• Suv bug‘i bilan konversiyalash
  • Nitrolash, galogenlash, sulfurlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash
  • Galogenlash.
  • Mavzu: Alkanlarni asosiy reaksiyalari Oksidlash Suv bug‘i bilan konversiyalash




    Download 94.23 Kb.
    Sana10.10.2022
    Hajmi94.23 Kb.
    #26977
    Bog'liq
    3- Alkanlarng asosiy reaksiyalari PowerPoint
    Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

    Mavzu:Alkanlarni asosiy reaksiyalari
    1.Oksidlash
    2.Suv bug‘i bilan konversiyalash
    3.Alkanlarning krekingi
    Alkanlarni yetarli inertligi organik kimyo kursida o‘tilgan. Bu yerda biz faqat neft texnologiyasida ishlatiladigan xossa, reaksiyalarini o‘rganib chiqamiz. Bular oksidlanish, termik va termokatalitik o‘zgarishlar.
    Alkanlar yuqori bo‘lmagan haroratlarda (105–1400С) K, Mn katalizatorlarini qo‘llab suyuq fazada sintetik yog‘ kislotalari aralashmasiga aylantiriladi. Ushbu kislotalardan tashqari suvda eruvchi quyi monokarbon, keto va dikarbon kislotalar hamda gidrooksi kislotalar hosil bo‘ladi. Parafinlarni oksidlash orqali yuqori malekulali yog‘ spirtlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Katalizator sifatida bor (V) birikmalari ishlatiladi. Yuqoriroq haroratda gaz fazada alkanlarni kislorod saqlovchi birikmalar–aldegidlar, ketonlar va kislotalar aralashmasiga aylantirish mumkin
    Suv bug‘i bilan konversiyalash
    Yuqori haroratda metan suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi:
    Hosil bo‘lgan gaz sintez – gaz deb ataladi. Sintez–gaz (СО+nН2) olish reaksiyasi endotermik bo‘lib, reaksiyani amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik – metanning bir qismini yoqish natijasida hosil qilinadi:
    Eslatma: Sintez–gaz ko‘mirni yer ostida gazifikatsiyalash yo‘li bilan ham olinadi:
    Hosil bo‘lgan sintez–gazlar aralashmasi metil spirti olishga, vodorod olishga va gidroformillash reaksiyasi orqali sun’iy benzin olishga va boshqa moddalar olishga ishlatiladi.
    Yuqori haroratda uglevodorodlarni (alkanlarni) parchalash (tarkibiy qismga) ikki xil nomlanib, o‘ta yuqori harorat–7000C va undan yuqori haroratda piroliz jarayoni deyiladi. Undan past haroratda esa kreking jarayoni deyiladi.
    Piroliz jarayonida suyuq uglevodorodlar fraksiyasidan to‘yingan va to‘yinmagan quyi molekulyar uglevodorodlar aralashmasi olinadi.
    Sanoat miqyosida piroliz jarayonini ikki xil usulda olib boriladi:
    • Oksidlab piroliz qilish.
    • Elektr toki yordamida piroliz qilish (texnik nomi elektrokreking).

    Ushbu jarayonlar uchun kerak bo‘lgan issiqlik xom ashyoni bir qismini yoqish orqali amalga oshiriladi. Ikkala jarayon ham metan–tabiiy gazdan atsetilen olishda foydalaniladi.
    Alkanlarni krekingida: alkanlar vodorod va uglerodga parchalanishida quyidagi haroratlarda termodinamik beqarordirlar (Kelvinda): metan  900 K; etan  500 K; propan  400 K; butan  350 K; pentan  320 K, geksan va undan yuqori alkanlar uchun esa 300 K harorat
    .
    Alkanlarni termik parchalanishi radikal zanjir mexanizmi bo‘yicha ketadi. Odatda neftni qayta ishlashda parafinlarni katalitik degidrirlash hamda neftdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan distillatlar bug‘ fazada kreking jarayoni orqali alkenlarga aylantiriladi. Bundan tashqari benzinlarni oktan sonini oshirish uchun butan, pentan va geksanlar izomerizatsiya qilinadi.
    Nitrolash, galogenlash, sulfurlash, sulfoxlorlash, sulfooksidlash
    Metan nitrat kislota yoki NO2 ta’sirida taxminan 5000C da nitrolanadi:
    Nitrometan erituvchi sifatida hamda portlovchi modda sintezida ishlatiladi.
    Konovalov usuli bo‘yicha alkanlar nitrolansa (1400C, HNO3) uchlamchi С-Н bog‘idagi vodorod ikkilamchiga nisbatan osonroq almashadi. Ikkilamchisi esa birlamchiga nisbatan osonroq almashadi.
    Galogenlash. Alkanlarni galogenlash jarayoni radikal zanjir reaksiyasiga mansubdir. Galogenlashning uch turi mavjud:
    • Termik.
    • Fotokimyoviy.
    • Initsirlangan.

    Qo‘zg‘atilgan xolatdagi galogen atomi normal alkandagi vodorodni siqib chiqarish hususiyatiga ega.
    1940 yilda Dyuma tomonidan ushbu reaksiya ochilgan bo‘lib:
    Hosil bo‘lgan xlor radikali uglevodorod bilan reaksiyaga kirishib zanjirni davom ettiradi:
    Hosil bo‘lgan xlor radikali uglevodorod bilan reaksiyaga kirishib zanjirni davom ettiradi:
    Reaksiya zanjirining uzunligi texnik mahsulotni xlorlashda o‘nlab yoki yuzlab bo‘g‘imlarni tashkil qiladi. Gaz fazada xlorlashda zanjir uzilishi nasadkada yoki reaktor devorida ketadi.
    Download 94.23 Kb.




    Download 94.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Alkanlarni asosiy reaksiyalari Oksidlash Suv bug‘i bilan konversiyalash

    Download 94.23 Kb.