|
Energetik tizimni birlashtirish
|
bet | 4/6 | Sana | 19.10.2022 | Hajmi | 359.33 Kb. | | #27553 |
Bog'liq Mavzu Energetik tizimni boshka tizimlar bilan bog‘liqligiEnergetik tizimni birlashtirish.
Elektr energetikaning birinchi stadiyasida bo`lak holda har bir elektr stantsiya o`zining tarmog`i orqali iste'molchilarini elektr energiya bilan ta'minlaydi. Keyinchalik bir-biri bilan bog`langan energetik tizimlar yaratila boshladi va ular parallel ishlay boshladilar. Sobiq ittifoq davrida yagona energetik tizimlar yaratilib, ular g`arbiy energetik tizimi, Sibir , O`rta Osiyo kabi yagona energetik tizimi bo`ldi. Shuningdek, AQSH va Kanada hamda Meksika energetik tizimlari liniyalar orqali birlashdi.
Yagona birlashgan energotizimning maqsadi:
Elektr stantsiyalarning o`rnatilgan yig`indi quvvatini kamaytirish
Gidroenergetik resurslardan to`laroq foydalanish
IES va GES birlashtirishni avzalligini ko`rib chiqamiz. Har bir elektr stantsiyaning quvvati 100MVt dan bo`lsin. Har biri o`z iste'molchilari uchun alohida elektr energiya ishlab chiqaradi. Har bir rayonni yuklamasi 100 MVt dan. Bir kunda rayonning har bittasida 1600 MVt s energiya iste'mol qiladi. Faraz qilaylik GES da suv chiqimi bo`yicha 1200 MVt s ishlab chiqaradi. GES bo`lgan rayonda 400 MVt energiya yetishmaydi. Bu paytda IES da 2400MVT s bir kunda elektr energiya chiqariladi. Ya'ni, 800 MVt s ko`p elektr energiya. Bu ikki elektr stantsiyani parallel ishlatib, faqat IES da 2000 MVt s energiya ishlab chiqartirib butun ikki rayon iste'molchilarni elektr energiya bilan ta'minlasa bo`ladi. GES esa pik paytida energiya bilan ta'minlashga yaraydi.(1..9.rasm).
4 8 12 16 20 24 t (ch)
1..9-rasm. Iste’molchilarning vaqt bo’yicha elektr energiya iste’moli. 3) Elektr energiya ishlab chiqarishni tejamini oshirish.
4) Agregatlarni yagona quvvatini oshirish
Agregatlarning quvvatini oshishi elektr energiyani ishlab chiqarishni solishtirma narxini kamaytiradi.(1..10.rasm).
c
Pi
1..10-rasm.Solishtirma narx va quvvatni bog’lanishi
Elektr bilan ta'minlashni ishonchliligini oshirish. Ishonchliligini oshirish releli himoya va avtomatika qurilmalarini qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Releli himoya deb- avariya holatida buzilgan elementni yoki elektr tizimni bir qismini o`chiradigan qurilma tizimiga aytiladi.
Avtomatik qurilmaga : avtomatik qayta ulash (AQU) va zaxirani avtomatik ulash (ZAU).
Elektr energiya sifatini oshirish.
Elektr energiya sifati kuchlanishni va tokni egrilik formasi, uch fazali tizimda kuchlanish vektorlarining simmetriyasi va chostotaga bog`liq.
Kuchlanish-liniyada qarshiligidagi isrof hisobidan kamayishi mumkin.
U2 =U1 – IR U2 va U1 liniya boshida va oxiridagi kuchlanish.
I-liniya toki, R-liniya qarshiligi.
Kuchlanish va tokni sinusoidalligi formasini buzilishi energiya sifatini buzilish energiya sifatini yomonlashtiradi.(1..11а вrasm).uch fazali tizimda kuchlanishlar vektori bir-biridan 1200 ga siljigan bo`ladi. Buzilishda burchaklari o`zgaradi. (1..11.б rasm)
U А (I)
t С В а)
U А (I)
t
С В б)
|
| |