• OTLARNING MA`NOLARIGA KO`RA TURLARI Birturdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi. Atoqli otlar
  • Shaxs otlari
  • Narsa otlari
  • Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo`ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, orzu-armon, gap-so`z Takroriy otlar




    Download 130 Kb.
    bet3/10
    Sana10.03.2023
    Hajmi130 Kb.
    #44878
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    3 sinfda otlarning birlik va ko`plikda qo`llanilishi ustida ishlash
    2-Mustaqil ta'lim, 02 amaliy javobi Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish, Onore De Balzak asarlarining badiiy xususiyatlari va uning “Sag’ri, Document22, ОБ ОХРАНЕ ПРИРО-WPS Office, 23. MAT.O`QITISH. METODIKASI, 1-тема, Informatika 8-sinf, Marufjonova Kumushoy 3, цуцвк, 8-maktab ijodkor o\'quvchilar ro\'yxati, ishchi dastur Biofarmatsiya, Davlatova Muharram ...NNM, portal.guldu.uz-Oziq-ovqat injineringi jarayon va qurilmalari
    Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo`ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, orzu-armon, gap-so`z
    Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o`zgarishi bilan takrorlash orqali hosil qilinadi.Takroriy otlar chiziqcha bilan ajrtib yoziladi: savat-savat, dasta-dast, uy-puy.


    OTLARNING MA`NOLARIGA KO`RA TURLARI
    Birturdagi predmetlardan birining nomini yoki umumiy nomini bildirishiga ko`ra otlar atoqli otlar va turdosh otlarga bo`linadi.
    Atoqli otlar bir turdagi predmetlardan bittasini ajratib ko`rsatuvchi, shaxs, narsa yoki joyga atab qo`yilgan otlardir. Xorazm, Kamola
    Atoqli otlar nimani atab kelishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:shaxs nomlari va joy nomlari.Kishilarga atab qo`yilgan nomlar,ularning ismi,familiyasi,taxallusi bildiruvchi atoqli otlar shaxs nomlari deyiladi: Alisher Navoiy, Yusuf xos Hojib, Erkin Vohidov;
    Ma`lum bir geografik hududga atab qo`yilgan nomlar joy nomlari deyiladi:Farg`ona, Chorsu, markaziy Osiyo. Mamlakat va o`lka nomlari qo`shma so`z shaklida bo`lganda har bir qisim bosh harf bilan yoziladi: Buyuk Britaniya, O`rta Osiyo. Tarkibi turdosh otlarning qo`shilishidan hosil bo`lgan joy nomlari qo`shib yoziladi: oltiariq, yettisuv, oqtosh. Tarkibida bo`yi, orti, oldi so`zlari ishtiroq etgan joy nomlari qo`shib yoziladi: Orolbo`yi, Kavkazorti.
    Atoqli otlar tashkilot, korxona, muassasa nomlarini ham bildiradi: Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Oliy Majlisi. xalqaro tashkilot va oliy davlat tashkilotlari va mansablarining nomlari tarkibidagi har bir so`z bosh harf bilan yoziladi: Vazirlar Mahkamasi, Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi. Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar nomi tarkibida birinchi so`z bosh harf bilan yoziladi: Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Quvasoy sement zavodi.
    Turli korxonalar,mahsulotlar,inshootlarga berilgan shartli nomlar qo`shtirnoq ichida bosh harf bilan yoki birinchi qismi bosh harf bilan beriladi: ”Istiqlol”saroyi, ”Sharq yulduzi”jurnali.
    TURDOSH OTLAR

    1. Narsa va shaxs otlari

    2. Aniq va mavhum otlar

    3. Yakka va to`da otlar

    4. Faoliyat-jarayon otlar

    5. O`rin-joy otlari


    Shaxs otlari- kim?so`rog`iga javob bo`lib:
    chol, kampir, bola-shaxslarni yoshiga ko`ra;
    mahalladosh, qishloqdosh- yashash joyiga ko`ra;
    direktor, direktor o`rinbosari-mansabiga kora;
    amma, hola, tog`a, amaki-qarindoshlik darajasiga ko`ra nomlab keladi.
    Shaxs otlari tub va yasama otlar bo`lishi mumkin. Ular shaxs oti yasovchi qo`shimchalari yordamida yasaladi:sinfdosh, suvchi, dorboz, soatsoz, kitobhon kabi.
    -lik qo`shimchasi o`rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo`shilib,shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi,atoqli otlarga qo`shilgan -lik qo`shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi: xorazmlik, qishloqlik.

    Narsa otlari-nima?so`rog`iga javob bo`lib jonli va jonsiz narsalarning nomlarini bildiradigan otlardir.
    Hayvon nomlari - qovun, yo`lbars, kuchuk.
    O`simlik nomlari - gul,yalpiz,rayhon.
    Oziq-ovqat nomlari - banan,qovun,non.
    Kiyim-kechak – shim, yubka, to`n.
    Idish-tovoq nomlari – qoshiq, kosa, qozon.
    Ish qurollari nomlari – ketmon, bolta, arra.
    Osmon jismlari nomi – yulduz, oy, bulut, quyosh.
    Narsa otlarining tub va yasama shakli mavjud: -gich, -qich, -gi,-qi -k,-oq, -indi, -ma, -don, -moq, -m qo`shimchalari asosga qo`shilib yasama narsa otlari yasaydi: o`roq, taroq,tugma, elak, supurgi.


    Download 130 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 130 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo`ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, orzu-armon, gap-so`z Takroriy otlar

    Download 130 Kb.