Mavzu: Aroma vositalar tarkibi va texnologiyasi, nazorat usullari




Download 1.41 Mb.
bet1/7
Sana10.02.2023
Hajmi1.41 Mb.
#41750
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Aroma vositalar
lanshaft taksatsiya, 1OBLOJKA, Ma\'lumotlarni kodlash, Diffuziya va osmos hodisasi, Ekologiyaq, Sachratqi o\'simligining dorivorlik xusiyatlari va xalq tabobatid, Men Hayitmurodov Doniyor 2003 – yil 29 –iyun, Avtomobil import boji.doc, ECTS Kредит-Mодуль Тизими, Nigora yangi shaxsiy ish reja 2021-2022. 0.5 stavkadoc (10), Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi va sanoatning barcha tarmoqlari, BERKA, 3-topshiriq, 7-mavzu Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarda birinchi yordam, 08-12-2022 15-26-33

Mavzu: Aroma vositalar tarkibi va texnologiyasi, nazorat usullari


  1. Kirish qismi

  2. Asosiy qism

    1. Aromatik uglevodorodlar haqida tushuncha.

    2. Aromatik uglevodorodlarning tabiiy manbalari.

    3. Aromatik vositalar tarkibi va olinish texnologiyasi. (aromaterapiya)

III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. KIRISH

Dorivor oʻsimliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma’lum boʼlgan. Oʼsimliklardan nafaqat oziq-ovqat,balkim biologik faol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar.Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti an’anaviy tibbiyotning asosiy tarkibiy qismlarini quyidagicha aniqlaydi: dori darmonlari va boshqa tabiiy vositalar bilan davolash; akupunktur va manual terapiya Sogʼliqni saqlash tizimidagi an’anaviy tibbiyot allaqachon dunyoning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Osiyo mamlakatlarida muhim rol oʼynaydi.
Tibbiyot amaliyotida qoʼllaniladigan dori vositalarning 38-40%ini oʼsimliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba’zi ogʼir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yoʼli bilan olish imkoni boʼlmadi. Ularni olish manbai hozirgacha faqat oʼsimliklar boʼlib qolmoqda dorivor oʼsimliklar asosida olinadigan fitopreparatlarning sifati va samaradorligi koʼp jihatdan uning tarkibidagi biologik faol moddalarga bogʼliq boʼlib, fitopreparatlarning tarkibini tanlash, tayyorlash va qayta ishlashdagi oʼziga xos omillarni hisobga olishni oʼrgatish muhim masaladir. Mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlaridan biri, dorivor o„simliklar xom-ashyosidan zamonaviy dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Dunyo aholisi tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy dori vositalarida tabiiy oʼsimliklardan tayyorlangan dori vositalarining qismi oʼsish sur’ati ortmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar farmatsevtika bozorida shunday dori vositalarining ulushi 50-60%gacha yetadi. Fitopreparatlar texnologiyasi fanining oʼz oldiga qoʼygan asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: Fitopreparatlar yaratish uchun zarur boʼlgan biologik faol moddalar hamda dori turlari tayyorlash manbai sifatida dorivor o„simliklarni oʼrganish. Shu maqsadda ularning kimyoviy tarkibi tekshiriladi, hamda asosiy ta’sir etuvchi biologik faol moddalarning yigʼiladigan organlari va vaqti aniqlanadi. Oʼsimlik xom ashyolaridan biolgik faol moddalarni ajratib olish va tozalash usullarini ishlab chiqarish hamda ularning texnologiyalarini yaratish. Dorivor mahsulotlarga meyoriy-texnik hujjatlarni (MTH) tuzish. Buning uchun dorivor mahsulotlarning chinligini, sifatli hamda biolgik faol moddalarini aniqlash usullarini mukammallashtirish, qayta koʼrib chiqish yoki yangi usullar yaratish. Fitopreparatlar va dorivor oʼsimliklar xazinasini boyitish maqsadida yangi dorivor oʼsimliklar izlab topish va yangi, samarali fitopreparatlar yaratish. Shu maqsadda xalq orasida va an’anaviy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor oʼsimliklarni hamda tibbiyotda ishlatiladigan dorivor oʼsimliklarning boshqa turlarini oʼrganishni tashkil qilish. Ular sifatini jahon talablariga mos ekanligini asoslashda talabalarni olgan bilimlari shubhasiz koʼmak beradi va zamonaviy tibbiyotda samarali qoʼllanilib kelayotgan fitopreparatlar tarkibi va tayyorlanish usullarini mukammal egallashga asos boʼlib xizmat qiladi. Mazkur fan dorivor oʼsimliklardan olinadigan suvli, spirtli ajratmalar, galen va novogalen preparatlari, biologik faol qoʼshimchalar, gomeopatik va aromaterapiya vositalarini tayyorlash usullarini oʼrgatishni oʼz ichiga oladi. Fitopreparatlar texnologiyasi dorivor oʼsimliklarning manbai, ulardan biologik faol moddalarni ajratish va tozalash usullarini, texnologiyalarini (texnologik sxema va jarayonlari bilan), tahlil qilishning umumiy usullarini oʼrganadi.
Zamonaviy tibbiyotning turi boʼlgan aromaterapiya efir moylari saqlagan dorivor oʼsimliklar negizida ishlab chiqilgan fitopreparatlar yordamida turli kasalliklarni davolaydi.
Tarkibida efir moylari boʼlgan dorivor oʼsimliklar va mahsulotlar
Efir moyi deb, oʼsimliklardan suv bugʼi yordamida haydab olinish mumkin boʼlgan, maxsus hidi va mazasi bor uchuvchan va asosan terpenoidlardan tashkil topgan organik moddalar aralashmasiga aytiladi.
Xushboʼy hidli oʼsimliklar va ulardan olingan mahsulotlar odamlarga qadimdan ma’lum boʼlib, bulardan har xil kasalliklarni davolashda va ovqatlarga solishda ishlatiladi.
Oʼsimlik dunyosida efir moylari keng tarqalgan boʼlib 2500 dan ortiq oʼsimlik turlarida topilgan. Shulardan 77 oilaga kiradigan 1050 dan ortiq oʼsimliklar MDX territoriyasida oʼsadi. Oʼsimliklarning deyarli barcha organlarida
Efir moyi toʼplanishi mumkin, hattoki bitta oʼsimlikning har xil organida har xil tarkibli efir moyi toʼplanishi mumkin.
Efir moyi saqlaydigan dorivor oʼsimliklarning dorivor kuchi va hidini saqlab gul va oʼsimliklami absorbsiya yutish uchun greklar zaytun moyidan foydalanganlar, moyni xushbiry qilib tibbiyot va kosmetikada qoʼllaganlar. Grek qoʼshinlari, urushga borayotganda, oʼzlari bilan surtmalar olgan va yaralarni davolashda qoʼllanilgan.
Xushboʼy hidlar butun hayotimiz davomida birgalikda boʼlib, ular uzoq boʼlgan voqealarni eslatadi, shoirona va ajoyib kayfiyatga sababchi boʼladi. Gullar, oʼt va daraxtlarda oʼziga rom etuvchi hidlar bu oʼsimliklardagi efir moylaridir. Bu moddalar qudratli ta’siri bizning fizik yoki ruhiy sogʼligʼimiz buzilayotganda bilinadi. Oʼsimlik hujayralarida yashiringan kuchli ta’sirli uchuvchi moddalar koʼpgina foydali xususiyatlarga ega.
Aromaterapiya yordamida, bu moddalar qoʼllanilib, biz tetiklik va sogʼliqqa erishishimiz mumkin. Xushboʼy hidlar-bu oson uchuvchan makrotarkibli organik birikmalar kichik molekulyar massali efir moy oʼsimliklardan olingan birikmalardir.
Oʼrta asrlarda arablar oʼsimliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilardilar. XVIII asrdan boshlab moylarning xossalari va tarkibiy qism oʼrganila boshlangan boʼlsada, bu sohadagi ishlar 19 asrning ikkinchi yarmi va 20 asr boshlarida ayniqsa avj oladi.
Efir moyining miqdori oʼsimliklarda 0,001-20% boʼlishi mumkin. Bu moyning miqdori va tarkibiy qismi oʼsimlikning oʼsish joyiga, rivojlanish davriga, yoshiga va naviga qarab oʼzgarib turadi. Turli oʼsimliklarda efir moyining koʼp miqdorda toʼplanishi turli vaqtlarga toʼgʼri keladi
Efir moylari rangsiz, ba’zan rangli yashil, och sariq, toʼq koʼk, qizil, boʼlib, oʼziga xos hidga, oʼtkir ta’mga ega. Ularning zichligi suvdan yengil, ba’zan ogʼir bo’lishi mumkin. Efir moylari suv bilan chayqatilganda hidi va ta’mi suvga oʼtadi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi, ayniqsa qutbsiz erituvchilarda, ularni yogʼlar, moylar va har xil smolalarda ham eritadi. Ular sovutilganda, kristall-stearopten, suyuq qismi eleopten deb ataladi.
Efir moylari saqlagan oʼsimliklar xom ashyolar 25- 30°C haroratda quritiladi. Efir moylari havo kislorodi, yorugʼlik va namlik ta’sirida tez buziladi. Bunda ular oksidlanib, smolaga oʼxshash moddalar hosil qiladi. Ular rangi va hidi oʼzgaradi, quyuqlashishi mumkin. Shuning uchun ular ogʼzi maxkam yopiladigan idishlarda toʼla xolda 15°C dan yuqori boʼlmagan, salqin, qorongʼi joyda saqlanadi.
Efir moylari tibbiyotda dorilar ta’mi, hidini yaxshilashda, bakteritsid xossasiga ega boʼlganligi uchun tish kasalliklarini davolashda, ingalyatsiyada qoʼllaniladi. Efir moylari dori sifatida ichiladi, badanga surtiladi, inyeksiya qilinadi. Bundan tashqari parfyumeriyada, kosmetikada, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Efir moylari toʼqimalarida moy ishlab chiqaruvchi va saqlovchi mahsus organlarida toʼplanadi. Erkin holda uchraydigan efir moylaridan tashqari glikozidlar tarkibiga kiradigan efir moylari ham mavjud. Bunday glikozidlar toʼqimalarning hujayra shirasida boʼladi.


  1. Download 1.41 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 1.41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Aroma vositalar tarkibi va texnologiyasi, nazorat usullari

Download 1.41 Mb.