|
Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakkab masalalalar yechish
|
bet | 2/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 116,5 Kb. | | #231744 |
Bog'liq 2,3,4,5,6,8,12 bo\'lgan karslarni yarim ulush bilan taqqoslashBir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakkab masalalalar yechish.Vaqt, masofa, tezlik, o`rtacha tezlikni topishga doir masalallar yеchish Qoldiqli bo‘lish. Bo‘linishga arifmetik va matnli masalalar. Tengsizlik. Katta emas va kichik emas (≤ va ≥) belgilari. Ikki o‘zgaruvchili ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topish. Kasr tushunchasi bilan tanishtirish mеtodikasi. Ulush. Butunning ulushini topish. Ulushga ko‘ra butunni topish. Maxraji 10 dan oshmagan kasrlarni taqqoslash. Maxrajlari bir xil bo‘lgan kasrlarni qo‘shish va ayirishning ma’nosi. Sonning kasr qismi va kasrga ko‘ra sonni topishga doir masalalar yеchish. Kasr. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan kasrlar tushunchasi. Maxraji 2, 4, 8 bo‘lgan teng kasrlar.
Maxraji 3, 4, 5, 6, 8, 12 bo‘lgan kasrlarni yarim ulush bilan taqqoslash. O‘nli kasrni to‘g‘ri kasr ko‘rinishda ifodalash.O‘nli kasrlar ustida arifmetik amallar Koordinata burchagi.Nuqta koordinatasi. Ko‘pyoq. To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Fazoviy shakllar. Kub va uning elementlari. Grafik ko‘rinishdagi ob’ektlar ustida ishlash.Sodda grafiklar, diagrammalar, jadvallar Burchak turlari. Yoyiq burchak. Burchak gradusi. 30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni transportir yordamida o‘lchash. Soat millari. SHakllarni burish. Burchak simmetriyasi Simmetrik shakllar. Simmetriya o‘qlarini topish. Ko‘pyoq modellari va ularning elementlariSonli tenglik va tengsizliklarga oid masalalar yеchish. Murakkab masalalar yechish usullari. Masalani bir o`zgaruvchli tenglama yordamida yechish Talabalarining pedagogik amaliyoti bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va tavsiyalar. a) malabalarning bo‘lajak o‘qituvchilarga xos kasbiy sifatlarini egallashi; b) matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni, zamonaviy ta’lim texnologiyalarni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining amaliy faoliyati bilan bog‘lash va mustahkamlash. v) matematika o‘qitishda amaliy faoliyat bilan bevosita aloqa bog‘lash, o‘qituvchi kasbiga muhabbat va hurmatni, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirish. g) matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ijodiy shaxs sifatida rivojlantirish metodikalarini egallash. d) pedagogik amaliyot davrida maktabdagi ta’lim-tarbiya axvoli, o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari bilan tanishish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish masalalarida sinf o‘qituvchilarga yordam berishi; e) o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish, ularning yosh xususiyatlarini o‘rganish; 14 j) pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy, tadqiqiy yondashuvlarni ishlab chiqish, o‘zining va boshqalarning faoliyati natijalarini tahlil qilish, mavjud bilimlarni boyitib borish zaruriyatini shakllantirish. z) Matematika darslarini metodik tahlilini amalga oshirish shartlarini o‘rganishda fan mazmuniga bog‘liq integratsiyalashgan ta’limni o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini hisobga olishi. Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki bosqichda o‘tkazilishi kerak. Birinchi bosqichda. O‘qituvchi amalda o‘zi tuzgan rejani bajara olgan olmaganligiga baho beradi. Buning uchun u dars maqsadini shakllantiradi va shu maqsadga erishi uchun (qullanilgan pedagogik texnologiya va AKTni, interfaol metodlarni)amalga oshirgan faoliyatidagi mantqni asoslaydi, rejalashtirilgan harakatlar mantig‘ini aniq o‘tkazilgan dars mantig‘i bilan solishtiradi. Buning uchun quyidagi masalalarga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir: -darsdagi qaysi lahza o‘qituvchi uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi? - u darsni rejalashtirganda nimani hisobga olmagan? -o‘quvchilarni qaysi savollariga javob bera olmadi? -rejalashtirilgan xarakatlardan voz kechishga to‘g‘ri keldimi va nima uchun? -o‘zining nutqidagi xatolarni kamchiliklarni noto‘g‘ri shakllantirilgan savollarni sezdimi? -o‘qituvchi darsda qo‘yilgan maqsadga erishdi deb hisoblaydimi, bunday reyting bahoning mezoni nima bo‘lib hisoblanadi (o‘quvchilarning faol ishlashi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishi va boshqalar)? Ikkinchi bosqichda. Bu masalar xamkasabalar tomonidan muhokama (metodistlar, talabalar, o‘qituvchilar..)qilinadi. Bu muhkokamaning rejasini quiydagicha tasavvur qilish mumkin: 1.Dars mantig‘i uning maqsadiga mos keladimi (bu masalani muxokama qilishda nafaqat o‘tkazilgan dars, balki uning rejasi asosida yotgan mantiqqa hamt to‘xtalib o‘tish kerak). 2. O‘qituvchi darsda qanday ta’lim vazifalaridan (mashq, qisman ishlanish, ijodiy) foydalandi? Ulardan qaysilari ijobiy baxolanishi mumkin? Nega? 3. O‘qituvchi tanlagan pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar ta’lim vazifalari va dars maqsadiga mos keladimi? 4. O‘qituvchi tavsiya qilgan to‘shiriqlar qanday vazifalarni bajardi (ta’limiy, tarbiyaviy, rivrojlantiruvchi)? Qaysilari ijobiy baholanishi mumkin. 5.O‘qituvchi matematik terminologiyadan to‘g‘ri foydalandimi, o‘quvchilarga savol va to‘shiriqlar tavsiya qildimi? 6.O‘qituvchi foydalangan qaysi metodik usullar ijobiy baxolanishi mumkin? Alohida to‘shiriqlar bajarishda, yangi mvazuni o‘rganishda, mustahkamlashda, tekshirishda? 7.O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda o‘qiuvchi qo‘llagan qaysi shakllar (yakka, yal’i va guruh) ijobiy baholanishi mumkin? 8.O‘qituvchi o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnata oldimi, ularning harakatlarini muvaffaqiyatli to‘g‘irlay oldimi, shu nuqtai nazardan dasning qaysi momentlari ijobiy baholanishi mumkin?
Pedagogik amaliot davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, fan mazmunini tahlil qilish, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish mavjud shar-sharoitlarga qarab belgilanadi. 15 Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Kurs ishi loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil bitta mavzu bo‘yicha ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarni qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, pedagogik amaliyotda zamonaviy tеxnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Kurs ishi loyihasi mavzulari bеvosita Boshlangi’ch sinf matеmatika fani bilan bog`liq holda aniq bir mavzu bo‘yicha bеlgilanadi. Tanlangan mavzular fan mazmunini qamrab oladigan darajada bo‘lishi: 1. Asosiy miqdorlar ustida ishlash mеtodikasi. Massa, (sig‘im). Uzunlik(masofa), vaqt va yuz o‘lchov birliklarini o‘rgatish mеtodikasi . 2. Vaqt, masofa, tezlik haqida tasavvurlarni tarkib toptirish va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish mеtodikasi. 3. ”Algebraiik” va ”Geometrik” mazmunli masalalar yyеchishga o‘rgatish mеtodikasi. 4. Arifmеtik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari. 6. Konsentrlar bo‘yicha arifmеtik amallarni o‘rgatish, qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va qoldiqli bo‘lishga o‘rgatish mеtodikasi. 7. ”O‘nlik” va ”Yuzlik” mavzusida misol va masalalar yyеchishga o‘rgatish mеtodikasi. 8. ”Minglik” va ”Ko‘pxonali sonlar” mavzusida misol va masalalar yyеchishga o‘rgatish mеtodikasi va hokazo Har bir talabaga alohida mavzu bеriladi. Talaba bеrilgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlar tadbig`ini qo‘llay olishi ko‘rsatiladi.
Uchinchi bosqichda tegishli qoidaga asoslangan hisoblash usullari ustida ish olib boriladi.
Har bir hisoblash usuli ustida ishlash metodikasini ko‘rib chiqamiz.
Sonni yig‘indiga qo‘shish xossalari o‘rganilgandan keyin 34+2, 34+20 hollarga doir usullar qaraladi. Тayyorgarlik sifatida nol bilan tugamaydigan ikki xonali sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlash shuningdek, (80+4)+2, (50+4)+20 va hokazo.
Misollarni qulay usul bilan yechish taklif qilinadi.
Doskaga 46+30=(40+6)+30=(40+30)+6=76
46+3=(40+6)+3=40+(6+3)=40+9=49
(Natijasi hisoblashda 40 ga 30 qo‘shish 70 bo‘ladi, 6 ni qo‘shsa 76 bo‘ladi)
Shundan keyin tushuntirish asosida oldin sonni yig‘indi bilan almashtiramiz, so‘ngra eng qulay usul bilan yechamiz.
Hisoblash usullari o‘zlari asoslanayotgan xossalarga mos ravishda qanday guruhlanishini ko‘rsatamiz.
I. Yig‘indiga sonni qo‘shish, bu qoida quyidagi hisoblash usullariga asos bo‘ladi.
1) 34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=54
2) 34+2=(30+4)+2=30+(4+2)=36
3) 54+6=(50+4)+6=50+(4+6)=60
II. Yig‘indidan sonni ayirish.
1) 48–30=(40+8)–30=(40–30)+8=18
2) 48–3=(40+8)–3=40+(8–3)=45
3) 30–6=(20+10)–6=20+10–6)=24
III. Songa yig‘indini qo‘shish.
1) 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14
2) 36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43
3) 40+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56
4) 45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63
IV. Sondan yig‘indini ayirish.
1) 12–5=12–(2+3)=(12–2)–3=7
2) 36–7=36–(6+1)=(36–6)–1=29
3) 40–16=40–(10+6)=(40–10)–6=24
4) 45–12=45–(10+2)=(45–10)–2=33
5) 45–18=45–(10+8)=(45–10)–8=27
Тo‘rtinchi bosqichda amallar xossalarini umumlashtirish va bu bilimlarni differensiallash imkonini beruvchi maxsus mashqlar bajarish nazarda tutiladi.
36+23=(30+6)+(20+3)+(30+20)+(6+3)=59
65-21=(60+5)-(20+1)=(60-20)-(5-1)=44
|
| |