Mavzu: Anorganik birikmalar Reja: Oksidlar Asoslar. 3Tuzlar




Download 208.91 Kb.
bet1/7
Sana18.04.2024
Hajmi208.91 Kb.
#200819
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyo re


Mavzu:Anorganik birikmalar


Reja:
1. Oksidlar
2. Asoslar.
3Tuzlar
4.Kompleks birikmalar








Anorganik birikmalar


Bizga ma’lum bo’lgan elementlar 200 mingdan ortiq anorganik birikma hosil qiladi. Bu birikmalar quyidagi to’rt sinfga bo’linadi;
1.Oksidlar; 2.Asoslar; 3. Kislotalar; 4.Tuzlar.


    1. Oksidlar

Elementlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmasi oksidlar deyiladi. Oksidlarda kislorod bilan birikkan element doimo musbat valentli, kislorod esa manfiy ikki valentli bo’ladi (F2O dan boshqa birikmalarda).
Oksidlar kimyoviy xossalariga ko’ra to’rt gruppaga bo’linadi:
1. Asosli oksidlar; 2. Kislotali oksidlar; 3. amfoter oksidlar (bular tuz hosil qiluvchi oksidlar ham deyiladi); 4. Tuz hosil qilmaydigan oksidlar (masalan, NO va CO tuz hosil qilmaydi). Ko’pincha bu oksidlar betaraf (indiferent) oksidlar ham deyiladi, lekin bu to’g’ri emas, chunki ular ham kimyoviy reaktsiyaga kirishadi va birikma hosil qiladi.
Masalan: 2NO + Cl2 = 2 NOCl
Oksidlarni nomlanishi. O’zgarmas valentli elementlar oksidining nomi shu element nomiga oksid so’zini qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.
Masalan, K2O kaliy oksid, Na2O natriy oksid, CaO kaltsiy oksid, Al2O3
alyuminiy oksid va hokazo. Agar element o’zgaruvchan valentlik namoyon qilsa, uning oksidini nomlashda shu elementning nomi yoniga qavs ichida rim raqami bilan elementning valentligi ko’rsatiladi va oxiriga oksid so’zi qo’shiladi. Masalan, FeO temir (II) oksid, Fe2O3 temir (III) oksid, СO uglerod (II) oksid, СO2 uglerod (IV) oksid.
Oksidlarni olinishi. Oksidlarni quyidagi usullardan foydalanib olish mumkin:



  1. Metall yoki metalloidlarning kislorod bilan birikishi (bu jarayon yonish yoki oksidlanish deyiladi):

2Mg+O2=2MgO 4Al+3O2=2Al2O3
S+O2=SO2 4Р+5O2=2P2O5

  1. Murakkab moddalarning kislorodda yonishi;

CH4+2O2=СO2+2H2O 2С2Н2+5O2=4СO2+2H2O

  1. Gidroksidlarni parchalanishi:

to
Si(OH)2 → SiO+H2O
to
2Al(OH)3 → Al2O3+3H2O



  1. Tuzlarning parchalanishi:

to
СaCO3 → CaO+CO2
to
2Rb(NO3)2 → 2Rb + 4NO2 + O2 va hokazo.


Asosli oksidlar. Kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan o’zaro ta’sirlashib, tuz hosil qiladigan oksidlar asosli oksidlar deyiladi. Ishqoriy va ishqoriy-er metallarining oksidlari (Li2O, K2O, CaO, MgO, BaO va hokazo) suvda yaxshi eriydi. Metall oksidlarining hammasi ham asosli oksidga misol bo’lavermaydi. Ayrim metallar kislotali, asosli va amfoter oksid hosil qilishi mumukin. Masalan, CrO asosli, Cr2O3 amfoter, CrO3 kislotali, MnO asosli, MnO2 amfoter, MnO3 va Mn2O7 kislotali oksid hisoblanadi. Oksid tarkibida ion bog’lanish kuchsizlanib, kovalent bog’lanish kuchaygan sari oksidning harakteri o’zgarib, avval amfoter, keyin kislotali xossalarni namoyon qiladi; boshqacha aytganda, elementning oksidlovchilik xossasi ortishi bilan uning xarakteri amfoter yoki kislotali oksid xossasiga o’tib boradi. Masalan, K2O, CaO, Al2O3, SiO2, P2O5, SO3, Cl2O7 qatorda oksidlarning kilotalik xossasi kuchayadi.

Download 208.91 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 208.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Anorganik birikmalar Reja: Oksidlar Asoslar. 3Tuzlar

Download 208.91 Kb.