Mavzu: Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash
fanining predmeti
,
maqsadi va vazifalari.
Reja:
1. Axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
2. Axborot tushunchasi, axborotning xususiyati axborotning asosiy tavsifi.
3. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o`lchovlari.
4. Ma`lumotlarni kodlash, kompyuterning ishlash prinsiplari.
Tayanch so`z va iboralar
. Axborot, texnologiya, ob`ekt, axborotni yg`ish, qayta ishlash, uzatish, qaror
qabul qilish va h.k.
1. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo`llash fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Insoniyat harakat va raqobat orqali tumush tarzini rivojlantiradi va yangi kashfiyotlarni yaratilishiga
sabab bo`ladi. Azaldan insoniyat o`z ishini osonlashtirish va vaqtni tejash muammolari bilan
shug`ullangan. Kompyuter texnikasi XX asrnig buyuk kashfiyotlaridan biri bo`ldi. Informatika va
axborot texnologiyalari fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va Internet tarmog`idan
samarali foydalanish, iqtisodiymoliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan
jarayonlar olib borish yani, ishlov berish, hamda shular asosida masala qo`yib uni yechish
ko`nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to`g`risida
bilimlar berishdan iborat. Fannining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali
foydalanish, amaliyotga qo`llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari
to`g`risidagi bilimlar hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi iqtisodiy masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o`z ichiga oladi:
1. Axborotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish.
2. Axborotni qayta ishlash, joyiga uzatish.
3. Ma`lumotlarni kodlashtirish.
4. Ma`lumotlarni saqlash va izlash.
5. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
6. Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
7. Qapop qabul qilish va boshqaruv ta`sirini ishlab chiqish.
Ma`lumki, iqtisodiy axborot hamma jarayonlarning yuzaga kelishida ishtirok etadi, lekin qator
holatlarda ba`zi jarayonlar ishtirok etmaydi. Ularning amalga oshirilishi har xil bo`ladi. Shu o`rinda
ba`zi jarayonlar qaytarilishi mumkin. Jarayon tarkibi, ularning shakllanishi va muhim xususiyati ko`p
jihatdan iqtisodiy ob`ektga bog`liq.
Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlarning bajarilish xususiyatlarini ko`rib chiqamiz:
1. Axborotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish; axborotlarni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish har xil
iqtisodiy ob`ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq
xo`jaligi ob`ekti faoliyatini aks etgan boshlang`ich iqtisodiy hisobotni yig`ish va ro`yxatdan o`tkazish,
amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.
2. Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kurer yordamida,
pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali
uzatish va boshqalar. Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tarmoqlari orqali yetib kelishi
asosan ikki usulda amalga oshiriladi: 1) elektron tashuvchilarda, 2) bevosita kompyuter maxsus dasturli
va apparatli vositalar yordamida masofadan amalga oshiriladi.
3. Mashinali kodlashtirish. Mashinali kodlashtirish - bu mashina ashuvchilariga
axborotni EHMda
qabul
qilingan kodlarda yozish jarayonidir.
4. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig`ish. Iqtisodiy axborotlarni saqlash va yig`ish – axborotlardan
ko`p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo`llash, boshlang`ich ma`lumotlarni qayta ishlashgacha
ularni to`plash kabi zaruratlaridan kelib chiqadi.
Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jayonlarini
bajaradi.
Axborot texnologiyalarini o`rganish uch qismdan iborat:
1. Axborot texnologiyalarini tashkil qilishning nazariy asoslari o`rganiladi, bunda asosiy e`tabor axborot
tizimini yaratish tamoyillari, rivojlantirish bosqichlari, iqtisodiy axborotning xususiyatlari, tuzilishi va
qayta ishlash jarayonlariga qaratilgan.
2. Axborot texnologiyalari vositalari: hisoblash texnikasining tuzilishi, foydalanish usullari, matematik
va dasturiy ta`minoti va uning faoliyatini belgilovchi lingvistik erganomik va umumiy ta`minotlarni
o`rganadi.
3. Boshqarish sub`ekti faoliyatiga taalluqli bo`lgan iqtisodiy masalalarni yechish yo`llari
o`rganiladi. Tashkiliy va uslubiy ta`minot o`zida izlanayotgan natijani olish uchun kompyuter va
dasturiy ta`minotni faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
Quyidagilar axborot texnologiyalari asosiy xususiyatlar hisoblanadi:
1. Maqsadga muvofiqlik,
2. Komponent va tarkibiy tuzilishni mavjudligi,
3. Tashqi muhit bilan o`zaro hamkorlik,
4. Bir butunlik,
5. Vaqt bo`yicha rivojlanib borishi.
1. Maqsadga muvofiqlik – axborot texnologiyalaridan foydalanishning bosh maqsadi zamonaviy
kompyuterlar, axborotlarga taqsimlangan ishlov berish, taqsimlangan ma`lumotlar bazasi, turli
axborot
hisoblash tizimlari asosida axborotlar aylanmasi va ishlov berish yo`li bilan ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishdan iborat.
2. Komponent va tarkibiy tuzilishning mavjudligi:
funksional komponentlar - axborotlar aylanmasi va ishlov berish jarayonlarining asosiy mazmuni;
Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi:
Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi – bu uni tashkil qiluvchi komponentlarni
o`zarobog`liqligini ifoda qiluvchi, ikkita katta tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasi guruhlariga
birlashtirilgan ichki tashkillashtirishdir.
Tizimli va instrumental vositalar:
a) Apparat vositalar;
b) Tizimli dasturiy ta`minot (OT, СУБД);
v) Instrumental dasturiy ta`minot (algoritmik tillar, dasturlashtirish tizimlari, dasturlashtirish
texnologiyalari).
3. Tashqi muhit bilan o`zaro hamkorlik – boshqarilayotgan ob`ekt bilan axborot texnologiyalarining
o`zaro hamkorligi, avtomatlashtirishning korxona va tizimlar, fan, sanoat bilan o`zaro hamkorlik
qilayotgan texnik va dasturiy vositalari.
4. Bir butunlik - axborot texnologiyalari o`ning bironta alohida komponentiga xos bo`lmagan
masalalarni
yecha
olish
xususiyatiga
ega
bo`lgan
bir
butun
tizim
hisoblanadi.
5. Vaqt bo`yicha rivojlanib borishi – axborot texnologiyalarini dinamik rivojlanishini, uning
modifikasiyasini,
tuzilishini
o`zgartirish,
yangi
komponentlar
kiritilishini
ta`minlash.
2. Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati.
Axborot -kommunikatsion
texnologiyalarni joriy
etish. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning hozirgi kunda eng zamonaviy va ixcham
texnologiyalardan foydalanishga bo`lgan talabi kun sayin ortib bormoqda, chunki butun dunyoda XXI
asr – axborot asri deb tan olingan. Axborot asrida katta xajmdagi ma`lumotlar ombori va axborotlar
ustida
ishlashga to`g`ri kelmoqda. Hozirda istalgan har qanday sohada kompyuter texnikasining imkoniyatidan
foydalanib kelmoqda.Respublikamizda kompyuter savodxonligini oshirish, jamiyatda kompyuter
texnologiyalaridan samarali foydalanish jarayonini samarali ketishi uchun hukumatimiz tomonidan bir
qator chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risida (2011 y.)
Elektron to`lovlar to`g`risida (2005 y.)
Elektron tijorat to`g`risida (2004 y.)
Elektron hujjat aylanishi to`g`risida (2004 y.)
Axborotlashtirish to`g`risida (2003 y.)
Elektron raqamli imzo to`g`risida (2003 y.)
Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida (2002 y.)
Telekommunikatsiyalar to`g`risida (1999 y.)
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma`lumotlar bazalarining huquqiy
himoyasi to`g`risida (1994 y.)
XX
asrga
kelib
axborot
texnologiyalari
fani
vujudga
keldi.
Axborot texnologiyasi bu aniq texnik va dasturiy vositalarning majmui bulib ular yordamida
ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan turli xildagi masalalarni hal qilinadi. Informatika 60-
yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan
shug`ullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik
so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma`nolarini anglatadi. Fransuzcha
informatigue (informatika) so`zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma`nosini
anglatadi. Ingliz tilida so`zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (kompyuter texnikasi
haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib
chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog`liq. Bunda asosiy xizmat
mikroprotsessor texnikasiga to`g`ri keladi, uning paydo bo`lishi 70-yillar o`rtalarida ikkinchi elektron
inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral
sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi.
Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni
uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog`lanadi. Informatika axborotning qayta ishlash, ularni
qo`llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta`sirini EXM tizimlariga asoslangan holda ishlab
chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jixatlarini o`rganuvchi kompleks ilmiy va
muhandislik fani sohasidir.
Informatika bu jixatdan axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab
chiqarishga yo`naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob`ekt, hodisa, jarayon va hakazolarini axborot
modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita
va uslublari ko`p qirrali bo`lib, uning ko`plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha
talqinni tavsiya etiladi. Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo`llash muhiti vositasida
axborotni yangilash jarayonlari bilan bog`liq inson faoliyati sohasidir. Informatika va kibernetika
tushunchalarida ko`pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o`xshashligi va farqini tushuntirishga
harakat qilinadi. N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining
turli
sohalarida
murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog`liq.
Kibernetika
kommpyuterlar
mavjudligi
yoki
yo`qligidan
qat`iy
nazar
mavjuddir.
Kibernetika - texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari
haqidagi fandir. Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli ob`ektlarni boshqarish
vazifalarini amaliy hal etmay, o`zgartirish va barpo etish jarayonlarini o`rganadi. Shu bois informatika
haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo`lishi mumkin. Biroq, boshqa
jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog`liq bo`lmagan muammolar yechimi bilan
ifodalanmaydi, bu shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi.
Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud
bo`la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin
ob`ektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o`z-o`zicha rivojlanaveradi.
Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o`xshash bo`lsa ham, lekin:
-informatika- axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanishi;
-kibernetikaesa - ob`ekt modellarining konsepsiyalarini ishlab chiqish va qurishda xususan
axborotlardan keng foydalanishi jihatdan farqlanadi.
Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundaki, respublikada jahon
axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog`i integratsiyasiga mos keluvchi
milliy tizimni yaratish iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta`lim samaradorligining muhim omili bo`lmoqda.
Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib
borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o`zgarishlarning amalga oshirish natijalari respublikada
axborotlashtirish bilan bog`liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham
bog`liqdir.
1956 yilda akademik M.T. O`razboev tashabbusi bilan O`zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibida
V.I.Romanovskiy nomli Matematika instituti qoshida Hisoblash texnikasi bo`limi ochilib, unga V.Q.
Qobulov rahbar etib tayinlandi va 1958 yilda Respublikamizda ilk bor “Ural-1” tipidagi EHM o`rnatildi.
1966 yilda Markaziy Osiyo mintaqasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining hisoblash
markaziga ega bo`lgan Kibernetika instituti, 1978 yilda uning asosida Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmasi tashkil etildi.
Xalq xo`jaligidagi turli vazifalarni hal etishda algoritmlashtirish nazariyasini rivojlantirgan akademik
V.Q. Qobulov boshchiligadagi birlashmaning yetakchi olimlari O`zbekistonda kibernetikaning tarkib
topishi va rivojalanishiga ulkan xissa qo`shdilar. Obrazlarni tekshirib bilish va sun`iy intellect
nazariyalar bo`yicha katta maktab yaratgan akademik M.M.Komilov, matematik
modellash va hisoblash
eksperimenti, matematik va fizika murakkab vaziflarini hal etishni miqdoriy-tahliliy usullari bo`yicha
muxbir aozolar F.B.Abutaliev, B.A.Bendarenko, T.Bo`riev, axborotni qayta ishlash bo`yicha - akademik
D.A.Abdullaev kibernetika fanining turli yo`nalishlari bo`yicha ulkan ilmiy maktablar o`zagini yaratgan
professorlar T.A.Valiev, Z.T.Odilova, O.M.Nabiev, D.N.Axmedova, R.S. Saydullaeva, Z.M. Solixov,
F.T. Odilova, N.A. Mo`minov va boshqalarning katta xizmatlarini ta`kidlash lozim.
O`zbekiston Respublikasi birlashma olimlari tomonidan fundamental va amaliy ilmiy yo`nalishlar
belgilandi, O`z.R. Fanlar Akademiyasi Hay`ati tomonidan Respublikada kibernetika va
axborotlashtirishni
rivojlantirish
konsepsiyasi
ishlab
chiqildi
va
tasdiqlandi.
Bulardan tashqari matematik modellar asosida xalq xo`jaligi muammolarini xal qilish, iqtisodiyotda
axborotlar tizimlaridan unumli va oqilona foydalanish, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining
hayotga keng tadbiq qilish sohalari bo`yicha akademik S.S.G`ulomovning, iqtisodiy kibernetika
yo`nalishi bo`yicha professor T.Sh.Shodievning maktablarini tilga olish diqqatga loyiqdir.
Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish jarayonini
tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8
dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat qo`mitasi (FTDQ) qoshida axborotlashtirish bo`yicha bosh
boshqarma (Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari
doirasida O`zR FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga yo`naltirilgan bir
qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil, may) va EHM va ma`lumotlar bazasi
uchun dasturlarni xuquqiy muhofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O`z FTDQ ning davlat patent idorasida 1995 yil sentabridan EHM va ma`lumotlar bazasi uchun
dasturlarni huquqiy muhofazalash usuli bo`yicha agentlik ishlab turibdi. Bu idora dasturiy ma`lumotlar,
shuningdek to`liq yoki qisman mulkiy huquqlarni berish shartnomalarini rasmiy ro`yxatdan o`tkazadi.
1994 yil dekabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasining
axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo`yilgan
masalalar quyidagilardan iboratdir:
-milliy axborot - hisoblash tarmog`ini yaratish;
-axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy meoyoriy hujjatlarni yuritish;
-axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;
-informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;
-axborot texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash;
-informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning asosiy qoyidalari hisobga olingan “O`zbekiston Respublikasining axborotlashtirish
dasturi” ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o`z ichiga oladi:
a) milliy axborot - hisoblash tarmog`i;
b) EHM ni matematik va dasturiy ta`minlash;
v) shaxsiykompyuter.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustuvor yo`nalishi quyidagilardan iborat:
-davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;
-elektron ma`lumotlar bazasi;
-fan-texnika axboroti (FTA) tarmog`i;
-ta`lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va soliqni saqlash sohalari axborot
tizimlari;
-ma`lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;
-favqulodda holatlarining oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkamalar axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog`ini
yaratish, kompyuterlar va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot
texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, hujjatlashtirishning me`yoriy-uslubiy va
huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan.
Milliy axborot hisoblash tarmog`i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona o`rnatilgan
qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega
axborothisoblash tarmoqlari
mujassamlashganligini
o`zida
namoyon
etuvchi
ochiq
tizim
sifatida
yaratilishi
lozim.
Yuqorida ko`rsatilgan muammolarni bir necha bosqichida hal etish ko`zda tutilmoqda. Birinchi
bosqichda milliy tarmoqlar o`zagini tashkil etuvchi asosiy davlat muassasalari axborot tizimi va
tarmoqlarni yaratish ko`zda tutilgan. Bu tizimlarga asosiy talab: yuqori malakaliy ekspertizadan o`tgan
loyihadan mavjudligi; yuqori sifatli litsenziyali dasturiy vositalar va zamonaviy kompyuter texnikasi
mavjudligi; ochiq tizimlardagi o`zaro amaldagi xalqaro standart va qoidalardan foydalanishi.
Ikkinchi bosqichda milliy tarmoqlar o`zagini davlat tashkilot va muassasalarida yaratilgan axborot
tizimlarida integratsiyasi amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda tarmoqqa boshqa idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari,
ilmiy markazlar va hokazolar ulanadi.
O`zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlanish uchun talay intellektual imkoniyat
va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari, ishlab chiqarish
korxonalari va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta`minoti, axborot tizimlari
bo`yicha malakali kadrlar ishlamoqda.
1.2.Axborot
tushunchasi,
axborotning
xususiyati
axborotning
asosiy
tavsifi.
Informatika keng ma`noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va
telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog`liq fan, texnika va
ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o`zida namoyon etadi.
Informatikani tor ma`noda o`zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar
(software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O`z navbatida
informatikani ham umuman, ham qismlari bo`yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog`i, fundamental
fan, amaliy fan sohasi sifatida ko`rib chiqish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1.Ахbоrоt tехnоlоgiyalаrning rivоjlаnish tаriхi hаqidа nimаlаrni bilаsiz?
2.Zаmоnаviy ахbоrоt tехnоlоgiyalаrining qo`llаsh sоhаlаri vа ulаrning ахbоrоtlаshgаn jаmiyatdаgi o`rni
qаndаy?
3.Ахbоrоtlаshtirishning kоntsеptuаl аsоslаri nimа?
4.Ахbоrоtlаshtirishning dаsturiy shаkllаri vа ilmiy-mеtоdik аsоslаri qаndаy?
5.Mоdеllаshtirish jаrаyoni nimа vа u kоmpyutеrdа qаndаy pаydо bo`lgаn?
6.Ахbоrоtlаrni to`plаsh, uzаtish, sаqlаsh vа qаytа ishlаshning umumiy usullаri qаndаy?
7.Ахbоrоtlаrni kоdlаshtirish dеgаndа nimаni tushinаsiz?
8.Kоmpyutеr dаsturlаri vа ulаrning ахbоrоtlаrni qаytа ishlаsh jаryonidаgi o`rni hаqidа gаpirib bеring?
9.Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini joriy qilinishining hozirg
|