Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana28.10.2022
Hajmi1.06 Mb.
#28416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari (2)
Brauzerlar haqida Google Chrome, Opera, Firefox va boshqala haqida, мат с геогеброй-1-61, david-goes-school-storia-tg, 11. Бошқарувда назорат тушунчаси, назоратнинг мазмуни, моҳияти ва турлари., Qoraqalpoq maqola 2022, Adabiyotlar, 16.06.2022, 10.6, 2117 25.06.2010, Bayonnoma ko\'chirma, Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi , [Untitled], investitsiya Norqulov, “Matn tilshunosligi” kursining matn nazariyasi va matnni lingvistik, 228-Bekmirzaeva Xilola BMI
Proektiv metodlar. Proektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib, 
ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya 
etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha 
talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi 
mavjud bo’lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o’zining hissiy 
kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi. 
Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog’lari” testini kiritish mumkin 
(1921). Bu – 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog’laridan iborat 
bo’lib, har 1 dog’ har xil bo’yoqli fonda ko’rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog’” 
nimaning shaklini eslatishi so’raladi. Bunda: 2 ta dog’ qizil rangli shtrixlar, 5 ta 
dog’ kul rang – qora, 3 ta dog’ – yorqin bo’lmagan ranglarda beriladi. 
Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi 
xususiyatlari to’g’risida xulosa chiqariladi.


Rorshax testining yosh psixologiyasida qo’llaniladigan varanti Ye.T. Sokolova 
tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni diagnostika 
qilishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimentga qo’shimcha metodik usul 
kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo’yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari 
kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab 
tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma’lumotni 
qo’lga kiritadilar. 
SHuningdek, psixologik tadqiqotlarda ko’pincha rasmli assotsiatsiyalar metodi 
qo’llaniladi. Ushbu metod birinchi bo’lib 1945 yilda S.Rozentsveyg tomonidan 
taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga turmushda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli 
vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan 
personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi 
tomondagi shaxslar esa hali javob qaytarib ulgurmagan. Tekshiriluvchidan tez
qisqa muddat ichida bo’sh kataklarga qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish 
so’raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs yo’nalishi, uning ziddiyatlarga 
munosabati, agressiya hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va 
shunga o’xshash muhim faktlar to’planadi. 
Rozentsveyg testi subьekt agressiyasi yo’nalishining 3 ta turini aniqlash imkonini 
beradi : 
1. Agressiya insonning o’ziga qaratilgan. 
2. Agressiya atrofga qaratilgan. 
3. Subyekt vaziyatni hal qilishdan qochadi yoki uni bezaydi. 
Pedagogik amaliyotda ko’pincha I. Щvantsara tomonidan ishlab chiqilgan, 
o’smirlik va o’spirinlik davri uchun mo’ljallangan test variantidan foydalaniladi.
Proektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu 
metod 
yordamida 
guruhiy 
va 
shaxsiy 
ustanovkalar 
tekshiriluvchining 
atrofidagilarga (o’rtoqlari, o’quvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, 
shuningdek, o’ziga va kelajakka bo’lgan munosabatlari ham o’rganiladi. SHu 
maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko’p 
o’ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan,
- mening har safar kayfiyatim buziladi, agar... 
- men uchun eng muhim muammo, bu - ...
- do’st – bu ... 
- mening otam ba’zida ... 
- men shunga intilamanki ... 
Proektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proektiv metodikani tavsiflash muayyan 
psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo’llash 
bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lishni talab qiladi.

Download 1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish