 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari, asosan, kengroq va badandan holiroq bo'ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari uchun to'g'ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va ko'ylakchalarning pastki qismiga belbog'lar, qisqichlar hamda vitochkalar qo'yib, chiroyli holatga keltirish mumkin[8]. Bu yoshdagi bolalar o'zlarining bosh vaqtlarida jon deb hovlida sport o'yinlari bilan mashg'ul bo'ladilar, konkida, chang'ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy kiyimlarini ham shu shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini beradi. 7-8 yashar qizlarning kiyimlari to'g'ri siluetda, yoki bel chizig'idan pastga tomon kengaygan bo'ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo'ladi, 7- 8 yoshdagi qizlarning ko'ylagi bel chizig'idan teparoqda, biroz tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani ma'qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan kengroq bo'lib, turli vositalar yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko'ylak bel chizig'i bo'yicha kesmali bo'lishi ham mumkin, bunday tipdagi ko'ylakning old tomoni yaxlit bo'lib, bel chizig'i bo'yicha ortidan yoki yonidan kesma bo'ladi. Pastki qismi to'g'ri siluetda jemper va bluzkalarning kemasi esa bel chizig'idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko'ylakning bunday joyiga klapanlar, cho'ntaklar, plankalar, xlyastiklar qo'yiladi. Odam gavdasi tuzilishi, gavda turlari, odam qaddi-qomatini tashkil qiluvchi qismlar, ularning mutanosibligi, kiyim tayyorlashda ularning o`rni haqida tushuncha. Odam qaddi-qomatidagi belgilar, xususiyatlar, jinsiga, yoshiga xos o`zgarishi. Gavda tuzilishidagi asosiy nuqtalar va chiziqlar. Ularni kiyim loyihalashdagi ahamiyati. Loyihalash uslublari: mulyaj, hisoblash, o`lchab hisoblash, yagona loyihalash uslublari haqida. 
Bolalar gavdasining o`ziga xos xususiyatlari, harakatchanligi, tez o`zgaruvchanligini, kiyim loyihalashda hisobga olinishi. Bolalar yoshiga nisbatan kiyimlarni guruhlarga bo`linishi, ularda kiyim bichimi, bezagi, gazlamalarni qo`llash haqida ma`lumot.
Yangi tug`ilgan bolalar kiyimi va buyumlari uchun tanlanadigan gazlamalar, kiyimni tayyorlanishiga qo`yilgan talablar haqida ma`lumot. Ularning kiyim va buyumlari asosiy andazasini loyihalash usullari. Texnik modellashtirish nima va uning bosqichlariga qo`yilgan texnik talablar (eskiz, shablon, rangli qalam, rangli qog`oz bilan ishlash). Ish fartugi va ro`molining asosiy chizmasi chiziladi va texnik modellanadi. Maktabgacha yoshdagi qiz va o`g`il bolalar ko`ylaklarini loyihalash , modellash va andazasini tayyorlash.
Tungi ko`ylakni loyihalash. Asosiy o`lchovlar olinib, ular asosida hisoblash jadvali tuzilib, tungi ko`ylak asos chizmasini chizish va andaza tayyorlash. Tungi ko`ylak asosida o`smir yoshdagi qiz bolalar xalati andazasini tayyorlash.

Download 170.73 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 170.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavsumga qarab o`g`il bolalar ko`ylagini murakkab fasonda modellashtirish, maketlarini tikish

Download 170.73 Kb.