|
Mavzu: 8,16 va 32 razryatli protsessorlar
|
bet | 3/5 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #235305 |
Bog'liq SLAYD PROTSESSORLARProtsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya'ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko'rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikro-protsessor, ya'ni o'ta zich integral sxema bajarmoqda. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
* arifmetik-mantiqiy qurilma;
* ma'lumotlar va adreslar shinasi;
* registrlar;
* buyruq jamlagichi;
* kesh, ya'ni kichik hajmli o'ta tezkor xotira;
* qo'zg'aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.
Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya'ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
978 yilning iyunida Intel o‘zining ya’ngi 8086 protsessorini taqdim etib, inqilob sodir etdi.Bu bozordagi ilk 16-razryadli mikroprotsessorlar edi; u vaqtda barcha boshqa protsessorlar 8-razryadli edi. 8086 protsessori 16-razryadli ichki registrlarga ega bo‘lib va 16- razryadli yangi toifadagi dasturiy ta’minotni bajara olar edi. U, shuningdek,16-razryadli tashqi shinaga ega bo‘lib, bir vaqtda 16 bit ma’lumotni xotiraga uzata olar edi.Manzil shinasining razryadi 20 bitni tashkil qilar edi va 8086 protsessori 1 Мbayt (20-darajadagi 2) sig‘imli xotirani manzillay olar edi. O‘sha vaqtda bu mo‘jiza tuyular edi, boshqa ko‘pchilik mikrosxemalar 8-razryadli ichki registrlariga, 8-razryadli malumotlarning tashqi shinasiga va 16-razryadli manzil shinasiga ega bo‘lib, 64 Kbayt dan ko‘p bo‘lmagan operativ xotiranigina manzillay olar edi (16 –darajadagi 2). 8086 protsessorining narxi ancha yuqori edi- uning uchun arzonroq 8-razryadli emas,16-razryadli ma’lumotlar shinasi talab qilinar edi.
Inteldagilar foydalanuvchilarning 16 qoshimcha unumdorlikka ortiqcha harajat qilishni istashmayotganini tushunib etdi va biroz vaqtdan so‘ng 8088 deb atalgan 8806 protsessorning “kesik ” talqinini taqdim etdi.Unda, malumotlar shinasidagi 16 razryaddan 8 tasi olib tashlangan va 8086 protsessori ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga nisbatan 8-razryadli mikrosxema sifatida qaraladi.Biroq,unda 16-razryadli ichki registrlar va 20-razryadli manzil shinasi to‘la saqlanib qolganligi uchun 8086 protsessori 16-razryadli dasturiy ta’minotni bajarar edi va 1 Мbayt sig‘imli operativ xotirani manzillay oladi. IBM PC ning ilk kompyuterlarida 4,77 MGts takt chastotali 8088 protsessorlardan foydalanilar edi, ya’ni bir sekundda 4 770 000ta takt bajarilar edi. 8088 va 8086 protsessorlarning buyruqlari uchun o‘rtacha 12 takt zarur bo‘lar edi. Ba’zida, 8088 protsessor 1Mbayt sig‘imdagi asosiy xotirani manzillay olsa ham, nima uchun kompyutyerdagi asosiy xotiraning sig‘imi 640 Kbayt bilan chegaralanadi degan savol tug‘iladi. Buning sababi, IBM boshidanoq manzil fazosining yo‘qori qismida 384 Kbaytni adapter platalari va tizimli BIOS uchun rezervlab qoyadi. Qolgan 640 Kbayt DOS va dastur –ilovalar uchun foydalaniladi. 80286 (yoki,oddiygina 286) protsessorida 80186 va 80188 protsessorlari uchun xarakterli bo‘lgan, moslashuvchanlik muammosi tug‘ilmaydi. U 1981 yili paydo bo‘ldi,va uning asosida IBM AT kompyuteri yaratildi. Shundan so‘ng, 50 va 60 rusumdagi ilk PS/2 yaratildi (PS/2 keyingi rusumlari 386 va 486 protsessorlari asosida uaratildi). Bir nechta firmalar, AT sinfiga tegishli kompyuterlarning analoglarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirib oladi.
|
| |