Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana28.10.2022
Hajmi1.06 Mb.
#28416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi fanining metodlari (2)
Brauzerlar haqida Google Chrome, Opera, Firefox va boshqala haqida, мат с геогеброй-1-61, david-goes-school-storia-tg, 11. Бошқарувда назорат тушунчаси, назоратнинг мазмуни, моҳияти ва турлари., Qoraqalpoq maqola 2022, Adabiyotlar, 16.06.2022, 10.6, 2117 25.06.2010, Bayonnoma ko\'chirma, Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi , [Untitled], investitsiya Norqulov, “Matn tilshunosligi” kursining matn nazariyasi va matnni lingvistik, 228-Bekmirzaeva Xilola BMI
Sotsiometriya metodi. Sotsiometriya metodi birinchi bo’lib amerikalik 
psixolog Dj. Moreno tomonidan taklif etilgan. Bu metodning mohiyati shundan 
iboratki, inson u yoki bu ko’rsatkich bo’yicha guruh a’zolarini tanlaydi. Qilingan 
tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan 
o’rni haqida xulosa qilinadi.  


Demak, sotsiometriya metodi yordamida guruh a’zolari o’rtasidagi simpatiya 
yoki antipatiyani aniqlash mumkin. Sotsiometriya metodini operativ tarzda 
o’tkazish, uning natijalarini esa matematik qayta ishlash va grafik ravishda ifodalash 
mumkin. 
Sotsiometriyani tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda uning ba’zi 
kamchiliklarini ham ko’rsatib o’tish zarur. Asosiy kamchilik shundan iboratki, 
sotsiometriya metodi mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash 
imkonini bermaydi. SHuning uchun ham sotsiometriyadan olingan ma’lumotlar 
kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to’ldirilishi 
lozim. 
Sotsiometriya metodidan guruh, jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini yaxshi 
bilgan holatlardagina foydalanish mumkin. Bu metod yordamida shaxsning xizmat 
yuzasidan bo’ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o’rnini aniqlash, 
birlamchi guruhlar mavjud yoki mavjud emasligini topish, birlamchi guruhlarning 
paydo bo’lishi va tarqab ketishi sabablarini aniqlash mumkin. 
Sotsiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga 
qilinadigan ishlari yoki guruh a’zolarining ishlarini birgalikda bajarishga xohishlari 
to’g’risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash ko’rsatkichlari deyiladi. 
Kuchli va kuchsiz ko’rsatkichlar farqlanadi. Kuchlilar chuqur va barqaror 
munosabatlarni, kuchsizlari yuzaki va beqaror munosabatlarni aniqlash imkonini 
yaratadi. Masalan, “xizmatdoshlaringizdan qaysi biri bilan bitta brigadada ishlashni 
xohlardingiz?” degan savol bo’yicha aniqlangan ko’rsatkich kuchli ko’rsatkich 
hisoblanadi, chunki u uzoq vaqt davom etadigan, muhim munosabatlarga tegishli. 
“Kimni birga ekskursiyaga borishga taklif qilardingiz?” – kuchsiz ko’rsatkich, 
chunki u chuqur bo’lmagan va vaqtinchalik munosabatlarni belgilaydi. Kuchli va 
kuchsiz ko’rsatkichlar mazmuni jihatidan turlicha bo’lishi mumkin, lekin ulardagi 
umumiy narsa – natijalar, ya’ni sherik tanlash. 
Tanlashlar soni cheksiz bo’lishi mumkin, biroq amaliyotning ko’rsatishicha, 
kishining guruhdagi holati va o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun 3 ta kishi 
tanlash yetarli. Bunda sinaluvchidan, birinchi navbatda kimni tanlashi, agar 1 shaxs
bilan imkon bo’lmasa 2 – navbatda kimni tanlashi hamda ikkinchisini tanlash 
imkoni bo’lmasa, 3 – navbatda kimni tanlashi haqida so’raladi. 
SHerikni tanlash o’zaro va bir tomonlama bo’lishi mumkin. 1 – holda A – B ni, 
B – A ni tanlaydi. Bu o’zaro bir-birini tanlash hisoblanadi. Tanlash bir tomonlama 
bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi. 
Tanlash bir tomonlama bo’lganda A – B ni, B esa V ni yoki G ni tanlaydi.

Download 1.06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu № Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot. Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja

Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish