Mavzu: Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari. Maqsad va vazifalar




Download 1.07 Mb.
bet4/4
Sana24.03.2017
Hajmi1.07 Mb.
#1446
1   2   3   4
ijrochi mexanizmlardan foydalaniladi.Ular datchikning signali bo’yicha rostlovchi organni harakatga keltiradi.Ko’pincha ijrochi mexanizm sifatida dvigatellardan foydalaniladi, bu dvigatellardagi valning aylanishi rostlovchi organning surilishiga olib keladi.Rostlovchi organ normadan chetlashgan parametrga ta’sir etadi., masalan suyuqlik yoki gazning sarflanishini o’zgartiradi.

Ijrochi mexanizm datchikdan kelgan signal bo’yicha ishga tushadi, lekin uning ishga tushishi boshqaruvchi qurilmalar yordamida amlga oshadi.Avtomatikada bunday qurilma sifatida har xil relelar xizmat qiladi.Avtomatik sistemalarda electron, fotoelektrik,elektromagnitli relelardan foydalaniladi.Ular signalning kirishdagi darajasiga bog’liq holda sistemani boshqa rejimga ulaydi,bunda avtomatik sistemada ijrochi mexanizm dvigatelining ulanishi yoki uzilishi ro’y beradi, o’lchanayotgan parametrga ta’sir ko’rsatish boshlanadi yoki tamom bo’ladi.

Avtomat texnologik jarayonning qaysi parametri nazorat qilinishi kerakligini “Bilishi” va qiymatni “Eslab qolishi “ lozim.Buning uchun avtomat qurilma sostaviga ish programmasini tuzishda yordam beradigan belgilovchi element kiradi.

Parametrlarni boshqarish va rostlash avtomatik sistemalarining zarur tarkibiy qismi- taqqoslovchi element bo’lib, u belgilovchi va o’lchovchi elementlardan keladigan signallarni taqqoslaydi, rostlanayotgan parametrning normadan chetga chiqishini belgilaydi va shunga muvofiq holda jarayonga ta’sir ko’rsatish signalini bujudga keltiradi.

Hozirgi sistemalarda bu vazifani ko’proq elektron -hisoblash texnikasi bajaradi.


Mustahkamlash uchun savollari:

1.Avtomatikaning qanday elementlarini bilasiz?

2.Datchiklar avtomatik sistemalarda qanday vazifani bajaradi?

3.Rele qanday vazifani bajaradi?



4.Dvigatellar qanday vazifani bajaradi?

Uyga vazifa :Eng soda avtomatik qurilma yasab kelish, mavzuni o’rganish.

Download 1.07 Mb.
1   2   3   4




Download 1.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Avtomatik qurilmalarning asosiy elementlari. Maqsad va vazifalar

Download 1.07 Mb.