• Darsning shiori
  • II. O`tilgan mavzuni so`rash
  • Mavzu: Anorganik moddalarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog`lanish




    Download 304.5 Kb.
    bet2/4
    Sana29.03.2017
    Hajmi304.5 Kb.
    #2619
    1   2   3   4
    Darsning uslubi: noan`anaviy

    Dars turi : “Kichik guruhlar bilan ishlash”, “Aqliy hujum”, “Har qadamda element”

    Dars tipi: yangi bilimlarni shakllantirish

    Dars jihozi: elektron darslik, tarqatmalar, testlar, tezkor savollar.

    Darsning fanlararo bog`liqligi: fizika, biologiya, matematika, ekologiya

    DTS talabi: anorganik moddalarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog`lanish haqida bilimlarga ega bo`lish

    Darsning shiori: “Kimki o`rganishni uyat-or demas, suvdan dur topadi, toshdan la`l, olmos”

    Darsning borishi:

    I. Tashkiliy qism

    1. salomlashish

    2. davomatni aniqlash

    3. o`quvchilarning o`quv qurollari va darsliklarini nazorat qilish

    4. “My 5 news” ruknini o`tkazish(guruh a`zolari 5 tadan dunyo yangiliklaridan aytadilar)

    II. O`tilgan mavzuni so`rash

    Bunda uy vazifalari tekshirilib o`quvchilar baholanadi.

    O`qituvchi: Aziz o`quvchilar, hozir sinfimizni to`rt guruhga bo`lib olamiz. Birinchi guruh “Oksidlar”, ikkinchi guruh “Asoslar” uchinchi guruh “Kislotalar”, to`rtinchi guruh “Tuzlar” deb nomlanadi. Har bir guruh o`zlariga tanlagan nomni ta`riflab beradi.

    Ta`riflashda o`quvchilar bergan javoblarda moddalarning tarkibi, ahamiyati, ishlatilishi haqida aytib o`tiladi va ularning bergan javoblariga qarab “Rag`bat” kartochkalari beriladi. (rag`bat kartochkalari—“OLTIN”-Au, “KUMUSH”-Ag, “MIS”- Cu dan tayyorlangan bo`ladi.)

    Darsni o`quvchilarning ziyrakligini oshirish, diqqatini jamlash maqsadida “Har qadamda element” o`yini bilan boshlaymiz. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib, elementlar nomini aytadi va bir qadam tashlaydi. Element nomini qayta aytgan va aytolmay to`xtab qolgan o`quvchi o`yindan chiqariladi. Eng ko`p element nomini aytgan guruh a`zosi ko`proq qadam tashlaydi hamda oldinga chiqib qoladi va g`olib hisoblanadi. Shu tariqa o`yin davom etadi. G`olib o`quvchilar guruhiga “Rag`bat” kartochkasi olib beradi.



    Download 304.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 304.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Anorganik moddalarning asosiy sinflari orasidagi genetik bog`lanish

    Download 304.5 Kb.