|
Davlat organlarining veb-saytlari orqali interaktiv xizmatlarni ko’rsatish
|
bet | 9/10 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 25,24 Kb. | | #114709 |
Bog'liq Mavzu O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya sohasini rivojlanti-www.fayllar.orgDavlat organlarining veb-saytlari orqali interaktiv xizmatlarni ko’rsatish
www.aci.uz,
www.soliq.uz - O’zRDSQ
www.mfa.uz - O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Kalit va elektron raqamli imzo.
Elektron raqamli imzo – elektron hujjatga biriqtirilgan va mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo’yuvchi shaxsning o’ziga ma’lum bo’lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo’ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligi tekshirilgandagi ijobiy natijani beradi.
Xulosa
Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan barhamand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalari hisoblanadi. Axborotlar inqilobi chegara nimaligini bilmaydi. Yangi axborot texnologiyalari darhol butun er kurrasi bo’ylab tasvir, matn va nutqni etkazib berishga imkon beradi. Internet muassasalar keng ma’lumotlar bazalarini ommaviy kutubxonalar, maktablar, shahar hokimiyatlari bilan bog’lashga imkon beradi.
|
| |