|
Mavzu: atom modelining rivojlanish bosqichlari
|
Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #115758 |
Bog'liq ATOM MODELINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
MAVZU: ATOM MODELINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
REJA:
Tomson modeli.
Rezerford tajribasi.
Rezerford formulasi.
Atomning yadroviy planetalar modeli
Qadimgi grek faylasuflari Levkipp va Demokritlarning
ta’limotiga asosan, atom – moddaning bo‘linmas zarrasi bo‘lib, sezgi organlar seza olmaydigan darajada kichik o‘lchamga ega degan tasavvurlar fanda uzoq vaqtgacha hukm surdi. “Atom” so‘zi grekcha “atomos” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘linmas” degan ma’noni bildiradi. XIX asrning oxirlarida o‘tkazilgan bir qator olamshumul tajribalar natijalari atomning murakkab tuzilishga ega ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarni oydinlashtirdi.
XX asr boshlarida atomlarning mavjudligi, ularning o‘lchami
10–8sm tartibda bo‘lgan murakkab elektr tizimidan iboratligi, atomda musbat va manfiy zaryadlar mavjudligi, manfiy zaryadlarni tashuvchilar elektronlar ekanligi aniqlangan edi. Lekin musbat zaryadlarni tashuvchilar (protonlar) hali noaniq, musbat ionlar mavjudligi esa ma’lum edi. Kun tartibida atom tuzilishini aniqlash vazifasi turar edi. Atom tarkibidagi musbat va manfiy zaryadlar o‘zaro kompensasiyalanishi sababli atom bir butun holda neytraldir. Atom tuzilishining ikkita nazariy modeli mavjud edi. Birinchisi 1901-yilda J.Tomson tomonidan taklif qilingan. Bu modelga asosan atom musbat zaryadlangan sfera bo‘lib, manfiy zaryadli elektronlar sfera sirti bo‘ylab taqsimlangan. Elektronlar musbat zaryadlangan sfera elementi bilan Kulon qonuni bo‘yicha o‘zaro ta’sirlashadi. Elektronlar o‘z muvozanati atrofida tebranishida atom energiya nurlaydi. Ikkinchi modelga asosan atom Quyosh tizimi tuzilishi singari tuzilgan. Bu atom tuzilishining planetar modeli edi. Planetar model to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar 1903-yilda Kelvin va X.Nagaoka tomonidan aytilgan. Bu modelga asosan atomning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan bo‘lib, uningatrofida elektronlar planetalar singari harakatlanadi. Elektronlar yadroning Kulon tortishish kuchlari orqali ushlab turiladi. Atomning turg‘unligini tushuntirishda bu har ikki nazariy model ham ma’lumqiyinchiliklarga uchradi. Atom tuzilishi haqiqatan ham qanday ekanligini bilish uchun tajribalar o‘tkazish talab qilindi. Bunday tajribalar 1911 yilda ingliz fiziki E.Rezerford tomonidan o‘tkazildi. Atom tuzilishi to‘g‘risidagi tajribalarga batafsilroq to‘xtaymiz.
V
XULOSA
Alfa zarra geliy atomi yadrosi bo‘lib, ikki proton va ikki neytrondan iborat. Rezerford va Tomas Royds 1909 yilda alfa zarra zaryadi 2e ga teng ekanligini aniqlagan edilar. Rezerford o‘z modeli va Tomson modeli asosida sochilish burchagi θ ni nazariy hisobladi. Natijalarini tajriba natijalari bilan taqqosladi. Tomson modelida atomga tushgan alfa zarra dastlabki yo‘nalishidan ahamiyatsiz bo‘lgan juda kichik burchakka og‘adi, bu esa atom ichida elektr maydonining nisbatan kuchsiz ekanligini ko‘rsatadi. Rezerford atomida alfa zarralarning dastlabki yo‘nalishidan og‘ish burchagi kattaligi kuzatiladi. Buning sababi atomning barcha musbat zaryadi +Ze kichik hajmda – yadroda to‘planganligidir.
Adabiyotlar
1. Ahmadjonov O. Fizika kursi. Optika, atom va yadro fizikasi.
III tom. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. – 272 b.
2. Акоста В., Кован К., Грэм Б. Основы современной
физики. // Перевод с английского В.В.Толмачева,
В.Ф.Трифонова. Под редакцией А.Н.Матвеева. – Москва:
Просвещение, 1981. – 495 с.
3. Bekjonov R.B., Ahmadxo‘jayev B. Atom fizikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1979.
4. Белый М.У., Охрименко Б.А. Атомная физика. – Киев:
Вища школа, 1984. – 271 с.
5. Борн М. Атомная физика. – Москва: Мир, 1965.
6. Гольдин Л.Л., Новикова Г.И. Введение в атомную
физику. – Москва: Наука, 1969. – 304 с.
7. Грабовский Р.И. Курс физики. – Москва: Высшая школа,
1963. – 527 с.
8. Korolev F.A. Fizika kursi. Optika, atom va yadro fizikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1978. – 616 b.
9. Матвеев А.Н. Атомная физика. – Москва: Высшая
школа, 1989. – 439 с.
10. Нерсесов Э.А. Основные законы атомной и ядерной
|
| |