Mavzu: Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati Reja




Download 21.12 Kb.
bet1/3
Sana14.03.2024
Hajmi21.12 Kb.
#172424
  1   2   3
Bog'liq
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
Dinora ppt, Optika, 1 2 3 sinf Ona tili va o\'qish savodxonligiМетодик тавсия, 1.KIMYO TAQVIM20, Document 37, 1-ma\'ruza DTTL, AKADEMIK, Texnologiya-Pazandachilik-6-sinf-to-garak-34-soat, I-bob ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik mo, 10-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti, Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari va uning foydasini aniqlash, Tadbirkorlik etikasi va madaniyati., portal.guldu.uz-«KIMYO» fanidan Laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma, audit, o\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi

Mavzu: Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
Reja:

  1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.

  2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

  3. Davlatning ijtimoiy siyosati

Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini
qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi oʼrni, ishlab chiqarilgan
moddiy neʼmatlarni taqsimlash munosabatlariga bogʼliq boʼladi. Mamlakat
iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga koʼp jihatdan
bogʼliq boʼlsa ham, taqsimot masalasi ham oʼziga xos muhim oʼrin tutadi.
Taqsimlash – bu har bir xoʼjalik yurituvchi subʼektning ishlab chiqarilgan
mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir.
Taqsimlashning ikki jihatini, yaʼni iqtisodiy jihatini va ijtimoiy jihatini
farqlash lozim. Taqsimlashning iqtisodiy jihati taqsimlashning milliy
iqtisodiyotga ehtiyojlar tizimi, manfaatlar va ragʼbatlar orqali taʼsir etishini ifoda
etsa, ijtimoiy jihati esa uning aholi ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishi va
rivojlantirilishini aks etadi.
Аsrlar davomida insoniyat taqsimotdagi ijtimoiy adolat ustida fikr yuritib
keladi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da ijtimoiy adolat – bu daromadlar
taqsimlanishidagi moʼtadil tengsizlik muammosidir. Uni turli kontseptsiyalar
oʼziga xos ravishda talqin etadi. Jumladan, “Egilitar” kontseptsiya tarafdorlari
daromadlarning tekis taqsimlanishini adolatli, deb biladi. “Roulsian”
kontseptsiyasiga koʼra esa, adolatlilik jamiyatning eng kam taʼminlangan aʼzosi
farovonligini maksimallashtirishdir. “Utilitar” kontseptsiya daromadlarni
taqsimlashda adolatlilik, deb shunday holatni nazarda tutadiki, unga koʼra
ijtimoiy farovonlik birinchi oʼrinda turadi. Bozor kontseptsiyasiga koʼra adolatli
taqsimlash, bu ishlab chiqarish omillariga talab va taklif asosida shakllanadigan
taqsimlashdir.
Oʼzbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti
ommaviy farovonlikni moʼljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor
mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli
ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni
taʼminlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab
chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik printsiplari amal qilishi
uchun zamin yuzaga keladi. Аmmo farovonlikni taʼminlash insoniylik bilan bir
qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat oʼzgarishlari boʼlishini talab
etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – koʼp xil
mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat –
mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari
boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar.
Mehnat va mulk funktsiyalarining oddiy odamlar qoʼlida yigʼilishi
iqtisodiyotni insoniylik prinpitslariga boʼysundiradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni
amal qiladi. Bu qonunga koʼra, iqtisodiy faollik negizida pul topib, boy boʼlish
emas, balki jamiyatda nufuzli, obroʼ-eʼtiborli boʼlish, oʼz nufuzi bilan nom
chiqarish va shu yoʼsinda ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topa bilishga intilish
maqsadi yotadi. Bu hol yuz berishi uchun inson sahiy va olijanob boʼlishi kerak.
Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy
farovonlik yuz beradi.

Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul


daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga
koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab,
ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga, jamiyatda taqsimotning
nobozor qoidalari ham amal qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va
xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, uning egalari oʼrtasida
taqsimlanadi. Аytilgan taqsimot qonuni bozor iqtisodiyoti uchun ijtimoiy adolat
tamoyillari belgilaydi. Ular daromadni cheklashni inkor etadilar. Ularga binoan
daromadlar har bir ishlab chiqarish omili samarasiga qarab, cheksiz oʼsib
borishi mumkin. Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi sohibi ish haqi oladi,
kapital egasi foyda, yer egasi renta oladi, menejer ish haqi va foyda oladi, avval
ishlaganlar pensiya oladilar. Taqsimotning bozor qoidalari hukmron boʼlsada,
jamiyatda uning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Nogironlar, kambagʼallar,
boshpanasizlarga yordam koʼrsatish taqsimotdagi ijtimoiy hayr-ehson tamoyili
boʼlib, uning bozor qonunlariga aloqasi yoʼq, aksincha, u insoniylik jihati
hisoblanadi.
Bozor taqsimotiga ekvivalentlik, yaʼni omillar bergan natijaga monand
ravishda daromad ajratish xos. Аmmo noekvivalent taqsimot ham bor. Davlat
daromadning bir qismini oʼz ihtiyoriga olganga taqsimlash munosabati yuz
beradi, ammo ekvivalentlik boʼlmaydi, chunki davlat daromaddagi oʼz hissasini
iqtisodiy oʼsishdagi xizmatlariga teng miqdorda emas, balki umumdavlat talab-
ehtiyojini qondirish zarurligi uchun oladi.
Resurs egalarining daromadi ularning ishlatilish samaradorligiga bogʼliq
va uning mezonini bozor aniqlaydi. Samaradorlik mezoni esa bozor talabining
qondirilishidir. Resurslar yordamida talabgir tovar qanchalik koʼp yaratilsa,
shunchalik pul koʼp topiladi, shunga binoan daromadlar ham koʼpayadi.
Resurslar bozor nuqtai nazaridan samarali ishlatilmasa, tabiiyki, daromad
kamayadi. Xullas, daromad bozorning resurslar sifatini naqadar tan olishiga
bogʼliq.
Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq
farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati
sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli
atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan
xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga,
mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim.
O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish
darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday
tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga
turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan
jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga
bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni
qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari,
mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi.
Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot
darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar,
siyosiy hokimiyatga bog’liq
70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot
faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa
"turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini
xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining
eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va
ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni
qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks
ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va
miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib, turli maktablar daromadlarni taqsimlash
masalasiga turlicha yondashadilar. Masalan, “Liberal” nazariya vakillari ishlab
chiqarish omillari taʼlimotiga tayanib, har bir omil egasi oʼz ulushini oladi va
davlatning bu yoʼnalishga aralashuvi maqsadga muvofiq emas, deb bilsalar;
“Ijtimoiy davlat” nazariyasi namoyondalari esa, aksincha, davlat fuqarolarining
arzigulik daromadlarini davlat tomonidan qayta taqsimlanishini zarur, deb
hisoblaydilar. “Daromadlarni qayta taqsimlashning masshtabli” nazariyasi bozor
iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning xatti-harakati orqali barchaning yuqori
turmush darajasini taʼminlashni ifoda etadi.
Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat
ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul
ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular
tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi
bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan
tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni,
iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha
bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz,
dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va
har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining
o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi
daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real
daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan
daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va
jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal
daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini
Hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ular quyidagilar hisoblanadi.

Download 21.12 Kb.
  1   2   3




Download 21.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati Reja

Download 21.12 Kb.