Mavzu: Atom orbitallar metodi. Gibridlanish va uning turlari




Download 271,47 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2024
Hajmi271,47 Kb.
#140478
1   2
Bog'liq
Atom orbitallar metodi.Gibridlanish va uning turlari.

Gibridlanish nima» degan savolga uglerod atomi normal va qo’zg’algan holatining elektron tuzilishini o‘rganish bilan javob berish mumkin. Gibridlanish molekula hosil bo’layotgan vaqtda ro’y beradi. Ma’lumki, C — atomining normal holati va qo‘zg‘algan holatga o’tishi:
C(normal) 1s22s22p2 —→ C(qo’zg’) 1s22s12p3
C(qo’zg’)— atomida 4 ta (1 ta s, 3 ta p) orbitalda 4 ta toq elektron joylashgan.
Lekin bu elektron orbitallar bir-biridan ko‘rinishi va energiyasi (asosan s va p-orbitallar) bilan farq qiladi va ular kimyoviy bog’lanish hosil bo’lishida maksimal darajada boshqa bog’lanuvchi orbitallar bilan “o’zaro qoplana”olmaydi. Bu “noqulaylik” ni bartaraf etish uchun kо‘rinishi va energiyasi bilan farq qiluvchi (s va p) orbitallaming о’zaro qo‘shilib ketib, energiyasi va kо‘rinishlari bir xil bo ‘Igan yangi elektron orbitallarning hosil bo ‘lish hodisasi atom orbitallarning gibridlanishi deyiladi.

Gibridlanish natijasida hosil bo‘lgan orbitallar nosimmetrik—bir tomoni katta, ikkinchi tomoni kichik bo‘lib, kimyoviy bog’lanishda katta tomoni bilan ishtirok etadi. Gibridlanishda eng kamida 2 ta (s va p yoki boshqa d,f) orbitallar ishtirok etadi va nechta orbital ishtirok etsa, shuncha gibrid orbitallar hosil bo’ladi.
Buni quyidagi misollarda ko’rib chiqamiz: C(qo’zg’) — atomidagi 1 ta s- va 1 ta p- (3 tap dan) orbital o’zaro gibridlansa: 1 ta s + 1 ta p = 2 ta sp1 gibrid orbitallar hosil bo’ladi va 2 ta p- orbital gibridlanishda ishtirok etmaydi, ular “gantelsimon” ko’rinishda qolaveradi. Hosil bo’lgan 2 ta sp1 gibrid orbitallar fazoda bir-biriga nisbatan 180° burchak ostida joylashadi va ular ishtirokida hosil bo’lgan molekulalar chiziqsimon tuzilishi bo’ladi. Bularga BeCl2, BeF2, C2H2, Cu2C2, [Ag(NH3)2]Cl kabi moddalar misol bo’ladi.
Agar 1 ta s- va 2 ta p- (3 ta p dan) orbitallar o’zaro gibridlansa: 1 ta s + 2 ta p = 3 ta sp2 gibrid orbitallar hosil bo’ladi. Bu orbitallar fazoda teng tomonli tekis uchburchak ko’rinishida joylashib, ular orasidagi burchak 120° ni tashkil etadi. Bu gibridlanish hisobiga hosil bo’lgan kimyoviy bog’lanishli molekulalar va ionlarga misollar: BCl3, BF3, AlCl3, AlBr3, C2H4 (qo’shbog’ hosil qilgan barcha uglerod atomlari), C6H6, SO3-2.

1 ta s- va 3 ta p- orbitallaming o’zaro ta’sirlashuvi natijasida 1 ta s + 3 ta p = 4 ta sp3 gibrid orbitallar hosil bo’ladi. Bu gibrid orbitallar fazoda 109° burchak ostida joylashadi va ular asosan tetraedrik tuzilishli molekulalarni hosil qiladilar. Bular qatoriga CH4, H2O, NH3, NH4+, PO43, ClO, barcha to’yingan uglevodorodlar va sikloparafinlardagi uglerod atomlarini kiritish mumkin.
Ma’lumki, aksariyat metallarning ionlari kompleks hosil qilish xossasiga ega. Ulaming 4 — va 5- elektron qavatlaridagi s-, p-, d- orbitallari o’zaro gibridlanib, sp3d1, sp3d2 kabi murakkab gibrid orbitallarini hosil qiladilar. Shunga asosan ulaming tuzilishi sp3d1 —bo’lsa, asosi kvadrat bo’lgan prizma(k. s = 5), uch yoqlama antiprizma, sp3d2—gibrid orbitallar asosan oktaedrik tuzilishli molekula yoki ionlami hosil qiladi. Bu moddalar qatoriga d-metallarning turli koordinatsion birikmalari [Fe(CN)6]3-, [Fe(CN)6]4-, [Cu(H2O)6]2+ va hokazolar kiradi.
Download 271,47 Kb.
1   2




Download 271,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Atom orbitallar metodi. Gibridlanish va uning turlari

Download 271,47 Kb.