Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja




Download 172.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.02.2022
Hajmi172.68 Kb.
#17602
Bog'liq
1-маъруза
Guruh 118-18 tjbakt bajardi Hamroyev Bexruz 2021-yil, konspekti urokov 6 klass, neyron maqola, maqola AQSH, Tragediya janri tarixi mavzusidagi kurs ishi uchun, DIYORA KIBER


Mavzu:Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi 
Reja 
1.Applikatsiya va mozaika san‘ati haqida tushuncha.
2.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
3.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to ‗g ‗ri tashkil etish talablari.
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining o ‗quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika 
xavsizligi qoidalari 
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida 
qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. 
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko`rgazmali qurollar, turli o`yinlar 
uchun qo`llanmalar, o`yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va 
hakozalarni bezashda ishlatiladi. 
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o`quvchilarni garmonik rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi tasavvo‘rni boyitadi, 
kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni 
o`stiradi. 
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e‘tibor uning umumiy ko`rinishiga qaratilishi 
kerak. Yaxshi o`ylangan kompozitsiya, ya‘ni tasvirlash lozim bo`lgan narsalarni joylashtirish 
applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. 
Tasvirlash lozim bo`lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, 
tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng 
kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. 
Tayyorlangan detallar elimlanadigan sath, ya‘ni fonga joylashtiriladi va o`ylangan
tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma‘qul bo`lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. 
Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o`rnini qalam bilan belgilab 
qo`yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini 
hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko`ramiz. Ishni boshlash uchun markazni 
topish, simmetriya o`qini o`tkazish va elementlarni shunga ko`ra joylashtirish lozim. 
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko`pincha ochiq tondagi qog‘oz va fon 
tanlanadi. Applikatsiya mo`ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni 
belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e‘tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli 
materiallar, ularning o`lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko`ra eng 
katta element asosiy tematik element bo`lishi kerak. 
Namuna tariqasida 1-sinf o`quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma yasashlari 
mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, 
chamalash ko`nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to`g‘ri 
chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo`ladi. Bolalar 
yasagan gullar turlicha bo`lishi mumkin. Novdalar ham qo`lda qirqiladi. 
Suhbatni o`qituvchi ―8 Mart kuni‖ haqida olib boradi va bunda sovg‘a masalasini 
eslatib o`tadi. Eng yaxshi sovg‘a o`z qo`li bilan yasagan sovg‘adir. Suhbatni mehribon 
buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo`lishi mumkin. 
Shundan keyin namuna ko`rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli 
materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi. 
1. Tabriknoma uchun qog‘oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi
2. Ko`k rangdagi qog‘ozga to`g‘ri burchak chiziladi, uning o`lchami uzunasiga, 
tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida 
kattaroq; 
3. Ko`k qog‘ozdan qirqilgan to`g‘ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, 
bunda ko`k qog‘oz taklifnomani bo`yashd a halaqit bermasligi uchun bukish chizig‘ining 
chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi; 
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi 
qog‘ozni kerakli o`lchamda qirqiladi; 


5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi; 
6. Och ko`k va jigar rang qog‘ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek 
yopishtiriladi; 
7. Gullar qirqib yopishtiriladi. 
Ish ijodiy tarzda bo`lganligi uchun o`quvchilar gullarni shoxlarga o`zlari mustaqil 
joylashtiradilar. Barglarni o`qituvchi tarqatgan andoza bo`yicha qirqadilar. Tabriknomaning 
ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so`zi yoziladi. 
Mozaika monumental deqorativ sa‘nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli 
mamlakatlarda mozaika qo`llaniladigan materialiga ko`ra ham, naqsh va rasmlariga ko`ra 
ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. O`rta Osiyo madrasalari, machitlar, 
hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental 
sa‘natga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa‘nati 
asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli 
ko`zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo`shilib va 
porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi. 
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, 
tuxum po`sti va shu kabilar) qo`yib chiqishdir. 
1.Tuxum po`stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo`ritilgan tuxum po`sti 
mo`yqalam yordamida akvarel bo`yoqlari bilan kerakli ranglarga bo`yaladi. 
2. Bo`yoq qurigandan keyin tuxum po`stini tanlangan rasmga ko`ra mayda va yirik 
bo`laklarga bo`linadi.
3.Tuxum po`stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning 
konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo`lmasligi kerak. 
4. Kontur qora qog‘oz orqali o`tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 
5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po`sti terib 
siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po`st yaxshiroq yopishishi uchun 
ustidan sekin bosib qo`yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha 
murakkablashadi. 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, 
chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin 
Keyingi yillarda yog‘ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish 
unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida ham amalga oshirish mumkin. Buning 
uchun yupqa yog‘och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig‘iladi va keyin ularniasosga 
yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi.
Yog‘och mozaika nabori juda qiziqarli va ishning zamonaviy turidir. Hozirgi kunda u 
keng tarqalgan. Uning aniq, lo‘nda, dekorativ tasvirli yaltiroq polirovka qilingan sathi 
kvartiralarning zamonaviy planirovkasiga, devorlar rangi, mebellarning qat‘iy qatoriga juda 
mosdir. 
Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko‘pchilik shu narsalarni bezash 
mumkin. 
Yog‘ochga qo‘l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma‘lum 
qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni 
ishlayotgan har bir kishi uchun majburiydir. 
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat‘iy qoidalari: 
1. Ishni hech qachon o‘qituvchining ruxsatisiz boshlama! 
2. Asboblarni faqat o‘z o‘rnida ishlat! 
3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama! 
4. Ishni chet ishlarga chalg‘imasdan bajar! 
5. Asbobuskunalarni o‘zi uchun belgilangan joyda saqla! 
6. Uzun kiyimda bo‘lma, yengingni shimar, choklarini yig‘! 


7. Materialni qo‘lda yo‘nma! 
8. Osilib turganda kesma! 
9. Pichoq bilan o‘zing, o‘rtog‘ing tomonga qarab yo‘nma! 
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog‘la. 
Mozaika—nafis san‘at turi bo‘lib, yog‘och, shisha, gips,sopol buyumlarida naqsh berib 
bezashda foydalaniladi. 
Mozaika – rang-barang koshin, shisha,marmar, tosh, yog‘och metal parchalari bir-biriga 
zich terib yopishtirib ishlangan naqsh tasvir monumental-bezak san‘ati turlaridan biridir. 
Mozaika tayyorlashning ikki usuli mavjud. 
1. ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri terish‖ tosh, shisha, sopol parchalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga, 
polga, shiftga siment yordamida yopishtirib, suvab tasvir
hosil qilinadi. 
2. ―Qayta terishda‖da koshin, sopol parchalariqog‘oz, metall, yog‘och taxtaga 
yopishtirib tasvir hosil qilinadi. Keyin shu tasvir tegishli joyga ko‘chiriladi. 
Mozaikaning Qadimgi Sharq mamlakatlarida keng tarqalgani ma‘lum. Antik davr va o‘rta 
asrlarda Vizzantiya, Italiya, Gruziyada XV-XVI asrlarda sharqda, jumladan, hozirgi O‘rta Osiyo 
teritoriyasida rivoj topgan. 
Samarqand, Buxoro,Xiva kabi yirik shaharlarda mozaika usulidan jozibador koshinkori 
yozuv va naqshlar ishlangan binolar, minoralar saqlangan. 
SAVOLLAR. 
1. Applikatsiya ishlarida nimalarga e‘tibor berish kerak. 
2. Mozaika qanday sa‘nat turi. 
3. Mozaika ishlaridan nimalar yaratiladi. 

Download 172.68 Kb.




Download 172.68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja

Download 172.68 Kb.
Pdf ko'rish