Mavzu: Arkali sistemalar konstruksiyalari




Download 1.1 Mb.
bet1/4
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#45056
  1   2   3   4
Bog'liq
AY qurish m ishi N12

Mavzu: Arkali sistemalar konstruksiyalari.

Reja:


  1. Arkali sistemalarni metall ko‘priklarda qo‘llash

  2. Po‘lat oraliq qurilmalarning asosiy sistemalari va turlari

  3. Oraliq qurilmalarning asosiy sistemalari.

  4. To‘sinli sistemali oraliq qurilmalarga

  5. Oraliq qurilmalarning asosiy qismlari.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Arkali sistemalarni metall ko‘priklarda qo‘llash oraliq uzunligi 200 metrdan ortiq bo‘lganda maqsadga muvofiqdir. Hozirgacha qurilgan ko‘priklarda arka strelasi f keng qiymatlarda o‘zgaradi. Uning eng maqsadga muvofiq qiymatlari temir yo‘l ko‘priklarida f = (1/6...1/8) l , avtomobil va shahar ko‘priklarida f = (1/8...1/10) l ga teng qabul qilinadi. Arkalar, odatda, ikki sharnirli, qatnovi ustidan (rasm 1.10, f), ostidan (rasm 1.10, g) yoki o‘rtasidan (rasm 1.10, h), yaxlit devorli (rasm 1.10, i) yoki panjarali (rasm 1.10, j) bo‘ladi. Metall ko‘priklarda arkali sistema bilan berkitilgan eng katta oraliqlar AQSh dagi Godj daryosi ustidan (518,3 metr; 1977 yil), Kill van Kull qo‘ltig‘i ustidan (510,5 metr; 1931 yil), Avstraliyadagi (Sidney, 502,9 metr; 1932 yil) qurilgan avtomobil va temir yo‘l ko‘priklariga tegishlidir.


To‘sinli sistemali oraliq qurilmalarga (rasm 1.10, a-e) alternativa sifatida oddiy sistemalar (odatda to‘sinli va arkali) qo‘shilishidan tashkil topgan kombinatsiyalangan sistemalarni (rasm 1.10, i-o) ko‘rsatish mumkin.
Yaxlit devorli elementlar qo‘llanilgan kombinatsiyalangan sistemalar turli - tumandir. Ularning birisi – oraliq tayanchlar zonalarida ustunlari bor yarim arkalar ko‘rinishidagi podprugalar bilan (rasm 1.10, i ga qarang) yoki panjarali fermalar bilan (rasm 1.10, k ga qarang) kuchaytirilgan uch oraliqli qirqilmagan to‘sindir. Oraliq uzunligi 150 ... 200 metr diapazonida ushbu sistemada po‘lat sarfi to‘sinli panjarali fermalarga qaraganda ko‘proq bo‘lsa ham, bunda tayanchlar hajmi kichikroqdir. Bu holat, ushbu sistemaning arxitektura ko‘rinishi tomonidan afzalliklarini hisobga olganda, shahar ko‘priklari uchun maqsadga muvofiqdir. Sistemaning tahminiy parametrlari quyidagicha qabul qilinishi mumkin:
l1 =0,55l ; h =(1/50...1/60)l va N = 5h .
Arkalar bilan butun uzunligi bo‘yicha kuchaytirilgan to‘sinli sistemalar yaxshi arxitektura ko‘rinishiga ega va ular qatnovi ustidan (rasm 1.10, l) yoki o‘rtasidan (rasm 1.10, m) bo‘lishi mumkin. Bu holatlarda chetki oraliqlar uzunligi l1 =(0,4...0,5)l , arka strelasining qiymati esa (1/3...1/5)l ga teng chegaralarida qabul qilinadi.
Kombinatsiyalangan sistemaning boshqa bir namunasi – bikir ostki belbog‘li shaparak fermadir (rasm 1.10, n). Bunday sistema temir yo‘l ko‘priklarida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularning parametrlari quyidagicha qabul qilinadi:
l =66...110 metr; h =1,5...1,8 metr; N = 1/7 l.
Oraliq uzunligi 150...200 metr bo‘lgan avtomobil va shahar ko‘priklarida yana bir kombinatsiyalangan sistema – bikir tortqichli egiluvchan arka (rasm 1.10, o) qo‘llaniladi. Bu sistemada qirqilgan to‘sin (ba’zida Langer to‘sini deb ham nomlanadi) arka tarafidan hosil qilingan rasporni qabul qiladi va tashqaridan olib qaraganda rasporsiz sistema hisoblanadi. Arka bikirlik to‘sini bilan vertikal ustunlar yoki panjaralar orqali biriktiriladi. Bunda arka strelasining qiymati f = (1/6...1/7) l ga teng. Bikirlik to‘sinining balandligini esa 3,6 metrdan ortiq qabul qilinmasligiga harakat qilinadi. Bunday sistema fermalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, ularni tayyorlash va montaj qilish qiyin, lekin yaxshi estetik sifatlarga ega va ular yordamida katta oraliqlarni berkitish mumkin.
Yaxlit devorli rigeli bo‘lgan romli po‘lat ko‘priklar “chiroyli” sistema bo‘lib (masalan, “chopayotgan ohu”, rasm 1.10, p), 250 metrgacha bo‘lgan oraliqlarni berkitishga imkon yaratadi. Ushbu romli sistemada panjarali bosh fermalar ham qo‘llanilishi mumkin (rasm 1.10, r). Lekin montaj qilish texnologiyasining anchagina murakkabligi, tayanchlardagi rasporning kattaligi va podkoslarni korroziyadan alohida himoya qilish kerakligi uchun, romli metall ko‘priklar temir yo‘llarda juda kam hollarda insho etiladi.

Download 1.1 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Arkali sistemalar konstruksiyalari

Download 1.1 Mb.