• 4. Kop maqsadli stanoklar (ishlov berish markazlari)
  • Mavzu: Aftomat linyalar. Reja: Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari




    Download 45.65 Kb.
    bet4/5
    Sana26.05.2023
    Hajmi45.65 Kb.
    #64995
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Avtomat liniyalar
    3-mavzu, Islom Wahrsabiz

    Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarga mexanik ishlov berishni avtomatlashtirishning asosiy yo'li—raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan stanoklarning qo'llanishidir.Raqamli dasturbo'yicha boshqarish (RDBB) stanok ishchi organlarining zarur bo'lgan hara-katlarini, detaining ishlov o'tish siklini, kesish rejimlarini, yordamchi funksiyalarni ta'minlaydi. Stanok ishining dasturi raqamlar ko'rinishida beriladiki, bu dastur shartli til (kod)da dastur obyekti (perfotasma, magnit tasmasi, magnitli disk)ga o'tkaziladi yoki magnitli xotira blokiga kiritiladi, ya'ni detalga ishlov berish bo'yicha barcha boshlang'ich axborot simvollarga aylantiriladi va ishlov berishning raqamli modeli yaratiladi. Stanokning boshqarish qurilmasida bu axborot «o'qiladi», signallarga aylantiriladiki, ular endi stanokning bajaruvchi organlari-ni boshqaradi.RDBB stanoklar stanok mexanik elementlarini almash-tirmasdan yoki qayta sozlamasdan dasturni almashtirish orqali qayta sozlanadi.

    RDBB stanoklar avtomatlashtirishning yuqori darajasida ularni qayta sozlashning keng imkoniyatlariga ega. Zamonaviy RDBB quril-malarining keng imkoniyatlari tufayli ularni elektron hisoblash mashi-nalari (EHM)dan boshqariladigan umumiy sistema tarkibiga kiritish mumkin, bu esa RDBB stanoklaridan keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida, shu jumladan avtomatik liniyalar sistemasi tarkibida foy-dalanishni maqsadga muvofiq qiladi. So'nggi yillarda RDBB stanoklar mini-EHM asosida ishlaydigan boshqarish qurilmalari bilan komplek-tatsiya qilinmoqda. EHMdan boshqariladigan avtomatlashtirilgan uchastkalar va avtomatik liniyalar yaratilmoqda.

    4. Ko'p maqsadli stanoklar (ishlov berish markazlari)

    Murakkab profilli detallarga ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida ishlab chiqarishda ko'p operatsiyali (ko'p asbobli, keng maqsadli) RDBB stanoklar qo'llaniladi. Bu stanoklarda detaining bir o'rnatilishida avtomatik siklda ko'p operatsiyalarni bajarish mumkin: frezalash, parmalash, teshik kengaytirish, rezba ochish, razvyortkalash va h.k. Bu stanoklarda universal stanoklarning turli ishlarni bajara olish xususiyati bilan agregat stanoklarning katta ish unumdorligi birlash-gandek bo'ladi.Boshqa stanoklarga xos bo'lgan detallarni qayta-qayta o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xatolarga yo'l qo'yish bu stanoklarda o'rinsiz bo'lib, endi detalga bir o'rnatishda har tomondan istalgan burchak ostida ishlov beriladi.


    Download 45.65 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 45.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Aftomat linyalar. Reja: Avtomatik liniyalar, ularning turlari, afzallik va kamchiliklari

    Download 45.65 Kb.